So’nggi yangiliklar

13:13U-20 жаҳон чемпионати-2027. Финалга Ўзбекистон мезбонлик қиладими ёки Озарбайжон?  0 12:50Суперлиганинг 23-турида ҳакамлик таҳлили: нотўғри четлатиш ва белгиланмаган пенальти  0 12:25ЎФА "тилга кирди" ва Каннаваро билан музокаралар ўтказилаётганини маълум қилди  27 12:22Фати "Монако"да ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Барса"дан ижарага олинган вингер 3 та ўйинда 4 та гол урди  2 11:58"Реал", "Атлетико" ва МЮнинг собиқ 28 ёшли футболчиси "Интер Майами"га ўтиши мумкин  2 11:27МЮ ва "Ман Сити" "Бавария" футболчи билан боғланди  5 10:58Мареска "Ливерпуль"нинг ҳозирги даражасини баҳолади  2 10:35Андро Гиоргадзе: "Суперлигада қолиш учун курашишимиз керак"  0 10:12"Қўқон-1912" 7 йиллик танаффусдан сўнг Олмалиқдан ғалаба билан қайтган учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 10:02ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Мен бу циркнинг бир қисми бўлишни истамадим"  57 09:40"У яқин кунларда келишини эшитдим. Барчаси душанба куни ҳал бўлади" — МТЖ мураббийи Каннаваро ҳақида  21 09:16Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Европанинг кучли терма жамоалари мураббийларидан кўра кўпроқ маош олади  43 08:30Клейди Даци: "Биз учун энг муҳим нарса - кўпроқ очко тўплаш"  0 08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  2 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  9

"Terma jamoaga chaqirilganimni rafiqamdan eshitdim!" - Iskandar SHoyqulov bilan intervyu Yangiliklar

"Terma jamoaga chaqirilganimni rafiqamdan eshitdim!" - Iskandar SHoyqulov bilan intervyu

Bugun dunyoga xavf solayotgan koronavirus pandemiyasi mamlakatimiz futboliga ham o'zining tasirini o'tkazmay qo'ymadi.

Ayni shu sabab ichki chempionat o'yinlari mana ikkinchi bor to'xtatilib turibdi. Terma jamoalarimizning yig'inlari-yu, ularning ishtitok etishi kerak bo'lgan bahslari ham o'tkazilmaydigan bo'ldi.

Biz bugun "Mashal" va "Neftchi"da porlagan, ayni vaqtda esa "So'g'diyona" jamoasining etakchilaridan biri, MTJning yig'iniga jalb etilgan Iskandar SHoyqulov bilan karantindan keyingi futbol, ayni vaqtdagi holat hamda Milliy terma jamoaga chaqirilishi haqida suhbatlashdik.



- CHempionat o'yinlari uzoq muddatli karantindan so'ng qayta boshlangach, "So'g'diyona" jamoasi qatorasiga ikki o'yinda mamlakatning etakchi klublarini mag'lub etdi. Karantin jamoaga qanday tasir qildi?

- Karantin bizning jamoa uchun juda qo'l keldi desam ham bo'laveradi. Hammasini boshidan boshlashimizga turtki bo'ldi va biz kutilgan natijaga erisha oldik deya ayta olaman. Bunga albatta o'zingiz ham guvohi bo'ldingiz, ayniqsa grand jamoalarga qarshi o'yinlarimizda.

- Oxirgi o'yinlarda siz ko'proq tayanch zonasida harakat qilyapsiz. Bu borada Ulug'bek Baqoevdan so'raganimda, murabbiy sizning universal futbolchi ekanligingizni takidladi. O'zingizni maydon markazida qulay his qilyapsizmi hozir, yoki avvalgi qanot himoyasidagi o'yiningiz yaxshimidi?

- Albatta avvalo murabbiy hal qiladi kimni qaysi joyda o'ynashini. Menga kelsak, shu joyni menga maqul ko'rdimi, shu joyda o'ynashim kerak, agar «darvozada turasan» desa, kerak bo'lsa darvozada ham turaman. Maydon markazida o'ynash menga juda yoqdi, hamisha to'p bilan harakatda bo'ladi futbolchi. Kerak vaqti himoyaga ham yordam berasan, hujumga qo'shilasan, o'yinni boshqarasan, xullas kalom maydon markazida o'ynash juda yoqimli.

- Bir qator jamoalarda koronavirusga chalingan futbolchilar aniqlangach, PFL Superliga bahslarini markazlashtirilgan holda o'tkazish taklifini berdi va shunday qilishmoqchi ham bo'lishdi. Bu borada nima deya olasiz, markazlashtirilgan bahslar viloyat jamoalari uchun qanchalik tasir ko'rsata olardi?



- Bunisi menga nomalum, rahbariyat nima desa shu. Bu borada futbolchilar bosh qotirishmaydi, buning uchun rahbariyatimiz bor. Bizga qaerda o'ynaysizlar desa o'sha erda o'ynaymiz.

- Bilasiz endi chempionat 15-avgustdan davom ettiriladi. Bu o'rtadagi uzilish jismoniy tomonlama ham, ruhiy tomonlama ham tasir qilsa kerak. Yana o'yinlarga kirishib ketishda qiyinchiliklar bo'ladi va bunga siz hamda jamoangiz qanchalik tayyor?

- Buni vaqt ko'rsatadi, biror narsa deyish qiyin.

- Aynan pandemiya sababli ko'pgina muhlis-u, mutaxassislar O'zbekiston kubogi bahslaridan voz kechish haqida bong urishmoqda. Bu borada nima deya olasiz, chindan ham bir musobaqadan kechish virus tarqalishining ehtimolini oladimi?


- Agar kubok o'yinlarining pandemiyaga tasiri bo'lsa, voz kechgan maqul deb o'ylayman, chunki hamma uchun oilasi, ota-onasi va farzandlarining sog'ligi birinchi o'rinda. Bu borada sportni oila tinchligidan ustun qo'yib bo'lmaydi.



- "So'g'diyona" jamoasining 2020-yilgi mavsum uchun yil avvaldagi rejalari qanday edi va hozirgi kunga kelib bu rejalar qay darajada o'zgardi?


- Yilning boshida ham, hozir ham bitta reja bu OCHLda o'ynash va bu uchun qo'limizdan kelgan hamma ishni bajarishga tayyormiz.

- Milliy terma jamoaga chaqirildingiz. Tassurotlar qanday? Bu narsani kutganmidingiz va buni qay holatda eshitdingiz aynan MTJga chaqirilganingizni?


- To'g'risi bu taklifni eshitish xamma futbolchilarning orzusi. Menga buni rafiqam aytib suyinchi oldi, avvalo ishonmadim, kirib o'zimning familiyamni o'qiganimdan keyin xursandchilikdan butun mahallani boshga ko'tardim. SHunga o'xshagan taklif hammaga futbolchilarga nasib qilsin!



Og'abek Samisov suhbatlashdi

Reyting: +22   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика