So’nggi yangiliklar

00:55Шомуродовнинг мураббийи Клаудио Раньери "Кальяри"ни тарк этади  0 00:38Про лига. 9-турда ишлайдиган расмийлар  0 00:01Эдерсон "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 23:44Мессининг ўғли Суареснинг фарзандини доғда қолдирди  1 23:27Александр Стоймирович: "Бугунги учрашувда йўл қўйган хатоларимизни мантиқан тушунтириб бера олмайман"  8 23:10"Манчестер Сити" дарвозабони жанжал қилгани учун тунги клубдан ҳайдалди  0 22:56Илёс Зейтуллаев: "Бугунги учрашувда 3-4 йиллик умримни йўқотдим. Мен Пеп Гвардиола эмас, ангренлик Илёс Зейтуллаевман"  5 22:33CAFA U-15. Ўзбекистон қизлар терма жамоаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 22:16Франция клуби Анчелоттининг ўғлини бош мураббий этиб тайинламоқчи  2 21:49Германия Бундеслигасининг энг яхши футболчиси маълум бўлди  2 21:25Суперлига. "Бунёдкор" - "Локомотив" 3:2. Highlights  0 21:02Суперлига. "Бунёдкор" воқеаларга бой "Тошкент дербиси"да "Локомотив"ни енгиб, мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  33 20:48Про лига шарҳи. "Машъал"да биринчи мағлубият, "Мерседес" "Бухоро" ва навбатдаги истеъфо бўлган 8-тур ҳақида  0 20:21Тюрам чемпионликни нишонлаётган ўғлига шапалоқ туширди  5 20:04Эронлик собиқ ҳакам унга қандай қилиб пора таклиф қилинганини фош қилди  3

"Terma jamoaga nomzod darvozabonlar kam va raqobat ham shunga yarasha yaxshi emas". Denis Ivankov bilan intervyu Yangiliklar

"Terma jamoaga nomzod darvozabonlar kam va raqobat ham shunga yarasha yaxshi emas". Denis Ivankov bilan intervyu

O'zbekiston milliy terma jamoasining iyun oyida JCH-2022 saralash bosqichidan o'rin olgan uchta muhim uchrashuv kutmoqda.

Odatda biror ciklda darvoza bilan bog'liq bunchalik jiddiy xavotirli vaziyat bo'lmagan. To'g'ri avvalgi mundial saralashida Lobanovning darvozada turishi keskin tanqidlarga sabab bo'lgandi. Muhimi o'shanda terma jamoada aniq darvozabon bo'lgan. So'nggi ikki Xitoy va Janubiy Koreya bilan o'yinlarda Nesterov jonimizga oro kirgani yodimizda. Lekin hozirda rasmiy o'yinlarda darvozamizni qo'riqlashi mumkin bo'lgan aniq bitta kiperni ayta olmaymiz. Vadim Abramov o'rtoqlik bahslarida Javohir Ilyosov, Abduvohid Nematov, Botirali Ergashevga imkoniyat berib ko'rdi. Ularning mahoratiga shubhamiz yo'q. Ammo oldinda masuliyatli va qiyin o'yinlar kutib turganini inobatga olsak bu borada jiddiy bosh qotirishimiz kerak. Biz bu borada yaqinda qadrdon jamoasiga qaytgan, O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Denis Ivankovning fikrlari bilan qiziqdik.

- Denis Aleksandrovich avvalo "Nasaf"ga qaytganingiz bilan tabriklaymiz. Qaysidir manoda bu jamoa sizning ikkinchi uyingizdek bo'lib qolgandi. Qadrdon klubga qaytish hissiyotlari bilan o'rtoqlashsangiz...

- Qarshiga qaytish men uchun hamisha yoqimli hislarni beradi. SHu klubdagi faoliyatim orqali terma jamoa murabbiylar shtabidan o'rin egalladim. Klubdagi barcha bilan yaqin qarindoshlardek, aka-ukadek bo'lib qolganmiz. Yana qadrdon jamoamda darvozabonlar bilan ishlayotganimdan xursandman. Bundan buyon eng shimarib mehnat qilamiz. Yana iqtidorli posbonlarni tarbiyalaymiz.

- O'z vaqtida "Nasaf"dagi faoliyatingiz orqali darvozabonlar bilan ishlash bo'yicha aniq tizim o'rnatgan edingiz. Sizdan so'ng ikki nafar murabbiy asosiy jamoada darvozabonlar bilan ishladi. Xo'sh, o'sha tizim hali ham saqlanib qolinganmi?
- Darvozabonlarni tayyorlash tizimi saqlanib qolinmagan. Lekin bundan buyon hammasi yaxshi bo'lishiga ishonaman. Ilojsiz narsaning o'zi yo'q. Bilasiz "Nasaf"dan har doim turli yoshdagi terma jamoalarga iqtidorli darvozabonlar etishtirib berilgan. Bir darvozabon ketsa o'rni boshqasi bilan to'ldiriladi.

- To'g'ri aytdingiz, "Nasaf" mana bir necha yildirki boshqa klubdan yoki chetdan darvozabon jalb qilmaydi. Aksincha bu jamoadan boshqa klublar darvozabonlar olishadi. Nima deb o'ylaysiz har bir jamoada shunday tizim ishlashi kerakmikin?
- Fikringizni inkor qilmayman. Buning uchun klubda darvozabonlarni tayyorlashning aniq tizimi va metodikasiga ega bo'lish zarur. Mashg'ulot jarayoniga yuzaki emas, astoydil diqqat bilan yondoshish zarur. Ha, "Nasaf"da doim o'z akademiyasidan chiqqan darvozabonlar to'p tepadi. Bu juda yaxshi holat.

- Yurtimizdagi darvozabonlar murabbiylarining darajasi bugungi kunda talabga qay darajada javob beradi? Ayrim jamoalarning mashg'ulotlariga etibor beradigan bo'lsak darvozabonlar murabbiyi ish jarayonida juda oddiy uslublardan foydalanishadi. Hammasi ham emas ayrimlari. Bunday holatda qanday qilib terma jamoalarga posbon etishtirish mumkin?
- Siz mutlaqo haqsiz. Kimdirlar ishga beparvo qaraydi. Kuni o'tsa bo'ldi va tamom. SHuning uchun terma jamoaga nomzod darvozabonlar kam va raqobat ham shunga yarasha yaxshi, deb bo'lmaydi. Buni tan olish lozim. Bunday mutaxassislar ko'p. Masalan, "Paxtakor" o'rinbosarlar jamoasida niderlandiyalik darvozabonlar murabbiyi ishlayotgan ekan. U oddiy odam. Kuchli yoki taniqli murabbiy emas. Bosh murabbiyning tanishi orqali mamlakatning bosh jamoasiga kelib qoldi. Uning malumoti ham, licenziyasi ham yo'q. Qanday qilib darvozabonlarni tayyorlashi mumkin? Internetda yozib ko'ring u haqida biror malumot ham topilmaydi. Bundaylarga ishonish bir chetda tursin futbolga yaqinlashtirmaslik kerak.

- Terma jamoamizni bo'lajak bahslarda qaysi darvozabon qo'riqlashi hali ham mavhumligicha qolmoqda. Vadim Abramov o'rtoqlik o'yinlarida barchaga imkoniyat berib ko'rdi. Lekin hali aniq bir qarorga kelinmagani ko'rinib turibdi. Rasmiy bahslarda tajribalar o'tmaydi. Saralash bahslariga esa bir oy vaqt qoldi.
- Terma jamoa safida oldindagi o'yinlarda darvozani kim qo'riqlashi hali aniq emas. Bosh murabbiy yoshlarga o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat beryapti. To'g'ri vaqt kam qolyapti. Nomzodlar ko'zdan kechirilmoqda. Aniq bir to'xtamga kelinmagan. O'sha paytda darvozabonlarning qanday holatda bo'lishi ham biz uchun muhim.

- Abduvohid Nematov so'nggi o'yinlarda zaxirada qolayotgani nima bilan bog'liq?
- "Nasaf"da darvozabonlar xato qilgunigacha o'ynaydi. Abduvohid bungacha bir nechta o'yinda maydonga tushmagandi. SHu bois hozirda Umid Ergashev darvozada turmoqda.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика