So’nggi yangiliklar

09:42Роналду дунё тарихидаги биринчи миллиардер футболчига айланди  0 09:13Ўзбекистон МТЖнинг бугунги учрашув учун таҳминий таркиби  6 08:45"Насаф" U-21 жамоасининг қониқарсиз натижалари сабабли Зафар Холмуродов ишдан олинди  2 08:13Бугун Каннаваро терма жамоамизда дебют қилади  4 00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  3 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  15 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  5 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  2 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  7

Tarixda bugun: Anzurning goli terma jamoamizga g'alaba va JCH-2018 saralashi 3-bosqich yo'llanmasini taqdim etgan. FOTOMAQOLA Yangiliklar

Tarixda bugun: Anzurning goli terma jamoamizga g'alaba va JCH-2018 saralashi 3-bosqich yo'llanmasini taqdim etgan. FOTOMAQOLA

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" rukniga qo'l urgandik.

Foto Tarixda bugun: 2015 yil M.Qosimov, 2016 yilda esa S.Babayan O'zbekiston MTJ bilan mashg'ulot o'tkazgan

2016 yilning ayni shu sanasida O'zbekiston milliy terma jamoasi Samvel Babayan bosh murabbiyligida Filippinga qarshi o'yin o'tkazgan. JCH-2018 saralashining Osiyo mintaqasi 2-bosqich, 7-turi doirasida o'tgan uchrashuvda Anzur Ismoilov tomonidan kiritilgan yagona gol bizga g'alaba keltirgan. SHu bilan birga, muddatidan oldin saralashning 3-bosqichi yo'llanmasini ham taqdim etgan. Quyida ana o'sha uchrashuvni suratlar yordamida yodga olamiz.

JCH-2018 saralashi
Osiyo mintaqasi
, 2-bosqich, "H" guruhi
7-tur, 24.03.2016
O'zbekiston - Filippin 1:0
Toshkent. "Bunyodkor" stadioni. 34000 tomoshabin
Bosh hakam: Sato Ryuji (Yaponiya)
Qanot hakamlari: Toru Sagara, SHinji Ochi (ikkisi Yaponiya)
Zaxira hakami: Pu Udom Sivakorn (Tailand).

Gol: Anzur Ismoilov 60

O'zbekiston: 21.Aleksandr Lobanov, 20.Islom To'xtaxo'jaev, 5.Anzur Ismoilov, 2.Egor Krimec, 19.Vitaliy Denisov, 14.Javohir Sohibov, 9.Odil Ahmedov, 8.Server Jeparov (15.Aleksandr Geynrix, 56), 10.Sardor Rashidov (7.Marat Bikmaev, 82), 23.Eldor SHomurodov (6.Jasur Hasanov, 53), 11.Igor Sergeev.
Zaxira: 1.Eldor Suyunov, 12.Ignatiy Nesterov, 3.Kamoliddin Tojiev, 4.Otabek SHukurov, 13.Davron Hoshimov, 16.Stanislav Andreev, 17.Sanjar Tursunov, 18.Fozil Musaev, 22.Sanjar SHoahmedov.

Filippin: 1.Nil Eterij, 2.Simone Rota, 5.Xuan Girado, 6.Lyuk Vudland (19.Dominik Rosario, 90), 7.Iain Remzi (22.Kenshiro Deniels, 64), 11.Sato Daysuke, 12.Amani Aguinaldo, 18.Patrik Reychelt (13.Dennis Vilyanueva, 70), 20.Xaver Patino, 21.Martin SHtubl, 23.Porteria.

Ogohlantirishlar: Martin SHtubl 8
CHetlatish: Porteria 10

Uchrashuvni tomosha qilish uchun "Bunyodkor" stadioniga 34000 muxlis kelgan.


Bu muxlis Filippinni safarda 5:1 hisobida mag'lub etganimizdan kelib chiqib shu hisobni yozib kelgan bo'lsa kerak)


Samvel Babayan, Ravshan Haydarov va Viktor Jalilov.



Filippin bosh murabbiyi germaniyalik Tomas Duli.


Asosiy tarkibimiz.


Ko'kka sovurilgan vaziyatga Lobanovning reakciyasi.


Sardorimiz Odil Ahmedov.


Uchrashuv bosh hakami Ryuji Sato 10-daqiqadayoq Porteriaga qizil kartochka ko'rsatgandi.


Keyin esa mehmonlar butunlay himoyaga yotib olishgandi.


Anzur Ismoilov 60-daqiqada o'yindagi yagona golni kiritgan.


Geynrix va Denisovning o'yinlarini hozir ham sog'inib tursangiz kerak...


Jasur Hasanov eng yuqori formaga chiqqan paytlari chap qanotni "yondirardi".


Terma jamoamiz tarixida muxlislarning eng yoqimtoy o'yinchilaridan biri bo'lgan Geynrix.


"Tor".


O'shanda Filippin darvozasini "Kardiff" kiperi Nil Eterij qo'riqlagandi. Nil o'tgan mavsum APLda ajoyib o'yinlari va penaltilar kushandasi sifatida ko'pchilikning nazariga tushdi.


Satoning kayfiyati alo.



Fotolar muallifi: Tolibjon Qosimov

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика