So’nggi yangiliklar

10:22"Ювентус" "Атлетико" ҳужумчисига қизиқиш билдирмоқда  2 09:53"Фиорентина" "Тоттенхэм" футболчисини ижарага олди  0 09:24АПЛнинг мухлислар талқинига кўра йил рамзий термаси эълон қилинди  2 08:55Sofascore талқинига кўра топ-5 лигалардаги энг яхши футболчилардан тузилган рамзий жамоа эълон қилинди  2 08:26Роберто Карлос касалхонадан чиқди  0 07:59Sofascore. Шукуров ва Мозговой неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 07:30Алижонов Эрон клуби билан келишувга эришди  10 02:40А Серия. "Милан" Сардинияда ғалабага эришди  3 01:23Роналду 5 ой деганда чемпионатда гол ура олмади  9 00:55"Интер" футболчиси "Ювентус"га ўтишни истамоқда  0 00:40Саудия Арабистони. Иккита қизил, 5та гол - "Ал Насср" мавсумда илк марта мағлуб бўлди  12 00:13"Ливерпуль" футболчисига шартнома таклиф қилади  0 23:47"Борнмут" 37 ёшли дарвозабон билан шартнома имзолади  0 23:24"Бавария" Гвардиоланинг собиқ ёрдамчисини ишга олди  1 22:50БАА. "Бани Яс" ўз майдонида ютқазди, Шукуров пенальтидан гол ура олмади  7

Temur Jo'raev, penaltilar seriyasi va sovrinlar Yangiliklar

Temur Jo'raev, penaltilar seriyasi va sovrinlar

2007 yilgi mavsumda darvozabon Temur Jo'raevning qahramonligi "Paxtakor"ning ikkita sovrinni qo'lga kiritishida katta ahamiyat kasb etgan.

Jo'raev bir necha penaltilar seriyasidagi qahramonligi sababli MDH CHempionlar Kubogi va O'zbekiston Kubogi "Paxtakor"ga nasib etishida ulkan hissa qo'shgan. 2007 yil boshida Moskvada o'tkazilgan MDH CHempionlar Kubogida "Paxtakor" ushbu musobaqada yagona muvaffaqiyatini qayd etgan. Temur Jo'raev esa ikki bor penaltilar seriyasida qahramonga aylangan. CHorak finalda Serbiyaning OFK klubiga qarshi kechgan bellashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan. Seriyada darvozabon serbiyaliklardan Bojovich va Pilipovich tomonidan tepilgan to'plarni qaytarib, yarim finalga yo'l olinishiga yordam beradi. Finalda esa Latviyaning "Ventspils" jamoasiga qarshi bahsda u Ignatiy Nesterov o'rniga 108-daqiqada maydonga tushiriladi. Penaltilar seriyasida Zangareev va Vanensning zarbalaridan so'ng to'pni qaytaradi. Agar Zangareevning zarbasi bartaraf etilmaganda g'oliblik Latviya klubiga nasib etardi. Hal qiluvchi zarbani qaytarishdan avval Jo'raevning o'zi seriyada zarbani aniq amalga oshiradi. Bu g'alabada uning seriyadagi qahramonligi katta o'rin tutgan.



2007 yil oxirida esa O'zbekiston Kubogi finalida u yana bir sovrin yo'lida qahramonlik ko'rsatadi. "Quruvchi" bilan final 0:0 hisobida yakunlanadi. 116-daqiqada yana Nesterov o'rniga tushirilgan Jo'raev o'zidan kutilgan ishonchlarni to'liq oqlaydi. Raqibdan G'ofurovning zarbasini to'sib olgan Temur hal qiluvchi penaltini o'zi amalga oshirib, "Paxtakor"ning O'zbekiston Kubogini qo'lga kiritishini taminlaydi. shu tariqa bir yil ichida deyarli ikki bir xil scenariy yordamida "Paxtakor" o'z sovrinlari sonini 2taga ko'paytiradi,

Eslatib o'tamiz, Temur Jo'raev "Paxtakor" darvozabonlari orasida chempionat o'yinlarida o'yin o'tkazish bo'yicha 7-o'rinni egallab turibdi. CHempionatda 96 bahsda maydonga tushgan ushbu posbon OCHLda 21 uchrashuvda jamoa sharafini himoya qilgan.



Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика