So’nggi yangiliklar

07:30"Пахтакор"нинг "Ал Гарафа" майдонидаги ғалабасиз серияси давом этади  0 02:31Криштиану Роналду: "Менинг эртагим" (мутолаа учун)  29 01:45"Пахтакор" бош мураббийи Педру Морейра: "Ўйин қийин кечишини билгандик"  6 01:27Элит ОЧЛ. "Персеполис" "Ал Ҳилол"га йирик ҳисобда ютқазди. "Пахтакор"нинг плей-офф учун имкониятлари сақланиб қолмоқда  3 01:05Аббосбек Файзуллаев: "РПЛда чемпионлик учун курашишда давом этамиз"  2 00:55Испания кубоги. "Атлетико" – "Хетафе". Бошланғич таркиблар аниқ  1 00:38РПЛ Қишки кубоги. ЦСКА "Зенит"га пенальтилар сериясида ютқазди. Файзуллаев 71-дақиқада майдонга тушди  1 00:08Неймар "Сантос"даги илк машғулотига вертолетда келди  5 23:46Криштиану Роналду: "Мен барча даврларнинг энг зўр ўйинчисиман"  47 23:24Расман: Альфонсо Дэвис "Бавария" билан шартномасини узайтирди  5 22:57Элит ОЧЛ. "Пахтакор" Қатарда бирорта аниқ зарба бермай ютқазди  197 22:45МЮ Винисиус учун курашга қўшилди  4 22:19"Ал Ҳилол" — "Персеполис". Таркиблар маълум  5 21:58"Тоттенхэм" "Бавария" ўйинчисининг ижараси учун 10 млн евро тўлайди ва уни ёзда 60 млн еврога сотиб олиши мумкин бўлади  1 21:31Виллиан АПЛ клубига эркин агент мақомида ўтади  0

Terma jamoa kimlarning qo'lida o'yinchoq bo'ldi? Yangiliklar

Terma jamoa kimlarning qo'lida o'yinchoq bo'ldi?

O'zPFL bosh direktori Diyor Imomxo'jaev "Futbol TV" telekanali orqali efirga uzatiladigan "Ofsayd" ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi.

U so'nggi yillarda terma jamoa atrofida sodir bo'layotgan voqealarga munosabat bildirdi.

— Men millatchi emasman. Lekin, terma jamoa mening g'ururim, mening orim, mening yuzim. SHu jamoa 8 yildan beri 2 ta inson (Vadim Abramov hamda Samvel Babayan nazarda tutilmoqda — "Champioanat.asia" tahr.) qo'lida o'yinchoq bo'lganiga achinaman. Keladi, xohlagan ishini qiladi. Fikrgayam, muxlisgayam "qo'yib qo'yadi", xohlagan futbolchisini chaqiradi — istagan ishini qiladi. Oxiri bittasi hamma aybni o'ziga oladi, bittasi matbuot anjumaniga kelmay qo'ya qoladi. 

Xato qilish ayb emas. Uni takrorlash ayb. Qachongacha shu xatoni takrorlaymiz? Milliy jamoada Sarkisyan ham ishladi, Babayan ham ishladi, Abramov ham ishladi. Siz tasavvur qilolasizmi, 3 ta o'zbek murabbiy borib Armaniston terma jamoasini boshqarishini?

Men juda ham bag'rikeng odamman. Lekin, bizning ham g'ururimiz bor-ku! Agentlik bilan shug'ullanadi bu. Futbolchiga aytadi: bunga qo'l qo'y, unga qo'y... Jasur Jaloliddinovni ko'rdik. O'sha payt shu bola uchun biz ham harakat qildik. Qutqarib qolish uchun! Endi bir etim bolani o'ylamagan odam sizning terma jamoangizni o'ylaydimi?!

"Vadim Abramov bahona qilmasin!" — D. Imomxo'jaev

Reyting: +73   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика