Tayson Fyuri: "Manchester ikki qirol uchun torlik qiladi"
11 okt 2021 23:35
Yangiliklar
Tayson Fyuri: "Manchester ikki qirol uchun torlik qiladi"
Og'ir vazn bo'yicha britaniyalik engilmas bokschi Tayson Fyuri hujumchi Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"ga qaytganidan xursandligini aytdi.
"CHempionlik jangim yana Manchesterda o'tishini istayman. "Old Trafford"da jang o'tkazish - azaliy orzum. Ronalduning "Old Trafford"ga qaytganidan xursandman. Ammo bir shahar ikki qirol uchun torlik qiladi", - dedi Fyuri.
Yozda portugaliyalik forvard 15 million evro evaziga "Manchester Yunayted"ga qaytdi. Fyuri esa professional faoliyatida 32 jang o'tkazib, shularning 22tasida nokaut bilan g'alabaga erishgan.
Fikrlar