So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  0 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  8 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  4 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  9 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Tarkibdagi yo'qotishlar, kayfiyat ulashgan Humam Tariq, ikki etakchi bilan intervyu - Iroqning Toshkentdagi ilk mashg'ulotidan reportaj Yangiliklar

Tarkibdagi yo'qotishlar, kayfiyat ulashgan Humam Tariq, ikki etakchi bilan intervyu - Iroqning Toshkentdagi ilk mashg'ulotidan reportaj

Xabaringiz bor, O'zbekiston milliy terma jamoasi mart oyidagi yig'in davomida Iroq bilan ham o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

FOTO. Iroq MTJ Toshkentga etib keldi  

Vakillarimizning o'rtoqlik o'yinidagi raqibi hisoblangan Iroq terma jamoasi kecha Toshkentga etib keldi va bugundan tayyorgarlikni boshladi. Srechko Katanec boshchiligidagi jamoa bugungi mashg'ulotni poytaxtimizdagi TTYMI maydonida o'tkazdi. Yig'inga chaqirilgan futbolchilar. 

Darvozabonlar: Jalol Hassan, Fahad Talib, Ahmed Basil.

Himoyachilar: Alaa Mhavi, Mustafa Muhammad Jaber, Saad Natiq, Maitham Jabbar, Ahmad Ibrohim, Ali Faez, Durgam Ismoil, Hassan Raed, Faysal Jassim, Mustafo Muhammad Maan. 

Yarim himoyachilar: Amjad Attvan, Hussayn Ali, Ibrahim Bayesh, Safaa Hadi, Humam Tareq, Mohamad Qassim, Ahmad Abdulhussayn, Bashar Resan. 

Hujumchilar: SHerko Karim, Alaa Abdul Zahra, Aymen Husseyn, Mohammed Davud. 

Bizga malum bo'lishicha terma jamoa bilan bir qator etakchilar Toshkentga kelmagan. Bular Ali Adnan, Mohannad Ali, Ala Abbos, Muhammad Raed. 

Dastlab chigalyozdi mashqlarini bajargan Katanec shogirdlari so'ng to'p bilan bog'liq mashg'ulotni boshlashdi. Beshtadan ikki jamoaga bo'lingan holda kombinaciyalar ustida ishlagan iroqlik futbolchilarning harakatini bosh murabbiy diqqat bilan kuzatdi. Jamoada kayfiyat yuqori ekanligini futbolchilarning tabassumidan sezish qiyin emasdi. Ayniqsa terma jamoa yulduzi Humam Tariq haqiqiy ko'tarinki kayfiyatni bera olganini takidlash joiz. Yakunda Srechko Kotanec barchaga minnatdorchilik bildirib kerakli ko'rsatmalarni berib o'tdi. 

Iroqning Toshkentdagi birinchi kungi mashg'ulotidan so'ng terma jamoa etakchilari himoyachi Ahmad Ibrohim, yarim himoyachi Bashar Resan saytimizga qisqacha intervyu berdi. 


Ahmad Ibrohim: - Toshkentga kelganimizdan xursandmiz. Bizga tayyorgarlik ko'rishimiz uchun yaxshi maydon va sharoitlar yaratib berishmoqda. Raqibimiz O'zbekiston kuchli terma jamoa hisoblanadi. Juda yaxshi shakllangan. O'rtoqlik o'yini bo'lsada bizga oson bo'lmaydi. Bu uchrashuv noyabr oyida amirliklarda bo'lib o'tgan bahsdan farq qilishi tabiiy. CHunki oldindagi bellashuvda raqib safida boshqa legionerlar ham maydonga tushishi mumkin. Mehmondorchilik uchun yana bir bor rahmat aytib qolaman.

Bashar Resan: - Oldindagi rasmiy uchrashuvlarga munosib tayyorgarlik ko'rishimiz uchun O'zbekiston bilan o'rtoqlik bahsida ishtirok etamiz. Bugundan Toshkentda mashg'ulotlarga kirishdik. O'yinga qadar bir hafta davomida shu erda mashg'ulotlarni olib boramiz. O'ylaymanki, ikki jamoa uchun ham yaxshi o'yin bo'ladi. Tarkibimizda bir qator etakchilar yo'q ekanligi to'g'ri. Lekin bizda iqtidorli ijrochilar ko'p. Ular etakchilarning o'rnini bilintirishmaydi, deb o'ylayman.


O'zbekiston hamda Iroq terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuv  29 mart kuni 18:00da "Bunyodkor" stadionida start oladi.  

Abdulaziz Iskandarov

Foto: Iroq matbuot va media xizmati

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика