Ten Hagni bo'shatish va Amorimni olib kelish MYUga qanchaga tushdi?
29 noy 12:04
Yangiliklar
Ten Hagni bo'shatish va Amorimni olib kelish MYUga qanchaga tushdi?
"Manchester Yunayted" sobiq bosh murabbiy Erik ten Hagni istefoga chiqarish va shartnomani muddatidan oldin bekor qilish uchun 10,4 mln funt sarfladi.
Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Bundan tashqari, MYU jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Ruben Amorim va uning shtabi uchun "Sporting"ga 11 mln funt to'lagan. SHu tariqa mankunianlar murabbiyni almashtirish uchun jami 21,4 mln sarf etgan.
Eslatib o'tamiz, "Yunayted" mavsum boshida qoniqarsiz natijalar tufayli Ten Hagni ishdan bo'shatgandi. "Manchester Yunayted" shu kungacha Amorim boshchiligida 2 ta o'yin o'tkazdi – "Ipsvich"ga qarshi o'yinda 1:1 hisobida durang, "Budyo-Glimt"ga qarshi bahsda 3:2 hisobida g'alaba qayd etildi.
Mankunianlar ayni paytda 16 ochko bilan APL turnir jadvalida 12-o'rinda bormoqda. "Yunayted"ning navbatdagi o'yini 1 dekabr kuni "Everton"ga qarshi kechadi.
Fikrlar