So’nggi yangiliklar

21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  0 21:35Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23 3:1 (матнли трансляция)  12 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  7 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  14 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2 16:30Гёкереш "Манчестер Юнайтед" таклифини рад этди ва "Арсенал"га ўтишга умид қилмоқда  2 16:03Саудия Арабистони U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси эълон қилинди  4

Temur Turdiev: “Eng yaxshi himoyachi” nominaciyasi bo'yicha o'zim Abdumurotovga ovoz bergan bo'lardim” Yangiliklar

Temur Turdiev: “Eng yaxshi himoyachi” nominaciyasi bo'yicha o'zim Abdumurotovga ovoz bergan bo'lardim”

“Oq-tepa”ning nukuslik himoyachisi Temur Turdiev bu yil “SA” talqini bo'yicha birinchi liganing “Eng yaxshi himoyachisi” tanlovi g'olibi bo'ldi.
SHu munosabat bilan tajribali futbolchidan intervyu oldik.

- Temur aka, “SA”ni kuzatib borasizmi? Umuman “Eng yaxshi himoyachi” bo'lishingizni kutganmidingiz?
- Albatta “championat.asia” saytiga tez-tez kirib turaman. Birinchi ligani keng tarzda yoritib borishi yoqadi. To'g'risini aytsam, “Eng yaxshi himoyachi” bo'lishimni kutmagandim. Buni hatto hayolimga ham keltirmagandim. Bu borada bir tanish ukaxonim aytib qoldi. U yigit “Paynet” ochadi. Saytga kirganida “Eng yaxshi himoyachi” bo'lganimni ko'ribdi. SHundan so'ng menga aytdi. O'zim kirib o'qib, xursand bo'ldim. Buning uchun sayt ijodkorlariga minnatdorchilik bildirib qolaman.

- O'zingiz bu borada qaysi futbolchiga ovoz bergan bo'lardingiz?
- “Orol”dagi Murod Abdumurotovga ovoz beraman. Jamoamizga qarshi o'ynagan raqib himoyachilaridan ko'proq shu yigitning harakatlari yoqdi.

- “Oq-tepa”dagi himoyachilar haqida qanday fikrdasiz?
- Yomon emas. Maqsud Hayitov raqib hujumchilari bilan birga-bir vaziyatda ko'pincha yutib chiqadi. Lekin bu uning kamchiliklardan xoli degani emas. Ayrim jihatlari borasida ishlashi kerak. O'ng qanot himoyasida harakat qilgan Nodir Teshaboev ham hujumkor himoyachi sanaladi. To'p uchun kurashlarda yaxshi harakat qiladi. Tezkor futbolchi. SHuningdek birinchi bosqichda ijara asosida o'ynagan Sergey Proxorov ham menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Uning kelajagi porloq. O'z ustida ishlashni to'xtatmaslik kerak. Umuman olganda bizda asosan yoshlar o'ynadi.  

- Jamoangiz mavsum boshida o'z oldiga elitaga chiqish vazifasini qo'ygandi. Lekin yakunda 4-o'rin bilan kifoyalandi. Bunga nima sabab bo'ldi deb o'ylaysiz?
- Avvaliga biz Aleksandr Mochinov boshchiligida chempionatga tayyorgarlik ko'rdik. Keyinchalik esa murabbiy ketib qoldi va uning o'rniga Furqat Esonboev olib kelindi. Albatta murabbiylarning o'zgarishi ham o'yinimizga tasir o'tkazdi. CHunki yangi murabbiy o'z uslubini qo'llay boshladi. Tarkibda ham o'zgarishlarga qo'l urdi. Oldin kombinacion o'yin ko'rsatishga harakat qilardik. Keyinchalik esa...

- Esonboev haqida fikringiz qanday?
- Bu borada hech nima deya olmayman.

- Kelasi yil ham jamoada qolasizmi?
- SHartnomam tugab bormoqda. Ertaga nima bo'lishini oldindan bilmaymiz. Bosh murabbiyning rejalari qanday bo'ladi? U qolishimni istaydimi yo'qmi, shuni bilish kerak. Agarda yangi bitim taklif qilishsa o'ylab ko'raman.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика