So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  18 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  1 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  6 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  4 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  3 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  11 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  150 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  28 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  17 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  11 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  4

Tarbiyachilikdan chiqqan, maktab o'quvchilari bilan Superliga klubini mag'lub etgan murabbiy bilan intervyu Yangiliklar

Tarbiyachilikdan chiqqan, maktab o'quvchilari bilan Superliga klubini mag'lub etgan murabbiy bilan intervyu

Malumki, joriy yildan etiboran O'zPFL Birinchi liga bahslarida asosini 2005 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat "Andijon-SGS" jamoasi ham ishtirok etmoqda.

Birinchi ligada debyutant hisoblangan jamoa O'zbekiston kubogi bahslarida ham ko'pchilikning etiborini o'ziga jalb qila oldi. Saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o'tgan klub guruh bosqichining ilk turida Superliga vakili "Olimpik"ni mag'lub etishni uddasidan chiqdi. Ushbu jamoani hozirda 1982 yilda tug'ilgan SHohruh Ishanov boshqarmoqda. Andijon shahar futbol akademiyasida faoliyatini tarbiyachi lavozimida boshlagan SHohruh Ishanovni suhbatga chorladik. 

- Suhbatimizni "Andijon-SGS" jamoasining tashkil etilishi va umumiy jamoa haqidagi fikrlaringiz bilan boshlasak...

- Avvalo suhbatga taklif qilganingiz uchun jamoamiz nomidan rahmat aytaman. To'g'ri takidladingiz, jamoamizda 2005 yildan tug'ilgan futbolchilar to'p tepishmoqda. Ularni 2015-16 yillarda selekciya orqali Andijon viloyati bolalar va o'smirlar futbol maktabiga qabul qilganmiz. Esimda, o'shanda to'rt kun ichida O'zbekiston chempionatiga tayyorgarlik ko'rgan edik. Hali shakllanmagan jamoa bilan Namangandagi turnirda qatnashdik. Musobaqada guruhdan chiqa olganimiz yo'q. Lekin ular omadli bolalar ekanligini payqagandim. Ilk yillardanoq shu bolalar bilan oldimizga maqsad qo'yib oldinga intilishda davom etdik. Samarasini sekin-asta ko'ryapmiz. Bir necha yil oldin "Andijon-SGS" rahbarini o'yinimizga taklif qildik. Bolalar, jamoa ularga maqul kelib 2017 yildan yordam berishni boshlashdi. Xorijga musobaqalarga chiqdik. "Olimpik" jamoasining tashkil topishi bizning ham ishtiyoqimizni oshirdi. Ularga faqat havas qilamiz. "Olimpik"ka qarshi o'yin oldidan shogirdlarimga o'sha kun kelganini, bir necha yil oldin ularga faqat havas qilar edik, endi bo'lsa bu jamoaga qarshi o'ynayapsizlar, dedim. Ochig'i rohatlanib to'p tepishdi. 

- Mazkur yo'lni tanlashda asosiy tashabbus nima bo'ldi?

- Asosiy etiborni yoshlarga qaratilgan. Ularning yoniga SHahboz Jumaboev, Dilmurod Abduqahhorovni jalb qilganmiz. Baribir bosh maqsad 2005 yilda tug'ilgan yoshlarga bo'ladi. CHunki bu jamoa bilan shu vaqtgacha katta hajmdagi ishni bajardik. Ko'plab turnirlarda g'olib chiqdik. Tezroq o'sishimiz uchun ham bunday musobaqalar kerak edi. Hech qanday qo'rqmasdan yoshlar bilan ish boshlaganmiz. Nega? Kelajak uchun foyda keltirmoqchiiz. Mana ularning o'rinbosarlari ham etishib chiqyapti. Har bir o'yinga g'alaba uchun chiqamiz. Bor kuchimizni sarflab yaxshi futbol ko'rsatish, muxlislarni xursand qilish uchun o'ynaymiz. 



- Yosh jamoaning O'zbekiston kubogi guruh bosqichiga etib kelishi sensaciyamidi? 

- Uchta o'yindan iborat saralash bosqichidan o'tdik. Futbolchilarga birinchi o'yindan o'tib olsak, marra bizniki degandim. Ilk qadamni muvaffaqiyatli tashlash bolalarda o'ziga bo'lgan ishonchni oshirib, ortiqcha bosimni ham yo'qotardi. Ota-onalar, muxlislarning ishonchini his qilib turishdi. "Olimpik"ni mag'lub etilishi sensaciya albatta. Yuqorida aytdim, bu jamoaga qarab biz ham o'samiz. Menimcha mazkur natijalardan so'ng qolgan katta jamoalar "Andijon-SGS"ni hurmat qilishni boshladi. Saralash bosqichida ham "Do'stlik" jamoasi bizni mensimagandek ko'rindi. Bu -  foydali. Yigitlar nimalarga qodirligini ko'rsatishmoqda. "Yunired" bizga qarshi juda yaxshi tayyorgarlik bilan tushdi. Baribir omadimiz keldi. Beshta o'yinning har birida 2005 yilda tug'ilgan 7,8 nafar futbolchi maydonga tushdi. Ularda charchoq bilinishi tabiiy. Katta maydonda ilk bor o'ynashmoqda. 

- "Andijon-SGS" loyihasi uzoq yillikmi? Jamoaning keyingi maqsadi ham yoshlar bilan ishlash bo'lib qoladimi?

Klubimiz rahbari Rahimov Zafarxo'ja aka O'zPFL direktori Diyor Imomxo'jaev bilan ko'rishganida o'rtaga shu masala qo'yilgandi. O'sha suhbatda loyihamiz besh yillik ekanligini tushuntirdik. Bir yillik emas. 2-3 yil Birinchi ligada, keyingi maqsad Pro liga, Superligada ishtirok etish hisoblanadi. Buning uchun jamoamiz to'liq shakllanib olishi lozim. SHuning uchun hozirda Xonabod shahrida klubimiz uchun baza qurilmoqda. Ikkita maydon, yotoqxona, sharoitlar yaratiladi. Viloyatimiz hokimi SHuhrat Abdurahmonov qurilish loyihasini tasdiqlab berganlar. Tashabbus ko'rsatdilar. Maqsadimiz bosqichma-bosqich Superligaga chiqish bo'lsada, tarkibimizni "Andijon" futbol akademiyasi bolalari bilan to'ldirib boramiz. 



- Istaymizmi yo'qmi hozir bu yosh toifasidagi futbolchilar uchun muhim palla hisoblanadi. 1-2ta uchrashuvdan so'ng bo'shashish holatlari kuzatiladi.  Ularning ruhiyatini ham nazorat qilib boryapsizmi? 

- O'tish davri murakkab. Akademiyamizga kelgan ilk kundan boshlab ularning tartib-intizom, tarbiyasiga ahamiyat berishni boshlaganman. Ertaga futbolchi bo'lmasligi mumkin. Lekin akademiyamizdan tarbiyali va tartibli, yaxshi inson bo'lib chiqib ketishi kerak. Yulduzlik kasaliga uchrash holati yo'q. Xudoga shukur bolalarni kichkinaligidan boshlab to'g'ri yo'lga soldik. Yomon yigitlar emas. Barchasi xudoni tanigan. Yulduzlik kasali oldindagi maqsadlarni to'xtatib qo'yadigan omil hisoblanadi. Faqatgina mehnat qilgan, sabr bilan intilganlargina katta yutuqlarga erishishadi. 

- Klubdan hamma natija kutadi. Rahbariyatdan tortib muxlislargacha. Biroq yosh futbolchilar bilan stabil natija ko'rsatish qiyin . Mazkur muammoni qanday echmoqchisiz?

- Fikringiz to'g'ri. Imkon darajasida har kuni mashg'ulotlarda, nazariyalarda gaplashamiz. Barqarorlikni ushlab turish qiyin. Jarohatlar, ketma-ket uchrashuvlar o'z tasirini o'tkazadi. Katta futbolda bu yaqqol sezilar ekan. Rahbarlarimiz nima kerak bo'lsa qilib berishyapti. Natija bir xil ketmasligini bilamiz. Nima bo'lganda ham qo'limizni tushirmaymiz. 



 - Tashqi ko'rinishingizdan futbol ommasi Gvardiolaga o'xshatmoqda. O'zingiz qaysi murabbiyning uslubidan andoza olasiz? 

- Bundan faqat xursand bo'laman. Gvardiola jahonning top murabbiyi. Nafaqat siz, akademiyamizdagi murabbiylar, muxlislar, sharhlovchilar buni aytishgan. Albatta Pepni kuzatib boraman. Biroq murabbiylikni tanlashimga asosiy sababchi inson SHodimatov Vadim SHekirjanovich va o'qitgan Toshev Usmon Qudratovich hisoblanadi.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика