So’nggi yangiliklar

08:08Эральдо Чинарига асосий даъвогар Ўзбекистон жамоаси маълум  2 07:35ПСЖ собиқ футболчиси Остон Ўрунов жамоадошига айланди  1 01:43Бельгия. "Антверпен" мавсумни дуранг билан бошлади, Ўринбоев майдонга туширилмади  4 01:19"Ювентус" собиқ футболчисини ортга қайтаришни истайди  1 00:55Маунт: "МЮ еврокубокларга қайтиши керак"  1 00:37"Челси" Стерлингни сотишни истайди, бироқ бир муаммо бор  0 00:14"Ньюкасл" Исакни сотмоқчи эмас  1 23:21Ўзбекистон U23 терма жамоаси Японияга қарши ўйин учун тайёргарликни давом эттирмоқда ГАЛЕРЕЯ  1 22:48"Хоразм" "Андижон" ҳимоячисини таркибига қўшиб олди  0 22:31Виктор Гёкереш Лондонга етиб борди  0 22:11"Сўғдиёна" ва "Шўртан" ўртоқлик учрашувида жанговар дуранг қайд этди  0 21:59"Мираброр Усмонов хотира турнири". Саудия Арабистони иккинчи ўйинда ҳам мағлуб бўлди  1 21:26"Хоразм" Аббос Отахоновни таркибига қўшиб олди  2 20:51Диёр Ортиқбоев: "Япониянинг бугунги ўйини бизга қизиқ эмас"  3 20:34Ўртоқлик ўйини. "Динамо" "Витебск"ни мағлубиятга учратди  2

Temur Kapadze: "Yoshlarimizni yorqin kelajak kutib turibdi" Yangiliklar

Temur Kapadze: "Yoshlarimizni yorqin kelajak kutib turibdi"

Janubiy Koreya - O'zbekiston (2:0) uchrashuvidan so'ng Temur Kapadze mikst zonada o'z fikrlarini bildirdi.
- Janubiy Koreyaga qarshi o'yin haqida nima deya olasiz?
- O'yin juda muhim edi, sababi Janubiy Koreyada alamimiz ham bor edi. Bitta o'yin barchasini hal qilardi, ko'rdingiz bir qator vaziyatlar tashkil etildi. Ammo qaerdadir omadimiz kelmadi, qaerdadir hakamlar xato qilishdi.

Afsuski yurtimizga g'alaba bilan bormoqchi edik, nasib qilmagan ekan. Ko'p gapirishning foydasi yo'q. Barcha o'yinni ko'rdi, yigitlar bor kuchi bilan o'ynadi, yoshlarimiz hali o'zlarini ko'rsatishadi. Ularni yorqin kelajak kutib turibdi. Oldinda Jahon chempionati saralashi kutib turibdi.

- O'yin vaqtida jarohat oldingiz...

- Futbolda hech kim jarohatdan sug'urtalanmagan. Qatardagi musobaqada ham ilk o'yinda boshim shikastlangandi. Jarohatga ahamiyat ham bermadim, agar qon bo'lmasa shunday o'ynashda davom etaverardim. Alam qilgani qo'shimcha vaqtda yo'q joydan gol qo'yib yubordik...

- Osiyo Kubogidagi ishtirokdan qanchalik ko'nglingiz to'ldi?
- Ochig'ini aytaman ko'nglim to'lgani yo'q. Minimum vazifa finalga chiqish edi. Maqsadimizga eta olmadik, bundan yaxshiroq ishtirok etishimiz mumkin edi. Yigitlarning hech biriga etiroz yo'q.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика