So’nggi yangiliklar

22:35Қатар терма жамоаси Тошкентга етиб келди  0 22:15Ўртоқлик ўйини. Ўзбекистон ва Россиянинг 21 ёшгача бўлган жамоалари ўртасидаги ўйинда 9 та гол урилди  33 22:10Ўзбекистон кубоги. "Динамо" 1/8 финалнинг илк ўйинида "Лочин"ни тор-мор этди  7 21:43Ўзбекистон терма жамоасининг бугунги машғулотидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 21:34Аарон Ремзи фаолиятини Мексикада давом эттиради  1 21:10Абдулла Абдуллаев: "Энди янада юқори мақсадлар қўйиб, мундиалда яхши натижалар қайд этишга ҳаракат қиламиз"  6 20:44Ўзбекистон U-16 назорат ўйинида Россия U-16га йирик ҳисобда мағлуб бўлди  10 20:24Одил Ҳамробеков: "Нималар қилиб қўйганимизни тўлиқ ҳис қила олмаяпман"  12 20:00УЕФА Миллатлар лигаси. Франция учинчи ўрин учун баҳсда Германияни мағлубиятга учратди  26 19:54Про лига. "ФарДУ" ва "Арал" ўртасидаги ўйин тақдирини ягона гол ҳал қилди  3 19:38"Реал" мухлислари учун хушхабар  0 18:28"Қора" ишчилар мукофотланмайдими?  14 18:03Мундиал йўлланмасини тақдим этган БАА — Ўзбекистон ўйинидан мухлислар ФОТОГАЛЕРЕЯси  1 17:38Бернарду Силва "Манчестер Сити"ни тарк этиши мумкин  0 16:25Тер Штеген "Барселона" матбуот босими орқали уни кетишга мажбур қилмоқчи деб ҳисобламоқда, аммо...  10

Tarixda bugun: Yulduzli tarkibga ega "Lokomotiv" Fozil Musaev o'ynagan "Sepaxon"ga qarshi Yangiliklar

Tarixda bugun: Yulduzli tarkibga ega "Lokomotiv" Fozil Musaev o'ynagan "Sepaxon"ga qarshi

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" rukniga qo'l urgandik.

Foto Tarixda bugun: O'zbek va Eron futboli afsonalari Mirjalol Qosimov va Ali Dai to'qnashuvi, Rashidov "Nasaf"ga qarshi

Bugun Osiyo CHempionlar ligasining yaqin o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

OCHL-2016 doirasida Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvga to'xtalamiz. Musobaqaning "A" guruhidan joy olgan "Lokomotiv" "Al Ittihod" (S.Arabistoni), "Sepaxon" (Eron) va "Ad Nasr" (BAA) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borgan. O'shanda "temiryo'lchilar" guruhda 10 ochko bilan peshqadam bo'lishgan. Nimchorak finalda esa kimsan Saudiya Arabistonining "Al Hilol" jamoasini ikki o'yin natijasiga ko'ra 2:1 (0:0, 2:1) hisobida mag'lub etib 1/8 finalga yo'l olishgan. Afsuski, ajoyib tarkibga ega "Lokomotiv" chorak finalda keyinchalik finalga qadar etib borgan Umar Abdulrahmon boshchiligidagi "Al Ayn" (BAA)ga ikki o'yin natijasiga ko'ra 0:1 (0:0, 0:1) hisobida imkoniyatni boy berib musobaqa bilan xayrlashgan.

OCHL-2016 guruh bosqichining 4-turida "temiryo'lchilar" o'z maydonlarida "Sepaxon"ni qabul qilishgan. O'sha paytlari tarkibida vatandoshimiz Fozil Musaev ham to'p tepadigan forslar 0:1 hisobidagi mag'lubiyat bilan uylariga qaytishgan.

OCHL, "A" guruhi
4-tur, 06.04.2016
Toshkent, "Lokomotiv" stadioni, 2620 tomoshabin
"Lokomotiv" - "Sepaxon" 1:0
Gol:
Temurxo'ja Abduholiqov 54.
Bosh hakam: Ibrohim Ali Abdulnabi (Bahrayn)

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 5.Kaxi Maxaradze, 8.Server Jeparov, 10.Marat Bikmaev (77.Jasur Hasanov 66), 11.Temurxo'ja Abduholiqov, 17.Salim Mustafoev, 18.Temur Kapadze, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 22.Sanjar SHoahmedov (29.Quvondiq Ro'ziev 86), 33.Oleg Zoteev(28.Ikrom Aliboev 75), 37.SHerzod Fayziev.
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 21.Doniyor Usmonov, 24.Xurshid Muxtorov, 44.Sergey Proxorov.

"Sepaxon": 1.Rahmon Ahmadi, 7.Ali Karimi, 8.Rasul Navidkia(74.Amin Manuchexri 71), 10.Abdulloh Karami, 17.Seniyad Ibrichich, 18.Fozil Musaev (66.Milad Sarlak 65), 20.Leandro Padovani, 21.Vuriya G'ofuri, 29.Lusiano Pereyra CHimba, 33.Said Xaedifar, 37.Xussayin Fazeli.

Ogohlantirishlar: Kaxi Maxaradze 16, Said Xaedifar 24.
CHetlatish: Said Xaedifar 90.

SHu tarkibdan Nesterov, Maxaradze, Abduxoliqov, Bikmaev va Zoteev hamon "Loko"da. Ular orasidan esa Olegdan boshqalar orada turli klublarda o'ynab kelishdi.


Salim Mustafoev. Afsuski, u OCHL-2018 doirasida Toshkentda "Al Duhayl"ga qarshi bahsning oxirgi daqiqalarida yo'l qo'ygan xatolaridan keyin "temiryo'lchilar" tarkibini tark etishgan majbur bo'lgan. Hozirda u "Qizilqum" azosi.


Server Jeparov vs Fozil Musaev.


"Sepaxon"ga qarshi Eronda bo'lib o'tgan uchrashuvda "Lokomotiv"ning birinchi golini kiritgan Marat Bikmaev.


Islom To'xtaxo'jaev ham o'sha mavsum OCHLda o'z hisobiga gol yozib qo'ygan. Nimchorak finalning javob bellashuvida "Al Hilol" darvozasiga birinchi golni aynan Islom kiritgan.


SHerzod Fayziev esa "Al Hilol"ga qarshi uchrashuvda ikkinchi golni kiritgan. Yakunda "Loko"ning ikki markaziy himoyachisi kiritgan golga saudiyaliklardan 89-daqiqada afsonaviy Muhammad Al SHlhub penaltidan javob qaytargan.


54-daqiqada Server Jeparovdan ajoyib pas va ...


...Temurxo'ja Abduxoliqovdan gol.


Uchrashuvni yoritish uchun "Lokomotiv" stadioniga kelgan OAV vakillari.


O'sha mavsum F.Musaev va "Sepaxon" OCHLda muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Bor yo'g'i 3 ochko bilan guruhda so'nggi o'rin band etilgan.


"Lokomotiv" OCHL-2016da 10ta o'yindan 5tasida nolga o'ynagan, bunda Ignatiy Nesterovning hissasi katta bo'lgandi.

"Sepaxon"ning OCHL-2016dagi ikkita goli muallifi Lusiano CHimba.


Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика