Temurxo'ja Abduxoliqov: "Pulni tanlamadim, Jurjevichga esa rahmat!"
14 fev 2014 16:12
Yangiliklar
Temurxo'ja Abduxoliqov: "Pulni tanlamadim, Jurjevichga esa rahmat!"
Vada berganimizdek, "Xayduk" bilan shartnoma imzolagan Temurxo'ja Abduxoliqov saytimiz mehmoni bo'ldi.
"Keling, avval hammasini boshidan aytib beraman. Yozda Vengriyaga borib kelgan edim. U erga meni Deyan Jurjevichning yaqin tanishi, bugunda agentlik faoliyati bilan shug'ullanayotgan serbiyalik Pesta Rasovich taklif qilgan edi. Tabiiyki unga menining sobiq ustozim tavsiya qilgan. Men haqimda Jurjevichdan ilq gaplarni eshitgan Pesta ortiqcha o'yinimni tekshirib o'trimadi. Unga Jurjevichning gaplarini o'zi etarli bo'lgan ekan.
Deyan Jurjevich "Paxtakor"ga kelganida, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azosi bo'lganligimiz sabab deyarli "Paxtakor" bilan shug'ullanmagan edik. Mavsum boshlanganida murabbiy o'zi uchun asosiy tarkibni aniqlab bo'lgan edi. Avvaliga men undan hafa ham bo'ldim. Keyin bilsam, u futbolchini kelajagini yaxshi ko'ra oladigan va ertangi kuni uchun meni asragan ekan. SHuning boisdan undan minnatdorman", - deydi Temurxo'ja Abduxoliqov.
- Demak, ko'p ishlamagan bo'lsada serbiyalik mutaxassisning sizning faoliyatingizda tutgan o'rni katta bo'libdi?
- Bo'lmasamchi? U menga ko'p bora Osiyodan tezroq chiqib ketishim kerakligini aytar edi. Ketayotganida esa men bilan bir kishi aloqaga chiqishini aytdi. Keyin Pesta qo'ng'iroq qildi. Orada Malayziya va arab davlatlarida juda katta summa bilan menga takliflar kela boshladi. Ammo maqsad bitta edi: Angliya, Ispaniya bo'lmasada, Evropaga ketish. Buni menga agentim ham tushuntirdi. Futbolchilar uchun Xorvatiya va Avstriya kabi mamlakatlar tramplin bo'la olishini o'zim ham bilar edim. "Xayduk"ni har bir o'yiniga o'rtacha 10 nafarga yaqin skaut kelib kuzatar ekan. Jamoamiz sardori Mario Malocha (1989 yil) yozda "Beshiktosh"ga ketadi. Yana bir yosh jamoadoshim "CHelsi" nigohida.
- "Dinamo" Zagreb futbolchisi Xalilovichga kuni kecha "Barselona" 8 million evro berishga tayyor ekanligini aytib o'tdi...
- O'zbekiston - Xorvatiya o'yinidan kelib chiqib Xalilovichni biznikilardan juda katta farq bilan zo'r o'ynadi deb aytmagan bo'lar edim. SHunchaki u Evropa futboli vakili. Yuqorida takidlaganimdek, Xorvatiyani juda ko'plab skautlar kuzatishadi.
- "Xayduk"dan tashqari yana qanday takliflar bor edi?
- Polsha va Avstriyadan. Moliyaviy jihatdan Polshaning shartlari ancha yaxshi edi. Lekin puli kam bo'lsada, o'z tarixiga ega "Xayduk"ni tanladim.
- Qizig'i siz bir tarixiy jamoani, ikkinchi, undanda tarixi katta bo'lgan klubga almashtirdingiz.
- Bu mening baxtim bo'lsa kerak. "Xayduk" 18 fevral kuni o'zining 103 yillik to'yini nishonlaydi. 100 yoshida "Barselona"ga qarshi shou uchrashuvini o'tkazgan. Bu safar "Udineze" keladi. Viza hujjatlarim tayyor bo'lishi bilan Xorvatiyaga uchaman. Umid qilaman, bu o'yinga etib boraman.
- Murabbiyingiz ham oddiy futbolchi bo'lmagan, kimsan Igor Tudor. Uch karra “A” Seriya chempioni. JCH-98 bronza medali sohibi...
- Kuchli mutaxassis ekanligi ko'rinib turibdi. O'yin davomida futbolchilarga ortiqcha bosim o'tkazmaydi. Jamoani mashg'ulotlari ancha qiziq. Hujumchilar uchun mahsus dastur bor. Qanday poziciya tanlash, burchakdan to'p oshirilganda to'g'ri kalla qo'yish va shunga o'xshash vaziyatlardan unumli foydalanish. Qizig'i birinchi kuni murabbiyga yoqmadim. Sababi o'sha kuni men Antaliyaga uchib borganman, kamiga boshim ham og'riyotgan edi. Bu haqda keyinchalik agentim aytdi. O'rtoqlik uchrashuvidan keyin esa murabbiyimiz klub prezidentiga qo'ng'iroq qilib, meni jamoada olib qolishni istayotganligini aytibdi. Menga uning eng yoqqan gapi, o'rtoqlik uchrashuvidan avval, maydonga tushib lazzat olishimni aytgani bo'ldi.
- Jamoaning o'yin uslubi qanday ekan?
- Menga yoqqani murabbiyimiz uchta hujumchi bilan o'ynar ekan. Menga markaziy hujumchi sifatida qarayapti. Qolgan ikki jamoadoshim ko'proq qanotda harakat qilishdi. Bo'y jihatdan ulardan ustunligim sabab shekili, markazdan joy olyapman.
- SHackix bilan uchrashuvingiz qanday kechdi?
- Jamoamizning jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Boris Peyrek bir paytlar "Dinamo" Kievda ishlagan ekan. U mendan SHackixni taniysanmi deb so'radi. Men esa, u O'zbekiston hujumchilari ichida eng kuchlisi ekanligini aytdim. SHunda men bilan uni tanishtirdi. SHackix menga omad tilar ekan, hammasi o'z qo'limda ekanligini aytdi.
- Qoyil qolarli jihati shunda bo'lyaptiki, umuman sizga begona bo'lgan agent, arzimaga pul uchun siz bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydi?
- Haqiqatdan ham "Xayduk" orqali na men, na u yaxshi pul ishladi. Huddi menda bo'lgani kabi, uning ham niyati mijozlarini top klublarga o'tkazish. Hayotda puldan ham muhim narsalar bor ekanligini yaxshi tushunar ekan. Buning uchun unga rahmat. Yana u menga faqat va faqat etiborimni o'yinga qaratishim kerakligini takidladi. SHu o'rinda menga katta maslahatlarni berib turgan Ravshan Salimovga ham rahmat aytaman.
- Bizda murabbiy futolchini zaxirada qoldirsa, uning ruxiyatida tushkunlikni ko'ramiz, u erda esa bu oddiy hol?
- Haqiqatdan ham “Xayduk”da bir narsani anglab etdimki, bugun zo'r o'ynagan o'yinchi, keyingi o'yinda ham maydonga tushishi uchun mashg'ulotda tinmay mehnat qilishi kerak ekan. Bazan men Evropa futbolini ko'rib hayron qolar edim. Nima uchun gol urgan o'yinchi, keyingi o'yinda zaxirada qoldi deb. Evropada avvagli erishilgan natija yoki gol, keyingi o'yin arafasida unutiladi.
- SHartnoma shartlari qanday bo'ldi?
- Puli katta emas, kun o'tkazishga etadi. 2,5 yil muddatga shartnoma imzolanyapti. Ammo shartnomaning bandlariga ko'ra, qancha o'zimni yaxshi ko'rsatsam, moliyaviy ahvolim ham shuncha yaxshilanib boraveradi. Lekin hozir bu haqda o'ylamayapman, eng muhimi “Xayduk” safida o'z o'rnimga ega bo'lish. Qisqasi hammasi o'z qo'limda.
- Temurxo'ja sizga saytimizv va o'zbekistonlik futbol muxlislari nomidan omad tilaymiz!
- O'z navbatida men ham futbolga befarq bo'lmagan barcha-barchaga rahmat aytaman. Ishonchingizni oqlashga harakat qilaman.
Nodirxo'ja Yuldashev

Fikrlar