Terma jamoamiz kecha yig'inni boshladi
31 avg 2014 12:25
Yangiliklar
Terma jamoamiz kecha yig'inni boshladi
Mirjalol Qosimov boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha navbatdagi yig'inni boshladi.
Terma jamoaga chaqiruv olgan futbolchilar kechki payt "Jar" stadionida mashg'ulot o'tkazishdi. Yig'inda 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar bilan birga Farhod Tojiev, Fozil Musaev va Islom To'xtaxo'jaev ishtirok etishdi. To'liq tarkib hali taqdim etilmadi.
Bugun futbolchilar nazariy mashg'ulotda ishtirok etishadi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi 4 sentyabr kuni Iordaniyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazadi.
8 sentyabrda esa Yangi Zelandiya Toshkentda mehmon bo'ladi.
Ikkala bahs ham "Paxtakor" stadionida bo'lib o'tadi. Iordaniyaga qarshi uchrashuv uchun chiptalar stadion kassalarida sotilmoqda.

Fikrlar