Ten Xag ketadimi? Retkliff javob berdi
04 okt 20:27
Yangiliklar
Ten Xag ketadimi? Retkliff javob berdi
"Manchester Yunayted" egasi Jim Retkliffdan jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xagning kelajagi borasida savol berishdi.
"Bu savolga javob berishni istamayman. Erik menga yoqadi. Uni yaxshi murabbiy deb hisoblayman. Biroq yakuniy qarorni men emas, klubni boshqarayotgan menejerlar chiqarishadi va ular jamoani har xil tomonlama qanday yaxshilanishini o'rganishlari kerak bo'ladi.
Lekin biz "Manchester Yunayted" kabi katta klubda iyun oyidan beri ishlamoqdamiz. Ular yanvar, fevral yoki mart oyida ham klubda emasdilar. Omar va Eshuort iyul oyidagina ish boshlashdi.
Ularning kelganiga bir qancha hafta bo'ldi, shu sababli ular birdaniga qarorlar chiqarib tashlashi uchun vaqt kerak bo'ladi. Bizning maqsadimiz ayon - "Manchester Yunayted"ni qaerda bo'lishi kerak bo'lgan bo'lsa, o'sha joyga qaytarish", - dedi Retkliff.
Fikrlar