So’nggi yangiliklar

07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1

Temurxo'ja Abduholiqov: "Temur Kapadzening ishlariga omad tilayman" Yangiliklar

Temurxo'ja Abduholiqov: "Temur Kapadzening ishlariga omad tilayman"

Qatar yulduzlar ligasining "Al Sayliya" jamoasida to'p tepayotgan Temurxo'ja Abduholiqov O'zbekiston milliy terma jamoasining kengaytirilgan tarkibidan joy oldi.

Biz Abduholiqov bilan bog'lanib undan o'zimizni qiziqtirgan savollarga javob oldik.



- "Al Sayliya" jamoasida qanday yangiliklar bor. Umuman ichki chempionat qay darajada ketmoqda?

- "Al Sayliya" jamoasi musobaqa jadvalida to'rtinchi pog'onada bormoqda. Ikkinchi davrani juda ham yomon o'tkazyapmiz. SHuning uchun ham bizdan oldingi jamoalar ancha ilgarilab ketishgan. Bizdan keyingi jamoalar esa deyarli bizga etib olishdi. Endi qolgan 5ta turdagi har bir o'yinlar finalga teng bo'ladi. Agarda barchasida g'alaba qozonsak, OCHL "plef-off" yo'llanmasini qo'lga kiritamiz.

- Jamoaning salbiy natijalar qayd etishiga sabab nima?

- Jamoaning birinchi davrada ko'rsatgan o'yini ikkinchi davrada umuman chiqmay qoldi. Lekin hozir ham to'rtinchi o'rinni egallashimiz uchun imkoniyatimiz bor.

- MTJdagi o'zgarishlar haqida qanday fikrdasiz?

- Faqat ijobiy fikr bildirib omad tilab qolaman. Temur akan uchun O'FA tomonidan uzoq kelajakni ko'zlab qilingan reja, deb o'ylayman. Temur Kapadzening ishlariga omad va muvaffaqiyat tilab qolaman.

- Sizga boshqa jamoalardan takliflar yoki qiziqishlar bo'ldimi?

- Albatta, takliflar ham qiziqishlar ham bo'ldi. Lekin "Al Sayliya" jamoasi bilan shartnomam borligi sababli hech qanday transfer o'xshamas edi. Yozda ko'ramiz.

- O'zbekistondan taklif bo'ldimi?

- Albatta, lekin bu sir bo'la qolsin.



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика