Ter Shtegen 534 daqiqadan buyon gol o'tkazib yubormayapti

Mirjalol Normatov
2 okt 2022, 10:54
"Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen Ispaniya chempionati doirasida yana bir quruq o'yinini o'tkazdi.

Germaniyalik posbon "Malorka"ga qarshi o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Shu orqali u LaLigadagi quruq seriyasini 534 daqiqaga etkazdi. Ushbu mavsumda u 7 o'yinning 6tasida gol o'tkazgani yo'q.

So'nggi bora u 21 avgust kuni "Real Sosedad"ga (4:1) qarshi o'yinda gol o'tkazgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia