So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Tarixni yodga olib: O'zbekiston "Merdeka kubogi-2001" g'olibi FOTO Yangiliklar

Tarixni yodga olib: O'zbekiston "Merdeka kubogi-2001" g'olibi FOTO

Vladimir Salkov boshchiligidagi O'zbekiston terma jamoasi 2001 yil Malayziyada tashkil etilgan Merdeka kubogida ishtirok etgandi.

JCH-2002 saralashi ikkinchi bosqichi oldidan tashkil etilgan o'rtoqlik turnirida vakillarimiz uchta o'yin o'tkazishgan. Dastlab Baxtiyor Hamidullaev va Anvar Berdiev tomonidan urilgan gollar evaziga Hindiston ustidan g'alaba qozonilgan - 2:1. Yarim finalda Bahrayn taslmi qilingan. Asosiy vaqtning so'nggi daqiqalarida Bahodir Seytkamolov dublga erishgandi - 2:0. Hal qiluvchi o'yinda vakillarimizga Bosniya va Gercegovina terma jamoasi raqiblik qilgan. 84-daqiqada Leonid Koshelev hisobni ochgan, bunga evropaliklar asosiy vaqtga qo'shib berilgan daqiqalarda javob berishgan. 119-daqiqada Baxtiyor Hamidullaev oltin gol urib O'zbekistonga musobaqa g'olibligini olib bergandi - 2:1.


Hindiston - O'zbekiston 1:2
Gollar: Vijayan Invalappil Mani 45 - Baxtiyor Hamidullaev 19, Anvar Berdiev 33.
O'zbekiston: Safonov Evgeniy, Sobirov Oleg, Aliqulov Asror, Koshelev Leonid (Seytkamolov Bahodir, 46), Vlasichev Andrey, Xvostunov Aleksandr, Annamatov Bahodir, Davletov Fevzi, Berdiev Anvar, Soliev Anvar, Hamidullaev Baxtiyor (Quttiboev Nematulla, 70)

Yarim final
O'zbekiston - Bahrayn 2:0
Gollar: Bahodir Seytkamolov 89, 90.
O'zbekiston: Belyakov Oleg, Ashurmatov Baxtiyor, Sobirov Oleg, Klikunov Ilya (Koshelev Leonid, 72), Seytkamolov Bahodir, Xvostunov Aleksandr, G'ofurov Rashid, Vlasichev Andrey, Davletov Fevzi, Quttiboev Nematulla (Soliev Anvar, 33), Hamidullaev Baxtiyor (Annamatov Bahodir, 90)

FINAL
O'zbekiston - Bosniya va Gercegovina - 2:1 (0:0)
Gollar: Leonid Koshelev 84, Baxtiyor Hamidullaev 119 - Velimir Brasnich 90+1.
O'zbekiston: Safonov Evgeniy, Ashurmatov Baxtiyor, Sobirov Oleg (Annamatov Bahodir, 35), Aliqulov Asror, Klikunov Ilya (Koshelev Leonid, 80), Seytkamolov Bahodir, Xvostunov Aleksandr, Vlasichev Andrey, Davletov Fevzi, Soliev Anvar (G'ofurov Rashid, 75), Hamidullaev Baxtiyor
Ogohlantirishlar: Ashurmatov Baxtiyor 10, Soliev Anvar 17, Aliqulov Asror 54, G'ofurov Rashid 87 - Kulenovich Almin 13, Nadarevich Safet 84.
CHetlatishlar: Ashurmatov Baxtiyor 61 -  Beslidja Mirsad 61, Pechel Srdan 84, Medvid Ivan 90.

Bahrayn - O'zbekiston. Baxtiyor Ashurmatov to'p uchun kurashda


O'zbekiston - Bahrayn. Rashid G'ofurov golni nishonlamoqda


O'zbekiston - Bosniya va Gercegovina. Musobaqa qahramonlaridan biri Bahodir Seytkamolov


O'zbekiston - Bosniya va Gercegovina. Hozirga qadar futbol o'ynayotgan Asror Aliqulov to'p bilan


O'zbekiston - Bosniya va Gercegovina. Finalda oltin gol urgan Baxtiyor Hamidullaev


Terma jamoamiz sardor Fevzi Davletov kubok bilan


O'zbekiston terma jamoasi Merdeka kubogi-2001 g'olibi!

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика