So’nggi yangiliklar

16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  4 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  8 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4

Temur Hakimov: “Obod” bilan o'yinga tayyorgarlik nisbatan jiddiy bo'lgandi” Yangiliklar

Temur Hakimov: “Obod” bilan o'yinga tayyorgarlik nisbatan jiddiy bo'lgandi”

Birinchi liganing ikkinchi bosqich 8-turida poytaxt jamoalari o'rtasida markaziy o'yin bo'lib o'tdi.

Oliy ligaga chiqish uchun kurash olib borayotgan ikki Toshkent klublari – “Obod” va “Oq-tepa”ning bungacha ochkolari soni teng edi. Har ikki jamoa o'rtasida kechadigan bahsda kim yutsa, o'sha ko'proq elitaga yaqinlashardi. Yakunda “Oq-tepa”ning qo'li baland keldi. Bunda jamoa to'purari Temur Hakimovning ham hissasi katta bo'ldi deyish mumkin. Sababi iqtidorli futbolchi shu kuni “Obod” darvozasiga ikki bor yo'l topa oldi. Uchrashuvdan so'ng Hakimovni suhbatga chorladik.

- Temur avvalo qo'lga kiritilgan g'alaba bilan tabriklaymiz. Aytingchi mazkur bahsga tayyorgarlik qanday bo'lgandi?
- Ochig'ini aytganda, principial raqibga qarshi tayyorgarlik nisbatan boshqacha bo'lgandi. Hamma yigitlar bilan faqat g'alaba haqida o'ylagandik. Mashg'ulot ham jiddiy suratda o'tkazilgandi. CHunki o'zingizga yaxshi malum bu o'yinda uch ochkoning ahamiyati juda yuqori edi. SHu bois qanday bo'lmasin faqat g'alaba qozonishni o'ylagandik.

- O'yin to'g'risida nima deysiz?
- Uchrashuv kutilganidek tomoshabop ruh ostida o'tdi. Gollarga boy bo'lgan bahsda stadionga kelgan ishqibozlar ham zerikib qolmadi deb o'ylayman.

- Raqib jamoa to'g'risida fikringiz qanday?
- “Obod” futbolchilari ham o'z maydonida yutish uchun astoydil xarakat qilgani ko'rinib turdi. Bu jamoaning futbolchilarida birdamlik yuqori darajada turadi. SHuning uchun ham jamoaviy o'yin ham yaxshi shakllangan.

- Uchrashuvda dublga erishdingiz. Faqat ochig'ini ayting, ikkita gol urishingizni kutganmidingiz?
- Rostini aytaman, uchrashuvdan avval gol urishdan ham ko'ra, ko'proq jamoamning g'alaba qozonishini istagandim. Lekin o'yindan oldin bitta tanishim yonimga kelib, “Temur, bugun ikkita gol urasan, ko'nglim sezyapti” degandi. SHunda u kishiga nasib qilsa urarman deb qo'ygandim. Bundan tashqari jamoadoshlarim ham gol urasan bitta bo'lsa ham deyishayotgandi. Albatta urgan gollarim bilan “Oq-tepa”ga foyda keltirganimdan xursandman. Muhimi uch ochkoni qo'lga kiritdik.

- Mazkur g'alabadan so'ng jamoangiz turnir jadvalida peshqadamlikni o'z qo'liga oldi. “Oq-tepa”ni kuchlilar safiga chiqishiga qanchalik ishonmoqdasiz?
- Men bunga 100 foiz ishonaman. CHunki jamoada yaratilgan sharoitlar boshqalarnikidan tubdan farq qiladi. Qolaversa tarkib jihatdan va o'yin borasida ham “Oq-tepa” haqiqiy peshqadam.

- SHaxsiy maqsadlar qanday?
- To'purar bo'lish niyatim yo'q emas. Buning uchun ko'proq gol urishim kerakligini yaxshi bilaman. Buning uchun xarakat qilyapman.

- Bu yil hujumchi sifatida shu kungacha qaysi jamoa himoyachilariga qarshi o'ynash siz uchun qiyinchilik tug'dirdi?
- Bu borada “Xorazm” mudofaa chizig'ini aytgan bo'lardim. Urganchliklarning himoyachilari menda yaxshi taassurot qoldirdi.

- Joriy mavsumni ham birinchi ligada o'tkazmoqdasiz. Temur Hakimovni yaqin orada oliy ligada ko'rishimiz ham mumkinmi?
- Albatta. O'zim ham ayni damda shuni xarakatidaman. Bu yil sport formamni tiklab, yanada o'sish uchun birinchi ligani tanladim. Bu erda ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishimni tushunib etdim. Nasib qilsa kelasi mavsum “Oq-tepa” safida oliy ligada ham o'ynayman deb niyat qilaman.

- Nima deb o'ylaysiz, bu yil qanchalik o'sishga erishdingiz?
- (Kulib) Rosti bu haqda sizlar va muxlislar aytgani maqul. CHetdan kuzatgan insonga bu yaxshiroq ko'rinadi. O'zim haqimda fikr bildirishim qiyin.


Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика