So’nggi yangiliklar

15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  0 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  2 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  8 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  10 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  3 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6

Temur Olimxo'jaev: "CHiroyli futbol ko'rsatib, barcha o'yinlarda g'alaba qozonish uchun keldik" Yangiliklar

Temur Olimxo'jaev: "CHiroyli futbol ko'rsatib, barcha o'yinlarda g'alaba qozonish uchun keldik"

O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Osiyo CHempionati-2016 saralash bosqichi doirasida Maldiv orollari o'smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Bu o'yin Temur Olimxo'jaev boshchiligidagi jamoaning Falastinda o'tkazilayotgan saralash bosqichidagi dastlabki uchrashuvidir.

Saralao'ning “A” guruhi, 1-tur o'yinlari oldidan matbuot-anjumanitashkil etildi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston U-16 bosh murabbiyi Temur Olimxo'jaev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

“Avvalambor, bizni bu erda juda iliq kutib olishgani va bizga barcha sharoitlarni yaratib berayotgani uchun Falastin Futbol Asociaciyasiga shuningdek OFK vakillariga o'z minnatdorchiligimni bildiraman. Bu mening Falastinga ilk tashrifim. Lekin bu kabi saralash turnirlarida avval ham ishtirok etganman. Xususan 2002 yili bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga jamoamni olib chiqqandim. Bundan tashqari 2013 yilda ham saralash turnirida ishtirok etib, jamoamni final bosqichiga olib chiqqandim. Ammo salomatligim yomonlashgani sabab final bosqichiga bora olmadim”.

“Imkon qadar raqiblarni o'rganishga harakat qildik. Ularning barchasi chiroyli, texnik futbol namoyish qilishadi. Ammo biz bu erga barcha o'yinlarda g'alaba qozonib, muxlislarni xursand qilish uchun tashrif buyurganmiz. Tarkibimizda O'zbekistonning barcha viloyatlaridan istedodli futbolchilar bor. Oldimizga guruhda birinchi o'rinni olish vazifasi qo'yilgan va biz buni uddalay olamiz, deb o'ylayman”, - deydi Temur Olixo'jaev.

Eslatib o'tamiz, Maldiv orollari o'smirlar terma jamoasiga qarshi o'yin Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика