Taremining "CHelsi"ga kiritgan to'pi CHempionlar Ligasida mavsumning eng yaxshi goli deb tan olindi
04 iyu 2021 19:42
Yangiliklar
Taremining "CHelsi"ga kiritgan to'pi CHempionlar Ligasida mavsumning eng yaxshi goli deb tan olindi
UEFA rasmiy sayti so'rovnomasidagi ovoz berish natijalariga ko'ra, Portuning eronlik hujumchisi Mehdi Taremi CHempionlar Ligasining mavsumdagi eng chiroyli gol muallifi sifatida tan olindi. Rasmiy veb-saytda 1,3 milliondan ortiq muxlis ovoz berishda ishtirok etgan.
"CHelsi" – "Portu" uchrashuvining ikkinchi bo'limiga qo'shib berilgan 4-daqiqasida forvard o'ng qanotdan oshirilgan to'pni qaytarib bo'lmas qaychi zarbasi bilan londonliklar darvozasiga "mixladi".
"CHelsi" ustidan qozonilgan g'alaba "ajdaholar"ni yarim finalga olib chiqmadi, ammo ularga CHempionlar Ligasidagi kurashni chiroyli tarzda yakunlashiga imkon berdi.
Eslatib o'tamiz, CHempionlar Ligasi g'olibi "CHelsi" finalda "Manchester Siti"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
Fikrlar