Ter SHtegen: "Atletik"da Messi kabi o'yin taqdirini hal qila oladigan futbolchi yo'q"
28 may 2015 15:49
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/173656_original.jpg)
![](/upload/storage/173656_220.jpg)
Ter SHtegen: "Atletik"da Messi kabi o'yin taqdirini hal qila oladigan futbolchi yo'q"
"Barselona" darvozaboni Mark-Andre ter SHtegen "Atletik"ga qarshi Ispaniya Kubogi finali haqida fikr bildirdi.
"O'yin juda qiyin bo'ladi va bor kuchi bilan harakat qiladi. Ilk daqiqalardan etibor bilan o'ynash zarur. "Atletik"ning kuchli tomonlari ko'p, ammo ularning tarkibida Lionel Messi kabi uchrashuvning taqdiri hal qiluvchi futbolchi yo'q. "Atletik" va "Yuventus"ga qarshi finallarda o'ynasam, bu faoliyatimdagi eng muhim bahslar bo'ladi" - deydi ter SHtegen.
Ispaniya Kubogi finali 30 may kuni "Kamp Nou"da bo'lib o'tadi. "Yuventus"ga qarshi o'yin esa 6 iyunda o'tishi rejalashtirilgan.
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar