Ter Shtegen "Atletiko" bilan o'yinda 53 ta uzatmani amalga oshirdi

Omonjon To`xtamirzayev
9 yanv 2023, 17:55
"Barselona" La Liga 16-turida "Atletiko" ustidan g'alaba qozondi (1:0).

Kataloniyaliklar kiperi Mark-Andre Ter Shtegen uchrashuvda 53 ta uzatmani amalga oshirdi. Bu borada posbon Alexandro Balde (46), Gavi (39), Ansu Fati (21) va Usmon Dembeleni (30) ortda qoldirdi. Misol uchun Frenki De Yong 54 va Pedri 56 tadan uzatma qayd etgan.

O'z navbatida, ikkinchi bo'limda maydonga tushgan Markos Alonso, Rafinya, Ferran Torres, Frank Kesse va Serxi Roberto ham (har birida 38 tadan) golkipyerdan kamroq uzatma amalga oshirgan.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: soccer.ru