So’nggi yangiliklar

01:50U21 биринчилиги. Пешқадам "Навбаҳор"дан кичик, "Андижон"дан 7:2 ҳисобидаги ғалаба ва бошқа натижалар  3 01:30Заид Таҳсин: "ОКМКдан устун эдик. "Пахтакор" аъзоси бўлиш шараф"  1 01:13Миржалол Қосимов: "Ҳакам яна бироз вақт қўшиб берганида уч тайм футбол ўйнаган бўлардик. Русчасига айтганда "заслужили""  2 00:30"Тоттенхэм" "Ал Ҳилол" ҳужумчисини сотиб олиши мумкин  0 00:05Камолиддин Тожиев: "Биринчи бўлимни ёмон бошладик, иккинчи таймда эса ўйинни назорат қилдик. Бешта гол уришимиз ҳам мумкин эди"  11 00:00"Кривбасс" дарвозабони Европадаги йиғин давомида қочиб кетди  1 23:35Тер Штеген Жоан Гарсиянинг рўйхатга олинишига тўсқинлик қилмоқда  0 23:00Томас Парти Испанияга қайтмоқда — Here We Go!  1 22:33"Боруссия" электромобил ишлаб чиқарувчиси билан ҳамкорлик қилади  0 22:05Суперлига. ОКМК Санчеснинг дубли эвазига "Пахтакор" майдонида ғалаба қозонди  74 21:36"Боруссия" АПЛдан 25 млн еврога ўйинчи сотиб олиши мумкин  0 21:08Жек Грилиш "Эвертон"га ўтиши мумкин  0 20:37"Реал Мадрид" Родриго бўйича бирорта клубдан таклиф олмагани маълум бўлди  5 19:51"Эспаньол" Лукас Васкесни таркибга қўшиб олмоқчи  0 19:22МЮ "Лейпциг"га Шешко учун катта сумма таклиф қилди  2

Terma jamoa murabbiylari o'z hisobotlarini topshirishdi Yangiliklar

Terma jamoa murabbiylari o'z hisobotlarini topshirishdi

5 noyabr kuni O'FF Terma jamoalar markazida Murabbiylar kengashining navbatdagi majlisi bo'lib o'tdi.
Unda TJM rahbari Asqar Tolibjonov milliy terma jamoalar murrabbiylaridan hisobotlarni qabul qildi.

Dastlab, O'zbekiston milliy terma jamoasi katta murabbiyi SHuhrat Maqsudov TJM direktoriga o'z hisobotini topshirdi. Maqsudovga ko'ra, milliy terma jamoa Vetnam hamda Gonkongga qarshi OK saralash o'yinlari oldidan 10 noyabr kuni yig'inni boshlaydi. Terma jamoa azolari esa, 12 noyabr kuni Vetnamga jo'nab ketadi. Milliy terma jamoa katta murabbiyining takidlashicha, 10 noyabr kuni horijda to'p surayotgan barcha legionerlar terma jamoa safiga kelib qo'shiladilar.

Eslatib o'tamiz, Mirjalol Qosimov bosh murabbiyligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi 15 va 19 noyabr kunlari OK-2015 saralash uchrashuvlari doirasida safarda Vetnam va Gonkong terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi. Qosimov shogirdlari dastlab 15 noyabr kuni Xanoida Vetnamga qarshi o'ynasa, 19 noyabr kuni Gonkongga safar qiladi.

Maqsudovdan so'ng O'zbekiston U-19 yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksey Evstafeev o'z hisobotini topshirdi. Evstafeev 19 yoshgacha bo'lgan yoshlar terma jamoasi 4-12 oktyabr kunlari Qatarda tashkil etilgan Osiyo chempionati saralash o'yinlari borasida va kelajak rejalar to'g'riTerma jamoa murabbiylari o'z hisobotlarini topshirishdisida to'xtalib o'tdi.

Qatarda bo'lib o'tgan saralash bahslarida guruhda ikkinchi o'rinni qo'lga kiritib Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Osiyo chempionati final bosqichi o'yinlarigacha vaqt bor. O'yin sifati va tarkib borasida qilinadigan ishlar ko'p. Osiyo chempionati final bosqichiga qadar vaqt bor va bu vaqt oralig'ida buning ustida albatta ishlaymiz, - deydi Evstafeev.

O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasining Jahon chempionatidagi (U-17) ishtiroki haqida esa, terma jamoa bosh murabbiyi Dilshod Nuraliev hisobot topshirdi. Nuraliev o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionati bahslari futbolchilar uchun ham, murabbiylar shtabi uchun ham katta tajriba maktabi bo'lganini takidladi.

BAAda tashkil etilga jahon chempionati bahslarida nimchorak finalida o'ynadik. Bu bizning jamoa uchun katta tajriba maktabi bo'ldi. Oldimizga katta maqsad qo'ygan edik, ammo biroz omad etishmadi. Maqsadimiz, milliy terma jamoalar safiga iqtidorli futbolchilarni etishtirib berish va bu borada qo'ldan kelgancha ishlaymiz, - deydi Nuraliev.

O'zbekiston U-16 o'smirlar terma jamoasining sentyabr oyida Toshkentda o'tkazilgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati saralash bahslaridagi ishtiroki bo'yicha esa, ushbu terma jamoa bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev hisobot berdi.

Toshkentda o'tkazilgan Osiyo chempionati saralash o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Osiyo chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdik. Osiyo chempionatiga qadar, terma jamoa o'yinini yanada shakllantirish lozim. Biz respublikaning barcha mintaqalari bo'ylab selekciya ishlarini to'xtatmaymiz va terma jamoa tarkibiga yanada iqtidorli futbolchilarni taklif etamiz, - deydi Olimxo'jaev.

O'FF Terma jamoalar direktori Asqar Tolibjonov hisobot so'ngida terma jamoa murabbiylaridan 2014 yil uchun ish rejasini dekabr oyida kabul qilishini aytib o'tdi. Tolibjonovga ko'ra, milliy terma jamoalarning 2014 yilgi ish rejalari dekabr oyidagi murabbiylarning yillik hisobotida ko'rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика