So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

Terma jamoa sobiq futzalchisi Abdulla Solihov: "Etakchi futzalchilarning yo'qligi jamoa o'yiniga o'z tasirini ko'rsatmay qolmaydi" Yangiliklar

Terma jamoa sobiq futzalchisi Abdulla Solihov: "Etakchi futzalchilarning yo'qligi jamoa o'yiniga o'z tasirini ko'rsatmay qolmaydi"

O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi sobiq futzalchisi Abdulla Solihov Jahon chempionati oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi

Mundial haqida

- Bu yilgi mundial tarixdagi eng yaxshisi, shuningdek, eng qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo'ladi, deb umid qilaman. Mundial o'z yurtimizda bo'layotgani futzalning ommalashiga, ushbu sport turining rivojiga katta turtki beradi va ichki chempionatimizga bo'lgan etibor yanada yaxshilanishiga, g'oliblik uchun raqobat kuchayishiga olib keladi. Jamoamiz eng kamida guruhdan keyingi bosqichga chiqib, avvalgi natijani yaxshilashini kutayapman, bunga kuchimiz etadi.

Jarohatlar haqida

- Jarohat olib safdan chiqqan futzalchilar terma jamoamizda o'z orniga ega kuchli o'yinchilar hisoblanishadi. Jarohat sportchi bilan doimo yonma-yon yuradi. Barchalariga sog'lik tilayman. Albatta, ularning yo'qligi jamoa o'yiniga o'z tasirini ko'rsatmay qolmaydi. Lekin jamoamizda hozirgi vaqtdagi eng kuchli tarkib yig'ilgan va buni ular, albatta, isbotlashadi, deb o'ylayman. Jamoamizga omad tilayman, nasib qilsa, tarixiy natijaga erishamiz va yaxshi uchrashuvlar guvohi bo'lamiz.

Sog'ligidagi muammolar sabab faoliyatini yakunlagani haqida

- Bizning emas, Yaratganning aytgani sodir bo'ladi. Albatta, bu holat kayfiyatimni tushirdi. Lekin nima bo'lganda ham, barchasi yaxshilikka xizmat qiladi. Bizga nima yaxshi-yu yomonligini faqat Yaratgan biladi. Hozirgi paytdagi holatim alo darajada, kelajakda esa murabbiy bo'lishi niyatim bor. Nasib qilsa, buni vaqt ko'rsatadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика