So’nggi yangiliklar

18:45Ўзбекистон Кубоги. "Арал" "Цемент"чига "хоҳлаганича" гол урди, "Қўқон-1912" "Жиззах"ни ютолмади ва гуруҳда қолиб кетди  2 18:35Футзал бўйича Осиё Кубоги. Таиланд – илк финалчи, Тожикистон 3-ўрин учун ўйнайди  5 18:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" "Сўғдиёна"га мағлуб бўлди, лекин кейинги босқичга йўлланма олди  31 18:26Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Металлург" муроса кўчасини танлади  9 17:57Ўзбекистон олимпия термаси "Халифа" стадионига етиб келди!  9 17:32Ўзбекистон U-23 — Саудия Арабистони U-23. Таркиблар маълум!  50 17:20Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистоннинг Эронга қарши таркиби эълон қилинди  2 17:07U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистон - Саудия Арабистони учрашувига превью. Саудияни бир маротаба ютганмиз, улар эса бизни уч марта  5 16:58Кварацхелия янги мавсум "Барселона" футболчисига айланиши мумкин  3 16:32"Оч бўрилар" овга чиқмоқда  9 16:15Футзал бўйича Осиё Кубоги. Ўзбекистондан мағлуб бўлган Вьетнам Қирғиз Республикасига ҳам ютқазди  7 15:59U-23 Осиё Кубоги. Индонезия Корея Республикасини мусобақадан чиқариб юборган драматик ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:40Ўзбекистон футзал МТЖ Эронга қарши қандай либосда ҳаракат қилади?  1 15:13ПСЖ Франция чемпионати рекордини ўрнатди  1 14:49"Порту" Сержиу Консейсау билан шартномани узайтирди. Унга "Милан" қизиқаётганди  0

Tarixga nazar, 2011 yil. "Arsenal" - "Barselona" 2:1. Ular hozir qaerda? Yangiliklar

Tarixga nazar, 2011 yil. "Arsenal" - "Barselona" 2:1. Ular hozir qaerda?

Robin van Persi va Andrey Arshavinlarning qoyilmaqom zarbalari "Arsenal" jamoasiga tarixiy g'alabani taqdim etgan o'yinni yodga olamiz.


2010/2011 yilgi ECHL nimchorak final doirasida "Arsenal" klubi Kataloniyaning "Barselona" jamoasini qabul qilgan o'yinga ham 8 yil bo'ldi.  2011 yil 16 fevral kuni "Emireyts" maydonini larzaga solgan o'yin hamon esingizda bo'lsa kerak. Mazkur uchrashuvda "Barselona" jamoasi o'yinni to'liq uchtunlik bilan boshlagan. Ammo, yakun mezbonlar foydasiga hal bo'lgandi. Sal kam 60 ming tomoshabin ko'z o'ngida kechgan to'qnashuvda ECHL tarixida "Arsenal" kataloniyaliklarni ilk marotaba mag'lubiyatga uchratgan, yutganda  ham super iroda ko'rsatib, Venger faoliyatidagi yorqin g'alabalardan birini qo'lga kiritishiga zamin yaratgan edi. 

Uchrashuvning 26-daqiqasida David Vilya Messining zargarona uzatmasidan samarali foydalanadi va o'yinda hisobni ochadi. Ikkinchi bo'limning so'nggi 15 daqiqasida "to'pchilar" bor qurollarini tshga solgan holda, Valdes darvozasi tomon o'q uza boshlashadi. SHu shturmlarning birida Van Persi jarima maydonchasi ichida to'pga shunday zarba beradiki, ushbu shedevr zarba oldida Viktor Valdes tugul, butun "Barselona" klubi qotib qoladi. Hisob tenglashgach, "kanonirlar" ruhiy ustunlikka erishadi va 83-daqiqadagi urinish ham gol bilan yakunlanadi. Sesk Fabregasning markazdan iboshlab bergan hujumi, o'ng qanotdan Nasrining yurishi va Arshavin... Ha Andrey darvozadan chamasi 20-25 metrlar uzoqlikda aniqlik ko'rsatib, "Arsenal"ni hisobda oldinga olib chiqadi. Mazkur vaziyatda birinchi bor jamoa bosh murabbiyi Arsen Vengerning cheksiz quvonchi golning ahamiyati qanchalik yuqori ekanligidan dalolat berib turardi. SHu tariqa, "Arsenal" tarixida birinchi marta "Barselona" klubidan ustun keladi. 


Uchrashuv qaydnomasiga kiritilgan barcha London klubi vakillarini haqida malumot berib o'tishga harakat qildik. Demak, ushbu o'yinda qatnashgan va zaxiradan dramatik bahsni kuzatib borgan "kanonirlar" hozir qaerda va nima bilan band ekanligini bilishga befarq bo'lmasangiz, marhamat quyidagi zerikarli bo'lmagan kichik foto maqola aynan siz uchun. 

xiradan dramatik bahsni kuzatib borgan "kanonirlar" hozir qaerda va nima bilan band ekanligini bilishga befarq bo'lmasangiz, marhamat quyidagi zerikarli bo'lmagan kichik fotomaqola aynan siz uchun. 


"Arsenal" asosiy tarkibi:

53. Voycex SHesni (Darvozabon)

O'ynagan jamoalari: Arsenal, Brentford (ijara), Roma (ijara), Yuventus.

Hozirgi klubi: Yuventus

"Brentford" jamoasida ijara asosida to'p tepganidan so'ng, SHesnining "Arsenal"da etakchi bo'ladigandek ko'ringan edi. Ammo, 2014-2015 yilgi mavsumda bir qancha shaxsiy va maydon tashqarisidadagi nohush voqealar uning faoliyatini butkul o'zgartirib yubordi. Natijada, "Arsenal" rahbariyati uni "Roma"ga ijaraga berishadi va Ospina hamda Petr CHex kabi darvozabonlarni xizmatidan foydalanadi. 

2017 yil Janluiji Buffon o'ynayotgan "Yuventus" klubi uni o'z safiga qo'shib oladi. Polshalik posbon Buffon PSJga yo'l olganidan keyin turinliklarning asosiy kiperga aylandi. 


27. Emmanuel Ebue (O'ng qanot himoyachi)

O'ynagan jamoalari: ASEK Mimozas (Kot-d’Ivuar), Beveren            (Belgiya), Arsenal (London), Galatasaroy (Turkiya), Sanderlend (Angliya).

Hozirda: Faoliyatini yakunlagan.


6. Loran Koselni (Markaziy himoyachi)

O'ynagan jamoalari:  Gengam, Tur, Loryan (barchasi Franciya), Arsenal.

Hozirgi klubi: Arsenal.

Himoyachi "Arsenal" safida 334 o'yinda maydonga tushgan va jamoaning asosiy va muhim o'yinchilaridan biri sanaladi. 2011 yil "Emireyts" o'yingohida "Barselona"ga qarshi to'qnashuvda Messini "bloklash"ga erishgandi. Ko'pchilik bu fikr to'g'ri ekanligini maqullagan.

20. Yoxan Djuru (Markaziy himoyachi)

O'ynagan jamolari: Arsenal, Birmingem, Gannover 96 (ikklasida ijara), Gamburg (Germaniya), Antalyaspor (Turkiya), SPAL (Italiya).

Hozirda: Erkin agent.

32 yoshl Djuru SPAL jamoasida 5 o'yinda maydonga tushganidan so'ng, yanvar oyida erkin agent nomini o'ziga ep ko'rdi. Uning "Arsenal" (2004-2014)dan ketishiga asosiy sabab etib jarohatlarni keltirish mumkin.


22. Gael Klishi (CHap qanot himoyachi)

O'ynagan jamoalari: Kan (Franciya), Arsenal (2003-2011), Manchester Siti, Istanbul Bashakshexir.

Hozirgi klubi: Istanbul Bashakshexir.


17. Aleks Song (Tayanch yarim himoyachi)

O'ynagan jamoalari: Bastiya (Franciya), CHarlton (Angliya, ijara), Barselona, Vest Xem (ijara), Rubin (Kazan), Son (SHveycariya).

Hozirgi klubi: Son (2018 yildan beri).


19. Jek Uilshir (Markaziy yarim himoyachi)

O'ynagan jamoalari: Arsenal, Bolton, Bornmut (Angliya, ikkalasi ijara), Vest Xem. 

Hozirgi klubi: Vest Xem (Angliya).

27 yoshli angliyalik "to'pchilar" sharafini 197 uchrashuvda himoya qilgan (14ta gol). O'tgan yil yozda "bolg'achilar" safiga borib qo'shildi.


4. Sesk Fabregas (Markaziy yarim himoyachi)

O'ynagan jamoalari: Arsenal (2003-2011), Barselona, CHelsi (2014-2019), Monako.

Hozirgi klubi: Monako (Franciya).

8 yil Arsen Venger ishonchini oqlagan va "Arsenal" sharafini 300 dan ortiq o'yinda munosib himoya qilgan Sesk Fabregas yuqoridagi mazmunli uchrashuvdan keyin o'zi tarbiya topgan "Barselona"ga o'tib ketadi.


8. Samir Nasri (Hujumkor yarim himoyachi)

O'ynagan jamoalari: Marsel (Franciya), Arsenal (2008-2011), Manchester Siti, Sevilya (ijara), Antalyaspor, Vest Xem.

Hozirgi klubi: Vest Xem.

O'sha fantastik o'yin bo'lgan kechada Samir Nasri Arshavinga faoliyatidagi muhim golli uzatmani amalga oshirgan edi.


14. Teo Uolkott (Hujumkor yarim himoyachi)

O'ynagan jamoalari: Sautgempton (Angliya), Arsenal (2006-2018), Everton.

Hozirgi klubi: Everton.

Teo Uolkott kelasi oyda 30 yoshga to'ladi. U "Arsenal" uchun 397 o'yinda qatnashgan va 108 ta gol urgan. Doimiy jarohatlar iskanjasida qolib ketgan Teo o'z o'yinini yo'qotib qo'ydi va 2018 yil yanvar oyida "Everton" safiga borib qo'shildi.


10. Robin van Persi (Hujumchi)

O'ynagan jamoalari: Feyenoord (Gollandiya), Arsenal (2004-2012), Manchester Yunayted (2012-2015), Fenerbaxche (Turkiya) (2015-2018), Feyenoord.

Hozirgi klubi: Feyenoord.

Van Persi "Arsenal" tarkibida sermahsullik namoyish etgan — 274 o'yin, 131 gol. Ushbu o'yinlari orqali Ser Aleks Fergyusson uni MYUga taklif etdi va 3 yil davomida 105 ta uchrashuvda ishtirok etib, 58 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etishga muvaffaq bo'ldi.

U hozirda Feyenoord klubida faoliyatini davom ettirmoqda va mavsum yakunlangach butsalarini mixga ilish rejasi borligini elon qildi.


Zaxiradan o'yinga qo'shilganlar: 

23. Andrey Arshavin (Hujumchi)

O'ynagan jamoalari: Zenit (Rossiya), Arsenal (2009-2013), Zenit, Kuban (Rossiya), Qayrat (Qozog'iston).

Hozirda: Faoliyatini yakunlagan.

Arshavavinning goli "Barselona" ustidan qozonilgan tarixiy g'alabani taqdim etgan edi. 37 yoshli sobiq futbolchi "Enfild" stadionida "poker" qayd etgan va rossiyalik futbolchilar mahoratini ko'rsatib qo'ygandi. O'sha paytlar Andrey super mavsum o'tkazgan.

52. Niklas Bendtner (Hujumchi)

O'ynagan jamoalari: Arsenal (2005-2014), Birmingem (ijara), Sanderlend (ijara), Yuventus (ijara), Volfsburg (Germaniya), Nottingem Forest (Angliya), Rusenborg (Norvegiya).

Hozirgi klubi: Rusenborg.

Zaxira: 1. Manuel Almuniya, 18. Sebasten Skillachi, 28. Kiran Gibbz, 7. Tomash Rosicki, 15. Denilson.  

Barselona tarkibi: Valdes, Pike, Alves, Abidal, Maksvell, Buskets, Xavi, Inesta, David Vilya, Pedro, Messi.

Zaxira: Joze Pintu, Milito, Adriano, Maskerano, Keyta, Afellay, Boyan.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика