So’nggi yangiliklar

15:06"Реал" Родрини сотиб олиши мумкин  0 14:36"Ливерпуль” Эквадор терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 14:03Рики Пуч тиззасидан олган жароҳати туфайли 2026 йилни ўтказиб юбориши мумкин  0 13:20Фонсека: "Эндрик 90 дақиқа ўйнашга тайёр эмас"  0 12:41"Атлетико" футболчиси Италияга йўл олмоқда  0 12:20"Нидерландияга қарши ЖЧ-1998 ярим финалида 32 кг га озганман"  6 12:00Бугунги ўйинлар: Каталония дербиси, "Селтик" — "Рейнжерс" ва бошқалар  0 11:50Тонали АПЛнинг топ клубига ўтиши мумкин  1 11:22Канселу "Барселона"га қайтмоқчи  2 10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  6 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  5 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  1 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1

Terma jamoa tarkibi: kimlar bor, kimlar yo'q? Yangiliklar

Terma jamoa tarkibi: kimlar bor, kimlar yo'q?

27 avgust kuni O'zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi elon qilindi.

Ushbu ro'yxatdan 23 nafar futbolchi o'rin olgan. Xabaringiz bor, milliy terma jamoamiz 5 sentyabr kuni Stokgolmda SHveciya terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazadi. Bu o'yinda shvedlar asosiy tarkib bilan o'ynaydimi yoki ikkinchimi, hozirdan bir narsa deyish qiyin.

CHunki SHveciya terma jamoasi 2 sentyabr kuni o'z maydonida Ispaniya va 8 sentyabr kuni safarda Greciya terma jamoasiga qarshi JCH saralash bahslarini o'tkazadi. SHu bois o'rtada 5 sentyabr kungi biz bilan o'yinda ularning qaysi tarkibi maydonga tushishi haqida bir gap aytish mushkul. 

SHunisi aniqki, biz O'zbekiston terma jamoasiga taklif etilgan eng kuchli 11 nafar futbolchini SHveciyaga qarshi boshlang'ich tarkibda ko'ramiz.  

Ro'yxatni kim tuzdi?

Srechko Katanec endigina ishga kirishdi. U hali bizning futbolchilarni to'liq bilmaydi. Nari borsa Eldor SHomurodovni eshitgan. SHunday ekan, birinchi ro'yxatni o'zi tuzmagan bo'lishi aniq. Bizga malum bo'lishicha, ro'yxat O'zbekiston U-22 terma jamoasi ustozi Ravshan Haydarov tomonidan tuzilgan.

Termaga taklif etilgan futbolchilar haqida nima deyish mumkin? Aytish mumkinki, hozirgi paytda o'ynab turgan va yaxshi sport formasida bo'lgan futbolchilar chaqiruv olishdi. Keling, yaxshisi chiziqlar bo'yicha to'xtalamiz. 

Darvozabonlar

Odatda terma tarkibiga uch nafar darvozabon taklif etiladi. Bu safar ham shunday bo'ldi. Terma jamoamizning sentyabrdagi yig'iniga "Paxtakor"ning ikki posboni - Sanjar Quvvatov bilan Eldor Suyunov, shuningdek AGMK darvozaboni Valijon Rahimov taklif etildi. Bu erda bir savol tug'iladi: O'tkir Yusupov qani? O'tkir Yusupov hozir shu uchala davrvozabondan ham zo'r formada emasmi?

Himoyachilar

Himoya chizig'iga ushbu futbolchilar taklif etilgan: Islom Qobilov ("Lokomotiv"), Farrux Sayfiev ("Paxtakor"), Ibrohimxalil Yuldashev ("Nijniy Novgorod", Rossiya), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf"), Abdulla Abdullaev ("Bunyodkor"), Dilshod Saitov ("Nasaf"), Dostonbek Tursunov ("CHucin Lifan", Xitoy).

Garchi "Lokomotiv" turnir jadvalida 7-o'rinni egallab turgan bo'lsa-da, Islom Qobilov bir tekis o'yin namoyish etmoqda, shu bois murabbiylar nazaridan chetda qolmadi. "Paxtakor"dan taklif etilgan Farrux Sayfiev bilan Hojiakbar Alijonov ham yaxshi formada. 

Egor Krimec bilan Anzur Ismoilov termadagi faoliyatini tugatdimi? Bir narsa deyish qiyin. Lekin SHerzod Azamov ham bosh jamoaga chaqirilishga loyiq himoyachi edi.

Markaziy himoyaga "Nasaf"dan Husniddin Aliqulov taklif etilgan. Ko'pchilik uni terma jamoamizning ertasi deyapti, buni esa vaqt ko'rsatadi. SHuningdek, faoliyatini Xitoyda davom ettirayotgan Doston Tursunov ham munosib nomzod. Rossiya premer-ligasiga yo'l olgan Ibrohimxalil Yuldashev ham kuchli futbolchi, juda tartibli o'yin namoyish etadi. U "Nijniy Novgorod" safida 27 avgust kuni "Ximki"ga qarshi maydonga tushib, 69 daqiqa harakat qildi va keyin almashtirildi. 

Terma jamoaga chaqirilgan himoyachilar orasida "Nasaf"dan Dilshod Saitov bilan "Bunyodkor"dan Abdulla Abdullaev ham bor. Lekin bu ikki futbolchi birdaniga asosiy tarkibda o'ynab ketmasa kerak. 


Yarim himoyachilar

Yarim himoyaga 10 nafar futbolchi taklif etilgan: Otabek SHukurov ("SHarja", BAA), Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), Abror Ismoilov ("Paxtakor"), Jaloliddin Masharipov ("Al Nassr", Saudiya Arabistoni), Hojimat Erkinov ("Paxtakor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Sanjar Qodirqulov ("Lokomotiv"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Javohir Sidiqov ("Lokomotiv"), Farrux Ikromov ("Bunyodkor").

Yarim himoyachilar haqida nima deyish mumkin? Nomzod futbolchilarning barchasi o'z klublarida o'ynayapti. Masalan, Otabek SHukurov "SHarja" safida yana kamida bir mavsum qoladigan bo'ldi. U allaqachon o'z klubining etakchisiga aylangan. Jaloliddin Masharipov ham "Al Nassr"ga tezda kirishib ketdi.

Oybek Bozorov "Nasaf"da juda chiroyli o'yin namoyish etyapti. Javohir Sidiqov bilan Sanjar Qodirqulov "Lokomotiv"ni oldinga tortishga urinishyapti. Hojimat Erkinov, Abror Ismoilov, Odil Hamrobekov - bular "Paxtakor"ning ertasi. Farrux Ikromov esa ikkinchi davrada o'yiniga yanada qo'shdi.

Hujumchilar

Sentyabr yig'iniga faqat ikki nafar hujumchi taklif etildi: Eldor SHomurodov va Igor Sergeev. O'zimizning Superligada to'purarlar poygasida ishtirok etayotgan SHohruz Norxonov, Temurxo'ja Abduxoliqov va Husayn Norchaev bu safar chetda qoladigan bo'lishdi. 

SHomurodov hozirgi kunda O'zbekistonning eng kuchli hujumchisi, biroq unga termada kim raqobat qiladi degan savol tug'iladi.


"So'g'diyona" va AGMKdan hech kim yo'qmi?

Turnir jadvalida "Paxtakor"dan keyingi o'rinlarni egallab turgan ikkita jamoadan hech kimning taklif etilmagani qiziq. To'g'ri, AGMKdan Valijon Rahimov chaqirilgan, lekin u - darvozabon. Maydondagi o'yinchilar yo'qmi? Masalan, AGMKdagi Sardor Rahmonov bilan Bobur Yo'ldoshev himoya markazida yaxshi o'yin ko'rsatishyapti.

Yoki bo'lmasa nahotki "So'g'diyona"dan hech kim loyiq bo'lmasa degan savol ham yuzaga keladi. Lekin bu Katanecning birinchi yig'ini hamda ro'yxatni u tuzmagani uchun ortiqcha vahima qilmagan maqul. Yangi murabbiy endi futbolimiz bilan tanishyapti va o'ylaymizki, oktbyardagi yig'inga ro'yxatni o'zi tuzadi.

Reyting: -12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика