So’nggi yangiliklar

12:04Носир Абдусаломов: "0:2 ҳисобидаги мағлубиятдан чиқиб кетиш катта куч талаб қилар эди, голимни бобомга бағишладим"  0 11:44Марио Балотелли Париж мода ҳафталигида модел сифатида подиумга чиқди  3 11:18"Насаф" U-14 Португалиядаги мусобақада қатнашади  1 10:53Криштиану Роналду фаолиятини якунлаганидан кейин мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  0 10:25Котрина Кулбите: "Мақсадимиз - Осиё Кубоги"  1 09:55Нилуфар Қудратова: "Ўйин биз истагандек бўлди"  0 09:28“Ал Насср“нинг ёзги биринчи рақамли трансфер мақсади маълум  2 09:01“Барселона“ ҳимоячиси жамоани тарк этиш ниятида эмаслигини маълум қилди  1 08:31“Сурхон“ дарвозабони иккинчи даврани Суперлиганинг ТОП клубида бошлаши мумкин  1 08:03Клублар ўртасидаги ЖЧни тарк этган Месси нималар деди?  12 07:35Суперлига. Бугун 14-тур якунланади  6 05:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Бавария“ чорак финалда. Бизни чорак финалда даҳшат учрашув кутмоқда  6 01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  1

Terma yig'ini sanasidagi o'zgarish sabab ayollar chempionati taqvimida o'zgarish bo'ldi Yangiliklar

Terma yig'ini sanasidagi o'zgarish sabab ayollar chempionati taqvimida o'zgarish bo'ldi

Teglar :  Ayollar chempionati
Ayollar chempionati taqvimida o'zgarish.

O'zbekiston ayollar terma jamoasi Toshkent mezbonlik qiluvchi Osiyo kubogining saralash bosqichida 20 sentyabr kuni Mo'g'uliston bilan, 23 sentyabr kuni Janubiy Koreya bilan rasmiy uchrashuvlar o'tkazadi. Uch jamoa ishtirokidagi saralash guruhi yakuniga ko'ra faqatgina peshqadam terma jamoa yanvar oyida Hindistonda o'tadigan Osiyo kubogida ishtirok etadi.

O'zPFL shundan kelib chiqib, ayollar chempionatining tanaffusgacha bo'lgan 17-tur uchrashuvlarini 13 sentyabr kuniga tayin qilgandi. Mazkur sana terma bosh murabbiyi Bahrom Norsafarov bilan kelishilgan. Biroq 31 avgust kuni O'FA 17-turni boshqa sanaga ko'chirishni so'rab xat yozdi. Mazkur nomada terma yig'inga 14 emas, balki 12 sentyabr kuni kirishi bayon qilingan.

Rejaga ko'ra, O'zbekiston chempionati “Bunyodkor-W” klubining OFK ayollar klublari chempionati start olgunga qadar yakuniga etishi hamda “qaldirg'ochlar” o'z vaqtida Iordaniyaga jo'nab ketishi kerak edi. Bunda ayollar kubogining final uchrashuvi “Bunyodkor-W” jamoasining finalda ishtirok etishi yoki etmasligidan kelib chiqib, yo xalqaro musobaqadan avval yoki undan keyin o'tishi lozim edi.

Biroq O'FA o'z rejalarini o'zgartirganidan kelib chiqib, O'zPFL 17-tur sanasini taqvimdan o'chirdi va tabiiyki, taqvimdagi turlar bittadan keyinga surildi. SHu tariqa ayollar chempionatining so'nggi tur uchrashuvlari hamda O'zbekiston kubogining final uchrashuvi xalqaro turnirdan keyinga qoldirildi. Aslini olganda “Bunyodkor-W” xalqaro musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etsa, sharqiy Osiyo jamoasiga qarshi navbatdagi uchrashuvni o'tkazishi lozim edi. Ammo katta ehtimol bilan sharqiy jamoalar musobaqaga tayyor bo'lmaydi. SHundan kelib chiqib, chempionatning so'nggi turi va kubok finali sanasida o'zgarish bo'lmaydi deb, umid qilamiz.

O'zPFL rejasi bilan ko'rsatilgan havolalarda tanishib olishingiz mumkin.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика