So’nggi yangiliklar

01:47Миллатлар лигаси. Роналду 900-голини урган ўйинда Португалиядан ғалаба ва бошқа натижалар  2 01:10Сенсация! Манчинининг Саудияси Индонезияни мағлуб қила олмади  4 00:55Жалолиддин Машарипов: "Ўйинимиздан кўнглим тўлмади, бундан яхшироқ ўйнай оламиз"  1 00:36Бу даҳшат! Роналду фаолиятидаги 900-голини урди  7 00:22Ўзбекистон термасида Сречко Катанец қўл остида илк марта шундай ҳолат кузатилди  10 00:05Шерзод Насруллаев: "Майдоннинг ҳолати яхши эмаслиги бугунги ўйинга таъсир қилди"  14 23:40Элдор Шомуродов: "Ҳар бир учрашувда фақатгина уч очко учун ўйнаймиз"  8 23:22ЖЧ саралаши. Эрондан кичик ғалаба, БАА Қатарда камбек амалга оширди  18 22:59Миллатлар лигаси старт олмоқда! Португалия - Хорватия ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари билан танишинг  4 22:24ЖЧ саралаши. B ҳамда C гуруҳидаги ўйинларнинг асосий таркиблари маълум бўлди  6 21:58Сречко Катанец: "Мақсадимиз томошабоп ўйин эмас, ЖЧга чиқиш"  47 21:44Жалолиддин Машарипов: "Яхши ўйнадик дея олмайман, асосийси ғалаба"  20 21:34КХДР бош мураббийи: "Биз кутган натижа бўлмади"  18 21:05ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон - КХДР 1:0, Машарипов голини Роналду услубида нишонлади  31 20:54ЖЧ-2026 саралаши. Ўзбекистон КХДРни мағлуб этиб, учинчи босқични 3 очко билан бошлади  339

Tayyormisiz, unda boshladik! Yangiliklar

Tayyormisiz, unda boshladik!

2020 yilning yanvar-fevral oylarida Evro-2020 endi qanday o'tkazilar ekan degan savol ko'pchilikda yo'q edi, menimcha.

Futbol uchrashuvlari muxlislarsiz o'tkazilib boshlanganida ham umid bor edi ko'pchilikda. O'tgan yilning 17 mart kuni esa musobaqa rasman kelasi yilga qoldirilishi elon qilindi. Oradan 1 yil juda ham tez o'tib ketdi va mana bugun nufuzli musobaqa start oladi. 

Bu safar avvalgilaridan boshqacharoq. Men ko'rgan Evro-2012 ikkita davlatda, 2016 yilgi musobaqa esa birgina mamlakatda o'tkazilgan. Evro-2020(21)ning ajablanarli tomoni turnir 11 shaharning 11 stadionida bo'lib o'tadi

Terma jamoalarning ham barchasi shay bo'lib ulgurgan. Ushbu turnirda aynan qay bir terma jamoa g'olib bo'lishini oldindan taxmin qilish qiyin desam ajablanarsiz, lekin gapning rosti shu. Men 10 yoshgina bo'lgan Polsha va Ukraina maydonlarida o'tkazilgan 2012 yilgi musobaqadan avval futbol jurnalistlari, mutaxassislari qaysi terma jamoani favorit sanagan-u, turnirda kim g'alaba qozonishini taxmin qilgani menga qorong'u. Akam 2010 yildan beri muxlis bo'lgan Ispaniya terma jamoasiga, men esa Portugaliyaga muxlislik qilganman. Guruh bosqichida Germaniya va Portugaliya terma jamoalari o'rtasidagi bahsda Mario Gomesning bosh bilan urgan goli hali hamon yodimda. Balotellining Germaniyaga urgan golidan keyingi harakati, zaxiradan maydonga tushib urgan gollari evaziga to'purar bo'lgan Fernando Torres – mening o'sha turnirdan yodimda qolganlari. 

Evro-2016 da siz Portugaliyaning chempion bo'lishini taxmin qilganmidingiz? Katta ehtimol bilan yo'q. O'sha vaqtlarda endi kuchayib kelayotgan Franciya turnirda favorit sanalgan, 2014 yilgi Jahon chempioni sifatida turnirga borgan Germaniyadan ko'p narsa kutilgandi. Payet va Ronalduning to'qnashuvi, Polsha va Uelsning turnirdagi ishtiroki ishoning ko'pchilik uchun kutilmagan hol bo'lgandi. 

Bugun 5 yil kutilgan musobaqa boshlanishini intiqlik bilan kutib turibmiz. Ushbu turnirdan ham yorqin xotiralar, yangi kashfiyot futbolchilar (agar Renatu Sanshesh kabi yo'qolib ketmasa keyinchalik) chiqadi. Deyarli barcha futbol ixlosmandlari ushbu turnida ko'p ehtimol biror terma jamoaga muxlislik qilishadi. Men esa mazkur Evroni faqat va faqat “azart” uchun ko'raman. 

P.S.: “Evro-2020 kundaligi”, o'yinlardan matnli translyaciyalar, qiziqarli statistik malumotlar, turli ko'rsatuvlarning barchasi – “Championat.asia”da! (reklama berish istagi borlar uchun bu erda batafsil malumot bor)

Muallif : Og'abek Samisov
Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика