So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Temurxo'ja Abduxoliqov: “O'tkazilgan o'yinlar eng yaxshi mashg'ulot” Yangiliklar

Temurxo'ja Abduxoliqov: “O'tkazilgan o'yinlar eng yaxshi mashg'ulot”

Toshkentning “Lokomotiv” klubi OCHLning chorak finalida 23 avgust kuni BAAda “Al – Ayn” mehmoni bo'lishidan xabaringiz bor.
Ushbu uchrashuv oldidan “temiryo'lchilar” hujumchisi Temurxo'ja Abduxoliqov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Al–Ayn”ga qarshi uzoq tayyorgarlik ko'rganimiz yo'q. Ichki chempionatda ham oxirgi uchrashuvni “So'g'diyna”ga qarshi o'tkazib g'alaba qozondik. Kayfiyatimiz alo darajada. Bizni OCHLning chorak finalida “Al–Ayn”ga qarshi juda ham muhim bahs kutib turipti. Ushbu uchrashuvga tayyorgarlik yomon kechmadi, eng kerakligi kuchimizni jamlab olsak bo'lgani. Ichki chempionatdagi o'yinlardagi charchoqlarimizni chiqarib olsak “Al–Ayn”ga qarshi eng yaxshi o'yinlarimizdan birini ko'rsatamiz. Har bir jamoa raqibiga qanchalik imkoniyat bersa o'shanga qarab o'ynaydi.

“Lokomotiv” har doim hujumkor o'yin ko'rsatishga intilgan. Biz safarda durang uchun emas g'alaba uchun maydonga chiqamiz. To'g'ri safardan durang natija bilan qaytish yomon natija emas, lekin g'alaba bo'lsa nur ustiga alo nur bo'ladi. O'tkazilgan o'yinlar eng yaxshi mashg'ulot. OCHL musobaqasi o'z yo'liga, ichki chempionatda oldimizga chempionlik vazifasi qo'yilgan. SHuning uchun ham bo'shashishga xaqqimiz ham yo'q. Ichki chempionatimizda raqiblarimiz bizga juda ham qattiq qarshilik ko'rsatishmoqda. OCHLda ham o'z o'yinimizni ko'rsatib muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz”, - deydi “Lokomotiv” klubi futbolchisi Temurxo'ja Abduxoliqov.

Jahongir Sotvoldiev
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика