So’nggi yangiliklar

16:59"Насаф"нинг бугунги рақиби – "Шаржа шаҳрининг қироллари" ҳақида  2 16:38"Манчестер Юнайтед" "Интер" ҳимоячисига қизиқмоқда  0 16:12Суперлига жамоалари стадионларида VAR тизимини жорий этиш ишлари бошланди  2 15:48Расман: "Машъал" таркибни легионер ҳимоячи билан кучайтирди  0 15:28"Навбаҳор" қозоқ жамоаси билан дуранг ўйнади  0 15:02Аббос Файзуллаев: "Бу — футбол. Бир нечта вазият яратиб ура олмайсиз, рақиб эса битта имкониятдан самара чиқариб кетади"  0 14:34"Ливерпуль" ва "Тоттенхэм" Ла Лига юлдузи учун курашади  2 14:07Ёрқин Назаров: "Каттақўрғон" Про лигада ҳар бир рақибга муносиб қаршилик кўрсатади"  2 13:49"Дўстлик" Биринчи лигага тайёргарликни давом эттирмоқда  2 13:34Элдор Шомуродов мураббийи Нури Шахин, тўпурарлик пойгаси ва "Фенербахче" ҳақида гапирди  4 13:10"Шаржа" – "Насаф" учрашуви ўмонлик ҳакамларга топширилди  0 12:43"Навбаҳор" африкалик ҳужумчини жалб этмоқда  2 12:20Расман: "Машъал" ганалик футболчини таркибга қўшиб олди  0 11:51Интервью. Санжар Шоаҳмедов: "Металлург"нинг юқори мақсадлари бу клубга келишимда ҳал қилувчи омил бўлди"  0 11:24Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК мусобақаларида ишлайди  1

Terma jamoa “Bunyodkor”da mashg'ulot o'tkazdi Yangiliklar

Terma jamoa “Bunyodkor”da mashg'ulot o'tkazdi

Bugun milliy terma jamoamiz “Bunyodkor” stadionining qo'shimcha maydonida mashg'ulot o'tkazdi.
Osiyo Kubogi-2015ga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentdagi yig'inga kirishdi. Mavsum yakuniga etganidan so'ng tashkil qilingan dastlabki yig'in 29 noyabrga qadar davom etadi. Malumki, bosh murabbiy Mirjalol Qosimov ushbu yig'inga 23 nafar futbolchini taklif etgan.



CHempionat yakuniga etganidan beri futbolchilar ilk bor yig'ilishgani bois dastlabki kun mashg'uloti jismoniy tiklanishga qaratildi. O'yinchilar asosan maydon bo'ylab yugurish mashqlarini bajarishdi, to'p bilan umuman ishlanmadi. Keyin esa stadion hudida joylashgan sport zalda aerobika mashqlari bajarildi. Bu mashg'ulotni terma jamoa murabbiylar shtabiga yaqinda qo'shilgan Aleksandr Volkov o'tkazdi. Bosh murabbiy Mirjalol Qosimovning aytishicha, Toshkentdagi yig'in davomida nazorat bahsi o'tkazilmaydi. Ertangi kun tartibidan trenajyor zalida ishlash o'rin olgan. Terma jamoaga chaqirilganlarning hammasi soppa-sog', jarohat olganlar yo'q.





Eslatib o'tamiz, terma jamoa azolari 1 dekabr kuni yig'inni davom ettirish maqsadida BAAga jo'nab ketishadi. Yanvarda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatida O'zbekiston termasi guruh o'yinlarida Saudiya Arabistoni, Xitoy va KXDRga qarshi bahs olib boradi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика