Temur Kapadze: "Bu yilgi chempionat juda qiziqarli kechadi"
12 mar 2015 01:57
Yangiliklar


Temur Kapadze: "Bu yilgi chempionat juda qiziqarli kechadi"
Toshkentning "Lokomotiv" jamoasi safiga kelib qo'shilgan tajribali futbolchi Temur Kapadze yangi mavsum oldidan "Championat.asia" sayti orqali o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"O'ylashimcha, yangi futbol mavsumi bu yili juda qiziqarli kechadi. Bunga shubha yo'q. CHunki bir qator jamoalar ancha kuchayib olishdi. SHuningdek, mavsum boshida federaciya rahbarlari kelishilgan o'yinlarga qarshi qattiq chora ko'rilgani va ko'rilayotganini takidlashdi. Ularning bu boradagi talablari biz futbolchilarni xursand etdi. Bularning barchasini inobatga oladigan bo'lsak, unda bu mavsumdagi chempionat juda qiziqarli o'tishi aniq. "Metallurg" bilan bo'ladigan o'yinga jiddiy hozirlik ko'rdik va bu bahsda g'alaba qozonib jamoa muxlislarini xursand qilishga harakat qilamiz. Biz bilamizki, "Metallurg" o'z maydonida juda kuchli futbol ko'rsatadigan jamoa hisoblanadi. SHunga qaramay chiroyli futbol ko'rsatib, Xudo xohlasa g'alaba qozonishga harakat qilamiz", - deydi "Lokomotiv" sardori Temur Kapadze.

Fikrlar