

"Agarda so'nggi ikki yilga nazar tashlaydigan bo'lsangiz, YCHLdagi omadsizliklarga guvohi bo'lasiz. LaLigani muvaffaqiyatli yakunladik, endi esa YCHLda katta qadam tashlamoqchimiz. Ammo ilk navbatda guruhda kimlar tushishini ham inobatga olish kerak. Qolganini esa vaziyatga qarab baholab boramiz.
Finalga chiqishimizga bir qadam qolgan paytlari ham bo'lgandi, ammo omadimiz kelmayotgandi. Hozir holat boshqacha. O'tgan mavsumni yosh jamoa bilan zo'r o'tkazdik. Chempionat g'olibligiga munosib edik.
Endi biz raqobatbardosh jamoamiz va nimalarga qodirligimizni YCHLda ko'rsatmoqchimiz. "Inter" o'tgan mavsumda tasodif bilan ham YCHL finaliga chiqish mumkinligini ko'rsatib berdi", - dedi posbon.



