Taslim bo'lma!
06 sen 2021 02:06
Yangiliklar
Taslim bo'lma!
Malumot uchun, Braziliyaning qashshoq oilalaridan birida tarbiyalangan futbolchi 15 yoshida mazkur shaharga ko'chib o'tgan va katta futboldagi debyutini "Ellas Verona" libosida nishonlagan.
"Evropa chempionatidan keyin shahardagi markaziy maydonga bordim. "McDonald’s"ga kirdim va sutli kokteyl sotib oldim", – deydi "CHelsi" yarim himoyachisi.
Nima uchun kokteyl? Hammasi oddiy, Jorjino bir paytlar "Verona"ning yoshlar jamoasi safida o'ynab, haftasi 20 evro olardi: "Sutli kokteyl 1 evro turadi. Kartoshka fri? Burger? Qaerda?! Men maydon burchagidagi o'rindiqlardan biriga o'tirar, atrofni kuzatardim. SHanba kunlari shunday o'tardi".
"Mana, bu yoz yana sutli kokteyl sotib oldim, o'sha o'rindiqlarda o'tirdim. Ko'zlarimni yumib, ortga qaytdim. 15 yoshli paytlarimni ko'rdim. Hech kim etibor qilmaydigan, uyatchan va oriq bola. Birov uning uyini qanchalik sog'ingani, olis shaharlarda qanday qiyinchiliklar ko'rayotganini bilmasdi.
Unga engashdim va orzusiga intilayotgan bolalarga aytiladigan iborani qulog'iga pichirladim: Taslim bo'lma, yigitcha! Nima bo'lganda ham, taslim bo'lma".
"CHo'kayotgan kanonirlar" — "Arsenal"da eng ko'p maoshni kim oladi?
Fikrlar