Tashkent Cup-2014: Tomosha qilish uchun tavsiya etiladi
24 noy 2014 19:54
Yangiliklar

Tashkent Cup-2014: Tomosha qilish uchun tavsiya etiladi
Toshkent shahrida ilk marotaba bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Tashkent Cup-2014 xalqaro turniri startigacha oz qoldi.
1-3 dekabr kunlari Toshkentdagi O'zbekiston sport majmuasida o'tkaziladigan mazkur turnir oldidan unda ishtirok etadigan terma jamoalar bilan yaqinroq tanishtirishni lozim topdik. O'ylaymizki, mazkur terma jamoalar haqida batafsil malumotga ega bo'lgach, turnir o'yinlarini bevositda tomosha qilishga istagingiz paydo bo'ladi va bundan afsuslanmaysiz. Aniq aytishimiz mumkinki, birinchi marotaba tashkil etilayotganiga qaramay, turnir yuqori saviyada o'tishiga shubha yo'q. Darvoqe, ushbu turnir o'yinlarini tomosha qilish bepul.
OZARBAYJON
Jahon reytingidagi o'rni: 12
Bosh murabbiy - Peres Faustino (Ispaniya)
Futzal bo'yicha Ozarbayjon terma jamoasi - Evropa qitasining eng kuchli va yorqin jamoalaridan biri hisoblanadi. Ozarbayjon so'nggi 3ta Evropa chempionati (2010, 2012, 2014) bahslari final bosqichida ishtirok etib kelmoqda. 2010 yilgi qita chempionatida esa ozarbayjonlik futzalchilar hatto yarim finalgacha etib borishgan edi.
Terma jamoaning ayni damdagi bosh murabbiyi Tino Peres nomi bilan tanilgan ispaniyalik Peres Faustino hisoblanadi. Ispaniyalik mutaxassis Evropa qitasining eng mashhur va eng talabgor murabbiylaridan biri sanaladi. Butun faoliyati davomida 45 yoshli Tino Peres Evropa CHempionlari Kubogi, UEFA Kubogi va Ispaniya CHempionati bahslarida ikki marotabadan g'alaba qozongan. SHuningdek Ispaniya Superkubogi, uch karra Rossiya chempioni va uch karra Rossiya Kubogi g'olibi sanaladi. Murabbiy 2010-2014 yillar davomida Moskvaning Dinamo futzal klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat ko'rsatgan.
Ozarbayjon terma jamoasining hozirgi tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsak, unda asli braziliyalik bo'lgan va Ozarbayjon fuqaroligiga ega bir nechta futzalchilarni uchratish mumkin. Ular safiga Laersio Buranello, Eduardo Borges va Amadeu da Silvalarni qo'shish mumkin.
BELARUS
Jahon reytingidagi o'rni: 22
Bosh murabbiy - Vladimir Ignatik
Belarus terma jamoasining hozircha eng yaxshi natijalaridan biri sifatida ularning EVRO-2010 bahslaridagi ishtirokini aytish mumkin. Vengriyada o'tkazilgan o'sha chempionat final bosqichida Belarus terma jamoasi Ispaniya va Portugaliya (yakunda Ispaniya va Portugaliya musobaqa finalida o'ynashgan) terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oldi. Ilk uchrashuvda Ispaniya Belarus termasiga imkon qoldirmadi - 9:1. Ikkinchi va o'ta muhim o'yinda esa Belarus terma jamoasi futzalchilari Portugaliya bilan teng kurashlar ostida o'tgan o'yinning asosiy vaqtida 5:5 hisobida durang o'ynashdi. Etiborlisi, Belarus terma jamoasi azolaro'yinda 4:2 hisobida oldinda borayotgan edi, ammo so'nggi daqiqalarda daqiqalarda o'z darvozalaridan uchta to'p olib chiqishga majbur bo'ladilar. SHunday bo'lsa ham, o'yinning so'nggi soniyalarida Belarus futzalichlari jarima to'pidan hisobni tenglashtirishga erisha oladilar. Belarus terma jamoasinng pley-off bosqichiga chiqishi so'ngg turdagi Ispaniya-Portugaliya o'yinida hal bo'lishi kerak edi. Ushbu uchrashuvda ispanlar Portugaliyani 6:1 hisobida taslim etishdi. Ammo, bu hisob Belarus terma jamoasini qoniqtirmasdi va to'plar nisbatiga ko'ra ular guruhda 3-o'rinni egalladi.
QOZOG'ISTON
Jahon reytingidagi o'rni: 29
Bosh murabbiy - Kakau (Braziliya)
Qozog'iston futzali haqida gap ketganda, ko'pchilik futzal muxlislar birinchi navbatda Olma-Otaning Qayrat klubini tilga olishadi. Qayrat - UEFA kubogining bir necha yillardan beri doimiy ishtirokchisi. 2012-2013 yilgi mavsumda esa, aynan Qaytrat Evropa futzalidagi eng nufuzli sovrinni qo'lga kiritdi. Qayratni mazkur sovringa ega chiqishida bosh murabbiy, klubning sobiq o'yinchisi, braziliyalik Kakauning xizmatlari katta bo'ldi. Mana ikki yildirki braziliyalik murabbiy ham Qayrat, ham Qozog'iston terma jamoasi bosh murabbiy sifatida faoliyati ko'rsatib keladi. Qozog'iston terma jamoasi esa Toshkentga aynan Kakau boshchiligida tashrif buyuradi.
Tashkent Cup-2014 turnirida Qozog'iston terma jamoasida ham ushbu mamlakat fuqaroligiga ega bir nechta braziliyaliklar maydonga tushishlari kutilmoqda. Ular orasida darvozabon Igita va Leo kabi hujumchilarni tilga olish mumkin. Evropa maydonlarida Qayrat safida maydonga tushgan va ancha taniqli bo'lgan mazkur o'yinchilar xalqaro musobaqalarda Qozog'iston terma jamoasi shanini himoya qilishadi.
O'ZBEKISTON
Jahon reytingidagi o'rni: 18
Bosh murabbiy - Bahodir Ahmedov
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo qitasining eng kuchli terma jamoalaridan biri sanaladi. Qita chempionatlarining deyarli barchasida O'zbekiston terma jamoasi medallarni qo'lga kiritib keladi. Terma jamoa o'z tarixida uch marotaba Osiyo chempionati kumush medali va uch marotaba bronza medalini qo'lga kiritgan. Ushbu medallarning so'nggisini Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligidagi terma jamoa shu yili Vetnamda o'tkazilgan Osiyo CHempionatida qo'lga kiritgan.
Ayni damda O'zbekiston terma jamoasi safida bir necha taniqli va tajribali futzalichlar bilan bir qatorda juda yosh bo'lgan o'yinchilarni ham uchratish mumkin. 2016 yili bo'lib o'tadigan Osiyo CHempionati oldidan terma jamoa tarkibi yoshartirilmoqda deyish mumkin. Boisi, 2016 yilgi qita chempionati Jahon chempionatiga yo'llanma beruvchi saralash musobaqasi vazifasini ham o'taydi. SHuning uchun mazkur musobaqada munosib ishtirok etish terma jamoaning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Aynan jahon chempionati final bosqichiga chiqish vazifasi O'zbekiston terma jamoasi uchun yaqin kelajakdagi eng asosiy vazifadir.
Quyida Tashkent Cup-2014 xalqaro turniri taqvimi bilan tanishishingiz mumkin.
1 dekabr, dushanba
16:30. Ozarbayjon - Qozog'iston
18:30. O'zbekiston - Belarus
2 dekabr, seshanba
16:30. Ozarbayjon - Belarus
18:30. O'zbekiston - Qozog'iston
3 dekabr, chorshanba
16:30. Qozog'iston - Belarus
18:30. O'zbekiston - Ozarbayjon

Fikrlar