Temur Hakimov – “Oq-tepa” jamoasi to'purari!
30 noy 2015 14:30
Yangiliklar


Temur Hakimov – “Oq-tepa” jamoasi to'purari!
Jamoamiz mavsum davomida raqiblar darvozasini jami 71 marta (aslida 72ta gol, lekin 1ta golni “CHust-Paxtakor” himoyachisi Mamur Sultonov o'z darvozasiga kiritib qo'ygan) ishg'ol qildi. Birinchi bosqichda futbolchilarimiz raqib posbonlarini 33 marta xafa qilgan bo'lsa, ikkinchi bosqichda 38 bor bunga muvaffaq bo'lishdi. 71ta golning 20tasiga iqtidorli hujumchi Temur Hakimov mualliflik qildi. Gollarning 6tasi penaltidan urilgan. Qolaversa, Temurning hisobida O'zbekiston Kubogi doirasida 3ta, o'tish o'yinida 1ta gol bor. Hakimov “Oq-tepa” tarkibida o'z hisobiga jami 24ta gol yozib qo'ydi.
Gol urish bo'yicha ikkinchi o'rinni yana bir hujumchimiz Abdul Aziz Yusupov egalladi. Birinchi bosqichda o'z hisobiga 7ta gol yozib qo'ygan hujumchi, ikkinchi bosqichda sermahsullik ko'rsatib, 10ta gol urdi va jami 17ta gol bilan “Oq-tepa”ning 2015 yilgi mavsumdagi ikkinchi to'purariga aylandi.
GOLLAR
O'ZBEKISTON BIRINCHILIGI
BIRINCHI BOSQICH
8 – Temur Hakimov (4ta penalti).
7 – Abdul Aziz Yusupov.
4 – Sergey Rekun (1), Anvar Rahimov.
2 – Izzatilla Abdullaev, Berumiy Abdunabiev, Jo'rabek Sobirov.
1 – Zafarjon Qoraqulov, Temur Yafarov, Ildar Magdeev (1), Maruf Ahmadjonov.
1 – o'z darvozasiga - Mamur Sultonov (“CHust-Paxtakor”).
IKKINCHI BOSQICH
12 - Temur Hakimov (1).
10 – Abdul Aziz Yusupov.
5 – Ildar Magdeev.
2 – Anvar Rahimov, Berumiy Abdunabiev, Maruf Ahmadjonov, Sobir Usmonxo'jaev (1), SHahzod Anvarov.
1 – Davronbek Umirov.
UMUMIY
20 – Temur Hakimov (6).
17 – Abdul Aziz Yusupov.
6 – Anvar Rahimov, Ildar Magdeev (1).
4 – Berumiy Abdunabiev, Sergey Rekun (1).
3 – Maruf Ahmadjonov,
2 – Izzatilla Abdullaev, Jo'rabek Sobirov, SHahzod Anvarov, Sobir Usmonxo'jaev (1).
1 – Zafarjon Qoraqulov, Temur Yafarov, Davronbek Umirov.
1 – o'z darvozasiga - Mamur Sultonov (“CHust-Paxtakor”).

O’xshash yangiliklar

Fikrlar