Terma jamoa o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda, biroq...
15 okt 2019 10:40
Yangiliklar


Terma jamoa o'yinga tayyorgarlikni davom ettirmoqda, biroq...
Bugun, Toshkent vaqti bilan 16:45da Singapur hamda O'zbekiston terma jamoalari o'rtasida JCH-2022 saralash uchrashuviga start beriladi.
Terma jamoamiz ushbu bahsga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Olgan malumotlarimizga ko'ra, kechagi kechgi ovqatdan so'ng futbolchilar bilan Singapur terma jamoasining o'yini tahlil qilingan. Vadim Abramov shogirdlariga raqibning kuchli va kuchsiz tomonlari haqida batafsil malumot berdi.
Bundan tashqari futbolchilarimiz hozircha faqat mehmonxonada mashg'ulot o'tkazishmoqda. Bunga ob-havoning noqulayligini sabab sifatida ko'rsatishimiz mumkin. Singapurdagi xodimlarimizning xabar berishicha, ayni damda futbol o'tkaziladigan shaharda havo harorati 33 daraja issiq. Buning ustiga namlik 60%ni tashkil etmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar