So’nggi yangiliklar

15:54Афғонистон терма жамоаси Россияга ўртоқлик ўйини ўтказиш таклифини берди  0 15:24Дибала "Ливерпуль" нишонида  2 14:55МЮ Эдерсон бўйича музокаралар олиб бормоқда  2 14:28"Тоттенхэм", "Ньюкасл" ва "Наполи" Грилишга даъвогар  0 14:02U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон бу гал Японияга имкониятни бой берди  14 13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  5 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  3 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  1 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  8 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6

Tarixda bugun: 2015 yil M.Qosimov, 2016 yilda esa S.Babayan O'zbekiston MTJ bilan mashg'ulot o'tkazgan Yangiliklar

Tarixda bugun: 2015 yil M.Qosimov, 2016 yilda esa S.Babayan O'zbekiston MTJ bilan mashg'ulot o'tkazgan

Deyarli butun dunyoda futbol uchrashuvlari vaqtincha to'xtatilgani sabab o'quvchilarimizni zeriktirib qo'ymaslik maqsadida "Tarixda bugun" rukniga qo'l urgandik.

Tarixda bugun: O'zbekiston MTJ Senegal bilan durang o'ynagan, "Paxtakor" esa "Sepaxon"ni mag'lub etgan GALEREYA

2015 yilning aynan bugungi sanasida Mirjalol Qosimov bosh murabbiy sifatida O'zbekiston milliy terma jamoasi bilan mashg'ulot o'tkazgan. Oradan roppa-rosa bir yil o'tib esa Samvel Babayan terma jamoa bilan mashg'ulot olib borgan. Quyida Qosimov va Babayan boshchiligida 2015 va 2016 yil o'tkazilgan mashg'ulotlardan suratlarni etiboringizga havola etamiz.

Mirjalol Qosimov boshchiligida terma jamoamiz o'shanda Janubiy Koreya hamda Yaponiyaga qarshi bo'lajak o'rtoqlik o'yinlariga tayyorlanayotgan edi.


Sanjar Tursunov va Bahodir Nasimovlardan "don-don-ziki")

Zohir Qo'ziboev oradan to'rt kun o'tib J.Koreya darvozasiga to'p kiritgandi.



Endi esa bir yil keyinga yo'l olamiz. Mirjalol Qosimov JCH-2018 saralashi doirasida Pxenyanda KXDRga 2:4 hisobida uchralgan mag'lubiyatdan keyin istefo bergan. Uning o'rnini esa Samvel Babayan egallagandi. 2016 yilning 23 martida aynan Babayan terma jamoa bilan mashg'ulot o'tkazgan.


"Bunyodkor" stadionida o'tgan o'sha mashg'ulotda qatnashgan o'yinchilar ro'yxati:

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov ("Persepolis" – Eron), Ignatiy Nesterov ("Lokomotiv"), Eldor Suyunov ("Nasaf").

Himoyachilar: Davron Xoshimov ("Paxtakor"), Akrom Komilov ("Bunyodkor"), Anzur Ismoilov ("CHanchun Yatay" – Xitoy), Egor Krimec ("Beyjin Goan" – Xitoy), Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv"), Kamoliddin Tojiev ("Paxtakor"), Vitaliy Denisov ("Lokomotiv" – Rossiya).

Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov ("Paxtakor"), Odil Ahmedov ("Krasnodar" – Rossiya), Azizbek Haydarov ("Ash-SHabob" – BAA), Fozil Musaev ("Sepahon" – Eron), Sardor Rashidov ("Al-Jaish" – Qatar), Sanjar Tursunov ("Um-Salal" – Qatar), Stanislav Andreev ("Paxtakor"), Otabek SHukurov ("Bunyodkor"), Server Jeparov ("Lokomotiv"), Jasur Hasanov ("Lokomotiv"), Sanjar SHoahmedov ("Lokomotiv"), Eldor SHomurodov ("Bunyodkor").

Hujumchilar: Aleksandr Geynrix ("Ordabasi"), Igor Sergeev ("Paxtakor"), Marat Bikmaev ("Lokomotiv").

Bu mashg'ulot terma jamoamiz uchun JCH-2018 saralashi doirasida Filippinga qarshi bahsdan oldingi rasmiy mashg'ulot edi. Filippin bilan o'yinga esa ertaga to'xtalamiz.

Muallif : Tolibjon Qosimov
Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика