Tedesko bosh murabbiy ekan Kurtua Belgiya termasiga qaytmaydi
13 noy 2024 19:14
Yangiliklar
Tedesko bosh murabbiy ekan Kurtua Belgiya termasiga qaytmaydi
Avgust oyida "Real" kiperi Tibo Kurtua boshqa Domeniko Tedesko qo'l ostida Belgiya termasi safida maydonga tushmasligini malum qilgandi.
O'tgan yilning iyun oyida bosh murabbiy va golkiper o'rtasida mojaro kelib chiqqan, natijada, Kurtua kutilmaganda Evro-2024 saralashi doirasidagi Estoniya qarshi o'yindan avval jamoa lagerini tark etgandi.
"HLN"ning xabariga ko'ra, Belgiya Qirolligi futbol associaciyasi (RBFA) bosh direktori Peter Villems Madridda Kurtua bilan uchrashgan va uning terma jamoaga qaytishi borasida gap ketgan.
Futbolchi qarorida turib olgan: u hozirgi bosh murabbiy qo'l ostida boshqa maydonga tushmoqchi emas.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar