So’nggi yangiliklar

19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  2 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  6 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  2 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  2 17:27Каннаваро: "Тимур Кападзе билан ўйин фалсафаларимиз ўхшаш"  12 17:23Ҳожимат Эркинов: "ОКМКда катта футболга мослашганман"  0 17:06Фабио Каннаваро Турғунбоев ва Эшмуродовнинг йиғинга чақирилишига изоҳ берди, МТЖда икки нафар футболчи жароҳат олган  12 17:03"Унда ўзбек футболчилари ҳақида кўп маълумот бор" - Фабио Каннаваро Тимур Кападзенинг ёрдамчи бўлиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  12 16:40"Нефтчи" – "Андижон" ва "Бунёдкор" – "Насаф" учрашувларида пенальти ҳолатлари бўлганмиди? 24-турдаги ҳакамлик таҳлили  4 16:21"Реал" ТВ Родригонинг жарима майдонида йиқилиши ҳақида: "Трансляция контакт пайтида бошқа кадрга ўтиб кетди"  5 16:02Ҳожимат Эркинов: "Бундан футболчи чиқмайди, бўйи паст" деб айтганлар бўлган"  1 15:43"Наполи" Неймар билан шартнома имзоламоқчи бўлган экан  0 14:57Терма жамоага яна икки футболчи чақирилди  9 14:26Бугун Осиёда ЖЧ-2026 саралашининг тўртинчи босқичига старт берилади  15 14:02Оқ ёки кўк? Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши қайси рангдаги формаларда ўйнаши маълум бўлди  8

Tarixda bugun: Masharipov va Aliboev to'p tepgan "Lokomotiv" oxirgi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqargan Yangiliklar

Tarixda bugun: Masharipov va Aliboev to'p tepgan "Lokomotiv" oxirgi daqiqalarda g'alabani qo'ldan chiqargan

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" rukniga qo'l urgandik.

Foto Tarixda bugun: Rivaldo sardorligidagi yulduzli "Bunyodkor", ulkan bayroq va ajoyib muxlislar

Bugun Osiyo CHempionlar ligasining yaqin o'tmishiga suratlar yordamida sayoxat qilamiz. Umid qilamiz, o'quvchilarimiz tarixiy kadrlarni tomosha qilib zerikib qolishmaydi.

OCHL-2017 doirasida Toshkentda o'tkazilgan uchrashuvga to'xtalamiz. Musobaqaning "A" guruhidan joy olgan "Lokomotiv" "Al Taavon" (S.Arabistoni), "Istiqlol" (Eron) va "Al Ahli" (BAA) jamoalari bilan pley-off yo'llanmasi uchun kurash olib borgan. O'shanda "temiryo'lchilar" guruhda bor yo'g'i 5 ochko bilan so'nggi o'rinni egallashgan. To'g'ri, o'shanda Saudiya klubi ham guruhda 5 ochko yig'a olgan xolos. Har ikkala jamoada ham to'plar nisbati bir xil bo'lgan 7-12, o'zaro o'yinlarda esa ustunlik "Al Taavon" tarafda bo'lgan. S.Arabistonida o'tgan 1-tur bellashuvida mezbonlar 1:0 hisobida g'alaba qozonishgan bo'lsa, 5-tur doirasida Toshkentda o'tgan to'qnashuvda muxlislar 8ta gol ko'rishgan - 4:4. SHu tariqa, "Loko" OCHL-2017 bilan xayrlashgan.

OCHL-2017 guruh bosqichining 4-turida "temiryo'lchilar" o'z maydonlarida "Istiqlol"ni qabul qilishgan. Afsuski, 87-daqiqada o'tkazib yuborilgan gol evaziga mezbonlar g'alabani qo'ldan chiqarishgan.


OCHL, "A" guruhi
4-tur, 11.04.2017
Toshkent, "Lokomotiv" stadioni, 3327 tomoshabin
"Lokomotiv" (O'zbekiston) - "Istiqlol" (Eron) 1:1
Hakamlar:
Adham Muhammad Tumah, Ahmad Moannas, Issa Mahmud, Muhammad Hasan Mahmud (barchasi Iordaniya)
Gollar: M.Bikmaev 13 - Kaveh Rizoi 87.

"Lokomotiv": 1.Ignatiy Nesterov, 4.Boburbek Yo'ldoshev (37.SHerzod Fayziev, 79), 5.Kaxi Maxaradze, 9.Ikrom Aliboev, 10.Marat Bikmaev, 15.Sardor Mirzaev, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 33.Oleg Zoteev, 42.Muhammad Kone, 77.Diyorjon Turopov (29.Quvondiq Ro'ziev, 64), 99.Jaloliddin Masharipov (7.Nore Krizo, 86)
Zaxira: 12.Mamur Ikromov, 22.Murodbek Bobojonov, 18.Timur Kapadze.

"Istiqlol": 1.Mahdi Rahmati, 3.Robson Januario, 6.Omid Ibrohimi, 9.Kaveh Rizoi, 14.Farshid Bageri, 17.Ali Qurbani (77.Benham Barzay, 82), 18.Milad Zakipurkinji, 21.Vorya G'ofuri (2.Xusro Xaydari, 63), 28.Said Karimi (11.Jobir Ansari, 57), 88.Farshid Ismoili, 90.Leandro Padovani.

Ogohlantirishlar: K.Maxaradze 39, SH.Fayziev 90+3 - A.Qurbani 19

O'yinga kelgan muxlis va muxlisalar.

Darvozabon Mehdi Rahmati yaqindagina "SHaxr Xodro" bilan "Paxtakor" mehmoni bo'lib 0:3 hisobidagi mag'lubiyat bilan yurtiga qaytgandi. Uch yil oldin esa uning jamoadoshlari mag'lubiyatdan qutulib qola olishgan.


Hozir shu tarkibdagilardan Nesterov, Zoteev, Bikmaev, Maxaradze va Turopov hamon "Loko"da. Marat va Kaxi 3 yil ichida "Paxtakor" va "So'g'diyona"da o'ynab qaytishdi. Ignatiy ham Saudiyaning "Ohod" jamoasi tarkibida malum vaqt o'ynab qaytdi.


O'sha paytda "Lokomotiv"da qog'ozda Miklyaev, amalda esa Yelichich bosh murabbiy edi.


Alirizo Mansurian.


Bikmaev Vuria G'ofurini ortda qoldirishga urinmoqda.



13-daqiqada Jaloliddin Masharipovdan ajoyib pas va ...


Marat Bikmaev hisobni ochgandi.


Ajoyib kadr.


Diyor Turopov.



Ikrom Aliboev "Loko" tarkibida to'p tepgan paytlar.


Bobir Yo'ldoshev raqibga imkon bermaslikka urinmoqda.


Ammo, 87-daqiqada himoyada yo'l qo'yilgan xato sabab forslar hisobni tenglashtirib ketishgandi.


Ehhh...


Afsuski, "Lokomotiv" bir yil oldin (2016 yil) OCHLda o'z guruhi peshqadami bo'lgandi. 2017 yilda esa guruhni so'nggi pog'onada yakunlagan.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика