So’nggi yangiliklar

17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  0 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  3 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8

Terma jamoamiz uchun muhim palla yoxud Saudiya Arabistoni bilan o'yin haqida Yangiliklar

Terma jamoamiz uchun muhim palla yoxud Saudiya Arabistoni bilan o'yin haqida

Incheondagi Osiyo o'yinlarida terma jamoamiz kutilganidek guruhda birinchi o'rinni egalladi.
Gonkong bilan durangdan keyin futbolchilarimiz Bangladesh va Afg'onistonni yirik hisobda dog'da qoldirib, ortiqcha shubhaga o'rin qoldirishmadi. Endi yigitlarimiz uchun haqiqiy sinov boshlanadi deb aytish mumkin. CHunki guruhda autsayder maqomidagi termalarga qarshi maydonga chiqqan Mirjalol Qosimov shogirdlari kuchliroq jamoalar bilan bellashishga tushadi.

Guruhdagi dastlabki o'yindan so'ng ko'pchilik terma jamoa azolariga etiroz bildirgani bor gap. CHunki bizning saviyamiz Gonkongnikidan yuqori va buni isbotlashni ishqibozlar talab qilishadi. Biroq o'shanda futbolchilarimizning o'yini unchalik qovushmadi. Raqib butun jamoa bo'lib himoyaga yotib olgan bir paytda mudofaani yorib o'ta oladigan alohida ijrochilar bizga etishmayapti. Bangladesh va Afg'onistonga qarshi uchrashuvlarda esa urilgan tez gollar bemalolroq o'ynash imkoniyatini taqdim qildi. Natijada har ikki bahs kutilgan yirik muvaffaqiyat bilan tugadi. Buning uchun terma jamoani olqishlamoqchi emasmiz. Aslida ular bunga majbur edilar. Guruhda birinchi o'rinni naqd qilganimizdan keyin endi nimchorak final haqida o'ylasak bo'ladi. Bangladesh va Afg'oniston haqida gap ketganda, bu jamoalar biror xislati bilan bizni qoyil qoldira olmadi. Ular hali rivojlanishning ilk pog'onasida ekanligi ko'zga tashlandi.

26 sentyabr, yani ertaga chorak final yo'llanmasi uchun Saudiya Arabistoniga qarshi bellashuvda maydonga tushamiz. Unda g'alaba qozongan taqdirimizda Iroq – Tojikiston bahsi g'olibi bilan  yarim final yo'llanmasi uchun  kurashishimizga to'g'ri keladi. Saudiya Arabistoni bilan uchrashuv 8 nafar o'yinchimiz uchun yanada ko'proq ahamiyatga ega. Nikita Ribkin, Dilshod Jo'raev, Davron Hoshimov, Akbar Ismatullaev, Egor Krimec, Salim Mustafoev, Sardor Rashidov va Vladimir Kozak 2010 yil Xitoyda bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi chorak finalda aynan saudiyaliklarga 1:2 hisobida imkoniyatni boy bergan yoshlar terma jamoamiz tarkibida harakat qilishgan. O'sha mag'lubiyat yoshlarimizni jahon chempionati yo'llanmasidan mahrum qilgandi. Saudiya Arabistoni tarkibida ham o'sha chempionatda ishtirok etganlardan bazilari Osiyo o'yinlarida qatnashmoqda. Demak, o'sha mag'lubiyat uchun alamni olgan holda musobaqadagi ishtirokni davom ettirish eng maqul holat.

Saudiyaliklar “A”  guruhida Janubiy Koreya, Laos va Malayziya bilan to'qnash kelib, Laos va Malayzdiyadan yirik hisobda ustun keldi. Koreyslardan esa yagona gol tufayli mag'lubiyatga uchrashdi. Koreya tarkibni ushbu musobaqa uchun kuchaytirdi va bundesligada o'ynayotgan 2 nafar futbolchini jalb qildi. Saudiya Arabistoni tarkibini juda kuchli deb aytish qiyin. 19-22 yoshli o'yinchilar Incheonga olib kelingan. Tarkib katta yoshli yoki milliy terma jamoada to'p tepayotgan yosh futbolchilar ham chaqirilmagan. Milliy terma jamoada kam sonli bellashuvlarda ishtirok etgan Abdulloh Hafiz, Abdulloh Otaif va Zakariya Sudani bor xolos. Ularni ham Saudiya Arabistonida 23 yoshgacha bo'lgan eng kuchli o'yinchilar qatoriga qo'shib bo'lmaydi. Aftidan, milliy chempionat o'yinlari sababli klublar futbolchilarni terma jamoaga qo'yib yuborishmagan. G'alaba qozongan ikkala o'yinida ham saudiyaliklar gollarni ikkinchi bo'limda urishgan. Ayniqsa, Laos 75-daqiqaga qadar darvozasi daxlsizligini saqladi. Koreya bilan bu jamoa o'rtasidagi bahsni kuzatdim. O'sha bahsda arablar yomon taassurot qoldirishmadi. Ular bir necha marta keskin vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Lekin yaratilgan imkoniyatdan foydalangan mezbonlar kichik hisobda g'alabani tantana qilishdi.

Saudiya Arabistoni – Laos – 3:0
Gollar:
Al G'amdi 75-pen, Al SHehri 86, Umar 90+1.

Janubiy Koreya – Saudiya Arabistoni – 1:0
Gol:
Kim Sun Day 12.

Malayziya – Saudiya Arabistoni – 0:3
Gollar:
Al Hafiz 56, Majid Umar 73, Al SHehri 84.

Saudiya Arabistonini ispaniyalik mutaxassis Lorenco Antolinez boshqarmoqda. Milliy terma jamoada ham ispan murabbiyi ishlayotganini hisobga olsak, terma jamoalar nisbatan arab futboliga yaqin bo'lgan ispancha futbol o'ynashga intilayotganini bilib olish mumkin. Saudiyaliklar ham kombinaciyalarni tezkorlik bilan qisqa to'p oshirishlar yordamida yuzaga keltirish va raqibni birga-bir holatda dog'da qoldirishda yaxshi o'ynashadi. Lekin bunga urinish qanchalik samara berishini taxmin qilish mushkul.

Uchrashuvda terma jamoamizning imkoniyati yuqoriroq. CHunki bizda tayyorgarlik va tarkib bo'yicha ustunlik mavjud. G'olib jamoa chorak finalda eng kuchli tarkibdan biriga ega bo'lgan Iroq bilan to'qnash kelish ehtimoli katta. Umid qilamizki, o'sha jamoa biz bo'lamiz. Terma jamoamizga ertangi bahsda omad tilab qolamiz.

Darvozabonlar
1. Abdulloh Al Arraf   "Al Vahda"
18. Muhammad Avaji
20. Abdulrahmon Zabit

Himoyachilar
2. Mazen Muhammad
3. Abdulla Madu   "Al Nasr"
4. Abdulloh Hafiz   "Al Hilol"
6. Muhammad Fatil   "Al Ahli"
13. Abdulrahmon Rio   "Al Ittihod"
14. Ammar Dahim   "Al Ittihod"
15. Abdulloh SHameh

Yarim himoyachilar
5. Husayn Munassar
10. Abdulkarim Qahtani   "Al Hilol"
11. Abdulaziz Bishi   "Al Ahli"
12. Majid Umar   "Al Ittihod"
16. Abdulloh Otaif   "Al Hilol"
17. Zakariya Sudani   "Al Ahli"
19. Ahmad SHehri   "Al Ittifoq"

Hujumchilar
7. Muhammad Harzi   "Al Ahli"
8. Ablulloh G'amdi   "Al Ahli"
9. Saloh SHahri   "Al Ahli"

Bosh murabbiy: Lorenco Antolinez.


Behzod NAZAROV tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика