So’nggi yangiliklar

19:11"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  0 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  9 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   2 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  20 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  6 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  1 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  3 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1 14:56Беллингемнинг "Ливерпул"даги дўсти кейинги йил "Реал"га ўтади  6 14:22"Фиорентина" ярим ҳимоячи Андреа Колпанини ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 13:58"Бавария" уч нафар футболчиси билан хайрлашишга тайёр  3

Tartib-intizom qo'mitasi "So'g'diyona", "Andijon", "Bunyodkor" futbolchilarini chetlatdi, U-19 chempionatidagi shov-shuvli o'yinga qaror chiqardi Yangiliklar

Tartib-intizom qo'mitasi "So'g'diyona", "Andijon", "Bunyodkor" futbolchilarini chetlatdi, U-19 chempionatidagi shov-shuvli o'yinga qaror chiqardi

O'zbekiston futbol associaciyasi Tartib-intizom qo'mitasining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda so'nggi turlar doirasida bo'lib o'tgan uchrashuvlardagi intizomiy ishlar ko'rib chiqildi.

Superliga

“So'g'diyona” — “Andijon”

Superliganing 22-turi doirasidagi “So'g'diyona” — “Andijon” uchrashuvining 90+5-daqiqasida “Andijon” futbol klubi futbolchisi F. Sohibjonov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining to'pig'iga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Farxodjon Sohibjonovga (Andijon) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“So'g'diyona” — “Andijon”

Superliganing 22-turi doirasidagi Uchrashuv yakunlangandan so'ng, “So'g'diyona” futbol klubi futbolchisi E. Orifov bosh hakam shaniga xaqoratli so'zlar ishlatgani qayd qilingan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Elyor Orifovga (So'g'diyona) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

“Olimpik” — “Bunyodkor”

Superliganing 22-turi doirasidagi “Olimpik” — “Bunyodkor” uchrashuvining 8-daqiqasida “Bunyodkor” futbol klubi futbolchisi S. Izzatov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisini to'piq qismini qasddan bosib olgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Suxrob Izzatovga (Bunyodkor) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Metallurg” — “Buxoro”

Superliganing 22-turi doirasidagi “Metallurg” — “Buxoro” uchrashuvining 8-daqiqasida “Metallurg” futbol klubi futbolchisi I. SHayqulov to'p uchun kurashish vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Iskandar SHayqulovga (Metallurg) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Metallurg” — “Buxoro”

Superliganing 22-turi doirasidagi “Metallurg” — “Buxoro” uchrashuvining 39-daqiqasida “Buxoro” futbol klubi futbolchisi M. Jo'raboev to'p uchun kurashish vaqtida oyog'i bilan raqib o'yinchisining yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Maxmud Jo'raboevga (Buxoro) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Pro-liga

“G'ijduvon” — “Xorazm”

Pro liganing 20-turi doirasidagi “G'ijduvon” — “Xorazm” uchrashuvining 42-daqiqasida “G'ijduvon” futbol klubi futbolchisi B. Jo'raqulov mushti bilan raqib o'yinchisini yuz qismiga zarba bergan uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Bobur Jo'raqulovga (G'ijduvon) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Andijon SGS” — “Navbahor farm”

Pro liganing 21-turi doirasidagi “Andijon SGS” — “Navbahor farm” uchrashuvining 40-daqiqasida “Andijon SGS” futbol klubi futbolchisi F. Zuxriddinov bosh qismi bilan ataylab raqib o'yinchisining yuz qismiga zarba bergani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, F. Zuxriddinovga (Andijon SGS) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish va jarima intizom chorasi qo'llanildi.

U-21 chempionati

“Metallurg U-21” — “Buxoro U-21”

U-21 chempionatining 22-turi doirasidagi “Metallurg U-21” — “Buxoro U-21” uchrashuvining 45+1-daqiqasida “Buxoro U-21” jamoasi futbolchisi B. Turaev raqib o'yinchisining bo'yin qismiga tirsagi bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Behruz To'raevga (Buxoro U-21) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Birinchi liga Kubogi

“Jizzax” — “Paxtakor-79”

Birinchi liga Kubogining 1-turi doirasidagi “Jizzax” — “Paxtakor-79” uchrashuvida “Paxtakor-79” jamoasi futbolchisi X. Matyoqubov uchrashuv to'xtatilgan vaqtda raqib o'yinchisini yuz qismiga to'pni atayin tepgani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Xabibulla Matyoqubovga (Paxtakor-79) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

U-19 chempionati

“Andijon SGS U-19” — “Neftchi U-19”

U-19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Andijon SGS U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvining 35-daqiqasida “Andijon SGS U-19” jamoasi futbolchisi Bekzodbek Sulaymonov o'yin to'xtatilgan vaqtda boshi bilan raqib o'yinchisini yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgani, maydondan chiqib ketayotgan vaqtda raqib o'yinchisini yuz qismiga musht bilan zarba bergani, shuningdek maydonni tark etib ketayotgan raqib jamoa futbolchisini yuz qismiga musht bilan zarba berib, bo'g'ib tajavuzkor xarakatlar qilgani, tartibsizliklar va janjalli vaziyatlarni vujudga keltirgani bilan bog'liq holatlar bo'yicha tegishli chora ko'rish so'ralgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Bekzodbek Sulaymonovga (Andijon SGS U-19) nisbatan O'FA Intizom kodeksining 5,6., 5.45-bandining “d”, “i”, “k”, “p”, “s” qismlariga asosan 2 yil muddatga futbol bilan bog'liq har qanday faoliyat bilan shug'ullanishdan chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Andijon SGS U-19” — “Neftchi U-19”

U-19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Andijon SGS U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvining 35-daqiqasida “Andijon SGS U-19” jamoasi futbolchisi SH. Iminjonov o'yin to'xtatilgan vaqtda raqib o'yinchisini tepib o'zini tajovuzkor tutganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHoxruxmirzo Iminjonovga (Andijon SGS U-19) nisbatan 7 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Andijon SGS U-19” — “Neftchi U-19”

U-19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Andijon SGS U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvining 35-daqiqasida “Andijon SGS U-19” jamoasi futbolchisi R. Omonboev o'yin to'xtatilgan vaqtda qo'li bilan raqib o'yinchisiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ravshan Omonboevga (Andijon SGS U-19) nisbatan 5 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Andijon SGS U-19” — “Neftchi U-19”

U-19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Andijon SGS U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvining 35-daqiqasida “Andijon SGS U-19” jamoasi darvozaboni Abdumo'min Nurmuxammadov o'yin to'xtatilgan vaqtda raqib o'yinchisini tepib, o'zini tajovuzkor tutganligi uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Abdumo'min Nurmuxammadovga (Andijon SGS U-19) nisbatan 5 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Andijon SGS U-19” — “Neftchi U-19”

“Andijon SGS U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvining 35-daqiqasida “Andijon SGS U-19” jamoasidagi U-19 chempionatining 22-turida bosh hakamning shaniga xaqoratli so'zlar ishlatgani uchun qizil kartochka olib chetlashtirilgan, futbolchisi Xojiakbar Qoraboev o'yin to'xtatilgan vaqtda maydon tashqarisidan maydonga tushib, raqib o'yinchisini yuz qismiga musht bilan zarba bergani xamda o'zini tajovuzkor tutgani holati bo'yicha tegishli chora ko'rish so'ralgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Xojiakbar Qoraboevga (Andijon SGS U-19) nisbatan 10 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Andijon SGS U-19” — “Neftchi U-19”

U-19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Andijon SGS U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvining 35-daqiqasida “Neftchi U-19” jamoasi futbolchisi X. Umirzoqov o'yin to'xtatilgan vaqtda raqib o'yinchisi unga nisbatan o'zini tajovuzkor tutib, tepganidan so'ng X. Umirzoqov ham unga javoban qo'li bilan zarba bergani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Xusanboy Umirzoqovga (Neftchi U-19) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Andijon SGS U-19” — “Neftchi U-19”

U-19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Andijon SGS U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvining 35-daqiqasida “Neftchi U-19” jamoasi futbolchisi Martavali Turg'unov o'yin to'xtatilgan vaqtda raqib o'yinchisini tepib, o'zini tajovuzkor tutgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Martavali Turg'unovga (Neftchi U-19) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Andijon SGS U-19” — “Neftchi U-19”

U-19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Andijon SGS U-19” — “Neftchi U-19” uchrashuvining 35-daqiqasida “Andijon SGS U-19” jamoasi futbolchisi SH. Muxitdinnov o'yin to'xtatilgan vaqtda qo'li bilan raqib o'yinchisiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, SHamshot Muxitdinovga (Andijon SGS U-19) nisbatan 5 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Paxtakor U-19” — “Nasaf U-19”

U-19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Paxtakor U-19” — “Nasaf U-19” uchrashuvining 51-daqiqasida “Paxtakor U-19” jamoasi futbolchisi D. Ni raqib o'yinchisining bosh qismiga qo'lining kafti bilan zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Danila Niga (Paxtakor U-19) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Paxtakor U-19” — “Nasaf U-19”

U-19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Paxtakor U-19” — “Nasaf U-19” uchrashuvining 54-daqiqasida “Nasaf U-19” jamoasi futbolchisi J. Ubaydullaev to'p uchun kurash vaqtida oyog'ining tag qismi bilan raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Javoxir Ubaydullaevga (Nasaf U-19) nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Surxon U-19” — “Olimpik U-19”

U-19 chempionatining 23-turi doirasidagi “Surxon U-19” — “Olimpik U-19” uchrashuvining 38-daqiqasida “Surxon U-19” jamoasi futbolchisi D. Zoirov to'psiz vaziyatda ataylab raqib o'yinchisini tepganligi hamda raqib o'yinchisi shaniga xaqoratli so'zlar ishlatgani qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Doston Zoirovga (Surxon U-19) nisbatan 4 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

U-19 chempionatining 21-turi doirasidagi “Buxoro U-19” — “Mashal U-19” uchrashuvining 39-daqiqasida “Mashal U-19” jamoasi futbolchisi S. Parmonqulov to'p uchun kurashish vaqtida qo'lning tirsagi bilan raqib o'yinchisini yuz qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Suhrobjon Parmonqulovga (Mashal U-19) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Navbahor farm” — “Yunired”

“Superliga va Pro liga reglamenti”ning 16.27-bandida texnik zonada tamaki va boshqa turdagi mahsulotlarni chekish taqiqlangan bo'lsa-da, Pro liganing 19-turi doirasidagi “Navbahor farm” — “Yunired” uchrashuvida “Yunired” futbol klubi tahlilchisi I. Jabborov texnik zonada tamaki mahsulotini chekkanligi qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Ilxom Jabborovga (Yunired) nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

“Navbahor U-19” — “Buxoro U-19”

U-19 CHempionatining 24-turi doirasidagi “Navbahor U-19” — “Buxoro U-19” uchrashuvi o'tkazilishi belgilangan kunda “Buxoro U-19” jamoasi mazkur uchrashuvga kelmagani uchun “Buxoro U-19” jamoasiga texnik mag'lubiyat qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, “Buxoro” futbol klubi “Buxoro U-19” jamoasini musobaqa doirasidagi belgilangan uchrashuvdagi ishtirokini taminlamagani uchun futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasini qo'llash belgilandi. O'FA Intizom kodeksining 5.3-bandiga asosan “Buxoro” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.

Futzal Oliy ligasi

“Maksam-CHirchiq” — “Nasaf futzal”

Futzal bo'yicha Oliy liganing 1-turi doirasidagi “Maksam-CHirchiq” — “Nasaf futzal” uchrashuvining 40-daqiqasida “Nasaf futzal” jamoasining futbolchisi J. Raxmatullaev bosh hakam shaniga xaqoratli so'zlar ishlatgan holati qayd etilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Jamshid Raxmatullaevga (Nasaf futzal) nisbatan 2 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

“Paxtakor futzal” — “Oil Star”

Futzal bo'yicha Oliy liganing 1-turi doirasidagi “Paxtakor futzal” — “Oil Star” uchrashuvi bosh hakamidan bildirgi kelib tushgan. Unga ko'ra, uchrashuvning 26-daqiqasida “Oil Star” jamoasining futbolchisi A. Umarov to'p uchun kurashish vaqtida raqib o'yinchisining oyoq qismiga zarba bergani uchun maydondan chetlashtirilgan.

Tartib-intizom qo'mitasining qaroriga ko'ra, Artur Umarovga (Oil Star) nisbatan nisbatan 3 ta o'yinga chetlashtirish intizom chorasi qo'llanildi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика