Terma jamoa gvardiyachilari #6. Andrey Fyodorov
24 jan 2014 21:11
Yangiliklar

Terma jamoa gvardiyachilari #6. Andrey Fyodorov
Haftaning juma kuni o'quvchilarimizga O'zbekiston milliy terma jamoasi safida eng ko'p o'yin o'tkazgan futbolchilar haqida malumot berib borishda davom etamiz.
Bugun O'zbekiston terma jamoasida o'yin o'tkazish bo'yicha oltinchi o'rinda turgan himoyachi Andrey Fyodorov haqida malumotlar beramiz. Ayni paytda Rossiyaning “Rubin” klubida selecioner murabbiy bo'lib ishlayotgan hamyurtimiz 65 marta milliy terma jamoa libosini kiygan.
Fyodorov 65ta o'yinning 61tasida (!) to'liq o'ynagan. 4ta uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushgan hamda o'yin davomida boshqa futbolchiga almashtirilgan. Andrey Fyodorov milliy terma jamoa safida jami 5736 daqiqa harakat qilgan.
1995 yil Afro-Osiyo kubogi doirasida Nigeriyaga qarshi qarshi kechgan o'yinda Fyodorov terma jamoa safidagi ilk golini urishga muvaffaq bo'lgan. Bahsning 87-daqiqasida himoyachi afrikalilar darvozasini ishg'ol qilgan va hisobni 2:3 ko'rinishiga keltirgan. O'yin aynan shu hisob bilan tugagan.
Terma jamoa safidagi 65ta o'yinda 11 marta ogohlantirish olgan va biron marta ham maydondan chetlatilmagan. Fyodorov o'zining ilk rasmiy o'yinidayoq termadagi birinchi sariq kartchokasini olgan.
Andrey Fyodorovning terma jamoadagi eng so'nggi o'yini 2006 yil 15 noyabr sanasida Qatarga qarshi bo'lib o'tgan.
Andrey Fyodorovning yubiley o'yinlari
Keyingi juma kuni Nikolay SHirshov haqida malumot beramiz.
Narzulla Saydullaev tayyorladi

Ilk o'yini, goli va sariq kartochkasiFyodorov terma jamoadagi debyutini 1994 yilning 11 aprel kuni Turkmanistonga qarshi Markaziy Osiyo mamlakatlari kubogi doirasida o'tkazgan. Uni terma jamoaga bosh murabbiy Rustam Akramov jalb qilgan. O'sha kuni himoyachi bahsni asosiy tarkibda boshlagan va to'liq o'ynagan. Uchrashuvda 4:0 hisob qayd etilgandi.
1995 yil Afro-Osiyo kubogi doirasida Nigeriyaga qarshi qarshi kechgan o'yinda Fyodorov terma jamoa safidagi ilk golini urishga muvaffaq bo'lgan. Bahsning 87-daqiqasida himoyachi afrikalilar darvozasini ishg'ol qilgan va hisobni 2:3 ko'rinishiga keltirgan. O'yin aynan shu hisob bilan tugagan.
Terma jamoa safidagi 65ta o'yinda 11 marta ogohlantirish olgan va biron marta ham maydondan chetlatilmagan. Fyodorov o'zining ilk rasmiy o'yinidayoq termadagi birinchi sariq kartchokasini olgan.
Ishtirok etgan musobaqalariQahramonimiz Osiyo o'yinlari-1994da ishtirok etib jamoa bilan birga chempionlikka erishgan. Osiyo kubogi-2000 va Osiyo kubogi-2004 saralashlari va final bosqichlarida ishtirok etgan. Bundan tashqari Fyodorov JCH-1998, JCH-2002 va JCH-2006 saralashlarida ham maydonga tushgan. 2000 yili Livanda o'tgan Osiyo kubogida Andrey Fyodorov terma jamoamiz safida barcha 3ta uchrashuvida maydonga tushgan. O'sha musobaqada termamiz Qatar bilan durang o'ynagan va Saudiya Arabistoni (0:5) hamda Yaponiyadan (1:8) o'ta yirik hisoblarda mag'lub bo'lgani barchani yodida. Osiyo kubogi-2004da O'zbekiston chorak finalda Bahraynga penaltilar seriyasida yutqazib qo'yib musobaqani tark etgandi. Qahramonimiz bu musobaqaning barcha o'yinida maydonga tushib to'liq o'ynagan.
Raqib terma jamoalarFutbolchi sifatida 30ta davlat terma jamoalariga qarshi maydonga tushgan. Eng ko'p raqiblik qilgan jamoa bu - Turkmaniston. Qo'shnilarimizga qarshi Fyodorov 5 marta maydonga tushgan. Keyingi o'rinda Bahrayn, Gonkong, Saudiya Arabistoni va Janubiy Koreya bormoqda - 4tadan o'yin.
GollariHimoyachi 65ta o'yinda 6ta gol urgan. Uning birinchi goli Nigeriyaga urilgani haqida yuqorida yozib o'tdik. Uning yo'llagan zarbalaridan so'ng Kambodja, Yaponiya, Janubiy Koreya, Qozog'iston va Hindiston jamoalar darvozasi ishg'ol qilingan. Fyodorov JCH-1998 saralashini o'zida to'rtta gol urishga muvaffaq bo'lgan.
Sariq kartochkalariYuqorida aytib o'tganimizdek Fyodorov terma jamoa safida jami 11marta ogohlantirilgan. Etiborlisi himoyachi 11ta turli jamoaga qarshi o'yinlarda sariq kartochka olgan. Uning birinchi sariq kartochkasi birinchi o'yindayoq qayd etilgani haqida yozdik. Eng so'nggi ogohlantirishni esa JCH-2006 saralashi doirasidagi Saudiya Arabistoniga qarshi o'yinda olgan.
YillarFyodorov 1994-2006 yillar davomida terma jamoada faoliyat olib borgan. U 1997 yil eng ko'p o'yin o'tkazgan – 12ta. 1994 yil esa qahramonimiz 11ta o'yinda harakat qilgan.
Andrey Fyodorovning terma jamoadagi eng so'nggi o'yini 2006 yil 15 noyabr sanasida Qatarga qarshi bo'lib o'tgan.
Andrey Fyodorovning yubiley o'yinlari
# |
Raqib |
O'yin maqomi |
Hisob |
Sana |
Daqiqasi |
1 |
Turkmaniston |
Markaziy Osiyo kubogi |
4:0 |
11.04.1994 |
90 |
25 |
Quvayt |
Osiyo o'yinlari-1998 |
3:3 |
03.12.1998 |
90 |
50 |
Turkmaniston |
Osiyo kubogi-2004 |
1:0 |
26.07.2004 |
90 |
60 |
Bahrayn |
JCH-2006 saralashi |
0:0 |
12.10.2005 |
90 |
67 |
Qatar |
Osiyo kubogi-2007 saralashi |
2:0 |
15.11.2006 |
90 |
Keyingi juma kuni Nikolay SHirshov haqida malumot beramiz.
Narzulla Saydullaev tayyorladi

Fikrlar