So’nggi yangiliklar

11:41Мэйсон Маунт АПЛнинг бошқа клубига ўтади?!  0 11:10"Манчестер Сити" АПЛ стартига қадар таркибни қисқартирмоқчи  2 10:35Сергей Лушчан: "Мен фамилияга эътибор бермайман, ўйинчиларнинг ҳаракатини кузатаман"  5 10:13Миржалол Қосимов: "ФИФА кунлари жамоамиз фойдасига ишламади"  1 09:30Саудия Арабистони? Месси келажаги борасида бир қарорга келди  6 09:04Мирко Еличич: “Учрашувда омадимиз келмади, лекин ўйинимиздан қониқдим“  0 08:35Янги мавсум совриндорлари катта миқдордаги пулга эга бўлишади. ЎФФ Ижроия қўмитасининг навбатдан ташқари йиғилиши бўлиб ўтди  3 08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  2 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  2 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  8 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  31 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  10 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1

Tavallud ayyom muborak, Alisher Burxanovich! Yangiliklar

Tavallud ayyom muborak, Alisher Burxanovich!

Bugun o'zbekistonlik mashhur milliarder, sport jonkuyari, madaniyat va sanatga ham befarq bo'lmagan ajoyib inson Alisher Burxanovich Usmonov o'z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Alisher Burxanovich Usmonov - 1953 yilning 9 sentyabr kuni Namangan viloyatining CHust shahrida dunyoga kelgan. Bolaligidan sportga befarq bo'lmagan yosh Alisher qilichbozlik bilan shug'ullana boshlagan va faoliyati davomida aytishga arzigulik yutuqlarga erishgan.  

Uning hayoti va faoliyati haqida Vikipediya sahifasi va boshqa manbalarda juda ham ko'p va xo'p malumotga ega bo'lgansiz. Biz shunchaki Usmonovning chinakam sport fidoiysi va homiysi ekanligini yana bir bor eslatib o'tmoqchimiz. Nafaqat uning o'zi, balki turmush o'rtog'i Irina Viner Usmonova ham umrini sportga bag'ishlaganlardan. 

Samarqand viloyatida tavallud topgan Irina badiiy gimnastika bo'yicha bir necha bor O'zbekiston chempioni bo'lgan. Viner xonim 1972-1992 yillar oralig'ida Toshkent shahri hamda O'zbekiston terma jamoasi murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan. 1992 yili Moskvaga ko'chib o'tgan Irina Viner o'sha yilning o'zida Alisher Usmonov bilan turmush quradi. 

Irina Viner 2008 yildan to shu kungacha Rossiya badiiy gimnastika federaciyasi prezidenti lavozimida ishlayapti. SHuningdek, terma jamoa murabbiyi sifatida ham faoliyat yuritmoqda. O'z o'rnida O'zbekiston badiiy gimnastikasiga ham yordam berib kelyapti. 

Alisher Usmonov esa 2008 yilning 6 dekabridan to shu kungacha Xalqaro qilichbozlik federaciyasining prezidenti hisoblanadi. 2015 yili poytaxtimizda yoshlar o'rtasida o'tkazilgan jahon chempionati mezbonligi ham o'z-o'zidan yurtimizga berilgani yo'q. O'shanda bunday musobaqani o'zida qabul qilish istagida bo'lgan davlatlar etarlicha edi. 

Eng muhimi, o'sha jahon chempionati uchun poytaxtimizga beg'araz yordam tariqasida taqdim etilgan va juda ham qimmat turadigan inventarlar bugungi kunda Andijon ixtisoslashtirilgan qilichbozlik markazida yosh sportchilarimizga xizmat qilyapti. Har bir yo'lakning bahosi 10 000 evrodan kam turmaydi. O'zi aslida qilichbozlik qimmat sport turlaridan biri hisoblanadi. Qilich va maxsus liboslarning “tozasi” jahon bozorida juda qimmat. 

Yana bir fakt. O'zbekiston terma jamoasi muhim musobaqalar oldidan Rossiya terma jamoasiga qarashli Moskva viloyatida joylashgan zamonaviy qilichbozlik bazasida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazadi. Buning uchun esa hech qanday pul to'lanmaydi. Yangi, zamonaviy “Paxtakor” stadioniga qilinayotgan homiylik esa alohida mavzu. 

Istiqlolimizning 27 yillik bayrami arafasida Usmonov Alisher Burxanovich O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko'ra “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlandi. 

Alisher Usmonovning 65 yoshga to'lishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoev, Rossiya Federaciyasi Prezidenti Vladimir Putin, Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax va bosh martabali insonlar o'z tabriklarini yo'llashgan.  

Fursatdan foydalanib, Alisher Usmonovni Davlat mukofoti hamda bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz. O'zbek sporti rivojiga qo'shayotgan hissasi yo'lida Alisher Burxanovichga kuch-quvvat tilaymiz.

championat.asia jamoasi 

Reyting: +54   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика