So’nggi yangiliklar

17:19Гильермо Очоа ўзининг олтинчи мундиалида қатнашмоқчи  0 16:50Ушалмай қолган орзу: "Порту" Жотани қайтармоқчи эди  0 16:22"Тоттенхэм" япониялик ҳимоячи билан шартнома имзолади  1 15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  3 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  4 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  4 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  18 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  7 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  9 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8

Tarixda bugun: O'zbekiston MTJ Senegal bilan durang o'ynagan, "Paxtakor" esa "Sepaxon"ni mag'lub etgan GALEREYA Yangiliklar

Tarixda bugun: O'zbekiston MTJ Senegal bilan durang o'ynagan, "Paxtakor" esa "Sepaxon"ni mag'lub etgan GALEREYA

Futbol o'yinlari vaqtincha to'xtatilgan sabab yana bir yangi ruknni etiboringizga havola etamiz.

"Tarixda bugun" ruknida ortda qolgan yillarning aynan bugungi sanasida bo'lib o'tgan o'yinlar yoki voqeliklarni suratlar yordamida yodga olamiz. Demak, oxirgi 10 yillikning ayni 23 martida o'zbek futbolida eng etiborga molik ikkita o'yinini eslaymiz. O'FA fotografi Hasan Pirmuhammedov O'zbekiston MTJ va Senegal o'rtasidagi o'rtoqlik o'yini hamda OCHL-2010 doirasida o'tkazilgan "Paxtakor" - "Sepaxon" uchrashuvlari suratlarini o'zining telegram kanaliga joyladi. Biz esa o'sha kadrlarni o'quvchilarimizga ham taqdim etamiz.

O'rtoqlik uchrashuvi
23.03.2018
Senegal - O'zbekiston 1:1
Gollar:
M.Konate 63 - O.SHukurov 20 (pen.)

Senegal: 16.Pape Seydu Ndiaye, 21.L.Gassama (18.I.Sarr, 79), 4.F.Diagne, 27.P.Suare (28.A.Traore, 74), 2.P.Jilobodji, 13.A.Ndiaye, 11.S.Ndoye, 24.A.Diusse, 25.S.Ngom (15.D.Saho, 86), 14.M.Konate, 19.O.Niyasse (22.H.Saivet, 66).

O'zbekiston: 12.Ignatiy Nesterov, 5.Anzur Ismoilov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 2.Akmal SHorahmedov, 4.Akrom Komilov, 9.Odil Ahmedov, 15.Sardor Mirzaev (17.Jaloliddin Masharipov, 57), 16.Odil Hamrobekov, 19.Otabek SHukurov (8.Ikrom Aliboev, 69), 11.Temurxo'ja Abduxoliqov (10.Marat Bikmaev, 68), 23.Eldor SHomurodov (7.Sardor Rashidov, 85).

Trio.


"Liverpul" etakchisi Sadio Mane o'sha kuni zaxirada qolgan edi.


Timur Kapadze va Aliu Sisse.




"Paxtakor" OCHL-2010da "C" guruhidan o'rin olgan va "Al SHabab" (S.Arabistoni), "Sepaxon" (Eron), "Al Ayn" (BAA) klublari bilan bellashgan. Yakunda Miodrag Radulovich boshchiligidagi "sherlar" guruhni 9 ochko bilan 2-o'rinda yakunlashgan. Bitta o'yindan iborat nimchorak finalda esa Qatarning "Al Garafa" jamoasiga mehmonda imkoniyat boy berilgan - 0:1.

Guruhning uchinchi turida "Paxtakor" o'z maydonida "Sepaxon"ni qabul qilgan va Gevorkyan hamda Geynrixlarning gollari evaziga 2:1 hisobida g'alaba qozongan.

OCHL-2010, "C" guruhi
3-tur, 23.03.2010
"Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent. 9500 tomoshabin
Bosh hakam: Muhsin Basma (Suriya)
"Paxtakor" - "Sepaxon" 2:1
Gollar:
A.Gevorkyan 38, A.Geynrix 71 - Jamshidian 45+1

"Paxtakor": Timur Jo'raev, Boyan Miladinovich, Aleksandr Kleckov, Ilhom Suyunov, Murod Xolmuhammedov, Stanislav Andreev (G'ulom O'runov, 81), Darko Markovich, Milorad Yanush (SHerzod Karimov, 88), Artur Gevorkyan, Asqar Jadigerov (Aleksandr Geynrix, 70), Farhod Tojiev.

Ogohlantirishlar: M.Xolmuhammedov 26, M.Yanush 86.

Mio Radulovich.


"Sepaxon"ni o'sha paytda o'zbek klublari uchun ancha tanish bo'lgan Amir Galenoi boshqarardi.


Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика