So’nggi yangiliklar

01:57Ўзбекистон терма жамоаси янги мураббий қўл остида илк машғулотини ўтказди  2 00:49Мбаппе жароҳат сабаб Франция терма жамоаси билан машғулот ўтказмади  0 00:18Рональд Куман Натан Аке "Ман Сити"ни тарк этиши лозимлигини айтди  0 23:47Жейми Каррагер: "Аморимнинг янги йилгача ишдан хайдалиши муқаррар"  2 23:20Шенсни "Барса"га ўтишни хоҳламаганини ва бунга уни рафиқаси мажбур қилганини айтиб берди  2 22:47Миллий жамоанинг Каннаваро қўл остидаги бугунги машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  5 21:50Ямал "Реал"га қарши ўйнаши кутилмоқда  0 21:25"Арсенал" ва Райя ваниҳоят янги келишувга эришишди  1 20:55Жорди Альба мавсум якунида футболчилик фаолиятини якунлашини эълон қилди  3 20:23Гаттузо Каннаваронинг Ўзбекистон терма жамоасига тайинлангани ҳақида гапирди  15 19:58Хаби Алонсо "Реал"дан Вирцни кузатишни сўради  5 19:35Дракслер: "Қатарда нормал ҳаёт кечиришим мумкин..."  9 19:09"Арсенал" "Эмирейтс" стадионини кенгайтирмоқчи  0 18:42Лэмпард қўл остидаги "Ковентри" Чемпоиншипда пешқадамлик қилмоқда  1 18:13Петер Шмейхель: "Биз ўйнаган даврда жамоага мавсумда 10 очко келтиришимиз кутиларди, сўнгги йилларда бунинг аксига ўрганиб қолдик"  0

Tarixda bugun: O'z mamlakatining bayroqdorlari "Paxtakor" va "Al Hilol"ning 13 yil oldingi to'qnashuvi Yangiliklar

Tarixda bugun: O'z mamlakatining bayroqdorlari "Paxtakor" va "Al Hilol"ning 13 yil oldingi to'qnashuvi

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" rukniga qo'l urgandik.

Foto Tarixda bugun: Masharipov va Aliboev to'p tepgan "Lokomotiv" oxirgi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqargan

Bugun Osiyo CHempionlar ligasi o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

OCHL-2007 doirasida Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvga to'xtalamiz. Musobaqaning "A" guruhidan joy olgan "Paxtakor" "Al Hilol" (S.Arabistoni), "Istiqlol" (Eron) va "Al Quvayt" (Quvayt) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borgan. Eron klubi o'yinchilar ro'yxati ("zayavka")ni o'z vaqtida taqdim etmagani bois musobaqadan chetlashtirilgan. SHu tariqa, guruhda birinchi o'rin uchun 3 jamoa kurash olib borgan. O'shanda "sherlar" guruhda 6 ochko bilan ikkinchi o'rinni egallashgan. Afsuski, u paytlar CHempionlar ligasida guruhdan faqat birinchi o'rinni egallagan jamoalar chiqqan. SHu tariqa, Ravshan Haydarov boshchiligidagi "Paxtakor" OCHL-2007da guruhda qolib ketgan.

OCHL-2007 guruh bosqichining 3-turida "sherlar" o'z maydonlarida "Al Hilol"ni qabul qilishgan. Afsuski, o'shanda Saudiya grandi Toshkentdan 2:0 hisobidagi g'alaba bilan qaytgandi. 13 yil oldingi o'yindan tarixiy suratlarni taqdim etgan taniqli fotograf Hasan Pirmuhammedovga alohida minnatdorchilik bildiramiz.


OCHL, "A" guruhi
3-tur, 11.04.2007
Toshkent, MHSK stadioni, 10000 tomoshabin
"Paxtakor" - "Al Hilol" 0:2
Hakamlar:
Junji Huang (Xitoy)
Gollar: Omar Al Gamdi 54, Rodrigo 59

"Paxtakor": 12.Ignatiy Nesterov, 5.Asror Aliqulov, 13.Aleksandr Kleckov, 15.Islom Inomov, 14.Vladislav Kiryan (11.SHahboz Erkinov, 77), 18.Temur Kapadze (6.Leonid Koshelev, 67), 25.Odil Ahmedov, 8.Server Jeparov, 20.Eldor Magdeev, 22.Renat Bayramov (9.Anvar Soliev, 60), 7.Iheruome Uche.
Zaxira: 1.Eldor Tojiboev, 21.Kamoliddin Tojiev, 24.Anzur Ismoilov, 3.Rahmatillo Berdimurodov, 17.Vyacheslav Ponomaryov.

"Al Hilol": 1.Muhammad Al Dayya, 3.Marselo Tavares, 15.Holid Al Angri, 17.Fahad Al Mefareg, 19.Abdulaziz Qahtron (26.Muhammad Al Anbar, 83), 6.Holid Aziz, 8.Rodrigo, 10.Muhammad Al SHlhub, 13.Omar Al Gamdi, 20.Yosir Al Qahtoni, 24.Ahmed Al Harbi (7.Yosir Al Yas, 46).

Ogohlantirishlar: YO.Al Qahtoni 56, YO.Al Yas 65

Server Jeparov "Paxtakor" sardori.


10-raqamdagi Muhammad Al SHlhubni tanidingizmi? U har doim S.Arabistoni terma jamoasi va "Al Hilol"ni bizning jamoalarga qarshi o'ynaganda doim maydonga tushib kelgan. Hurmatga loyiq raqib.


13 yil oldingi fotoapparatlardan kelib chiqsak, yaxshi kadrlar.)


Yosh Nesterov.


O'sha o'yinni ko'rish uchun MHSK stadioniga 10 ming tomoshabin kelgan.


Anvar Soliev to'p uchun kurashda.


Ixeruome Uche o'sha mavsum OCHLda bitta gol urgan, 6-turda "Al Quvayt"ga qarshi uydagi o'yinda.


Koshelev va Jeparov burchak zarbalari ustalari edi.


Anvar Soliev jarima zarbasini amalga oshirayotgan palla.


Magdeev Abdulazizga qarshi.


Ravshan Haydarov va bugungi kunda OFK tizimida faoliyat olib borayotgan Sanjar Rizaev.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика