Ten Hag: "Maguayr jamoadagi o'rni uchun kurashishi kerak"
28 jan 2023 16:41
Yangiliklar


Ten Hag: "Maguayr jamoadagi o'rni uchun kurashishi kerak"
"Maguayr bizning beshinchi variantimiz emas. U Varan, Martines, Lindelyof yoki SHoudan qolishmaydi. Ammo hamma narsa uning o'ziga bog'liq. Aytish lozimki, u mashg'ulotlarda yaxshi ishlaydi, sifatli o'yin ko'rsatadi, men jamoadagi barcha o'yinchilardan shuni kutaman. U tarkibdagi o'rni uchun kurashishi kerak va hammasi o'zgarishi mumkin. Bu vazida bo'lib turganidek, juda tez bo'lishi mumkin. Maguayr muvaffaqiyatlarga erishmoqda.
Maguayr muhim uchrashuvlarda maydonga tushirilmaydi? Bu noto'g'ri. U Jahon chempionatidan keyin o'ynashi kerak edi, biroq u kasal bo'lib qoldi. Men hech narsa qila olmas edim va u buni biladi. SHundan keyin boshqa o'yinchilar shakllanib qoldi, u o'z imkoniyatini kutishi kerak", – dedi “Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Hag.
Harri Maguayr joriy mavsumda "qizil iblislar" tarkibida jami 15 ta o'yinda ishtirok etdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar