So’nggi yangiliklar

01:41Паоло Мальдини: "Роналду – топ ўйинчи ва кучли шахсият, аммо мен Мессини афзал кўраман"  6 01:05Лукакунинг янги клуби деярли маълум  0 00:29Ўртоқлик учрашуви. "Дўстлик" Тожикистон Олий лигаси жамоасини мағлуб этди  0 23:55Ўртоқлик учрашуви. "Навбаҳор" "Хоразм"ни минимал ҳисобда таслим этди  0 23:40Қозоғистон Лига кубоги. "Турон" ва "Ордабаси" ўртасидаги ўйинда жанговар дуранг қайд этилди  0 23:27"Тоттенхэм" 60 млн фунтлик ўйинчисини Саудия Арабистонига қўйиб юборишга тайёр  0 22:47Расман: Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди  9 22:39Ўртоқлик учрашуви. "Пахтакор" Чераннинг голи эвазига "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  8 22:30Назорат учрашуви. "Бунёдкор" "Арал"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  3 21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  1 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  1 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  3 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  1 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  7 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  1

Taqib qilish poygasi: A Seriya 20-tur yakunlari Yangiliklar

Taqib qilish poygasi: A Seriya 20-tur yakunlari

Italiya A Seriyasi 20-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.

"Inter" "Monca"ni mag'lub etmoqda

"Inter" darhol raqibini darvozasiga qamab qo'ydi va bosim yaratdi, natijada esa 9-daqiqada Galyardini to'pni o'z jarima maydonchasi ichida qo'li bilan o'ynadi, CHalxanoglu esa bu safar ham penaltini mohirlik bilan ijro etdi. Mxitaryan biroz o'tib hujumni rivojlantirdi va to'pni jarima maydonchasi qanotida turgan Dimarkoga uzatdi, u esa shunchalik ajoyib zarba berdiki, Lautaro to'p bilan qo'shilib darvozaga kirib ketdi. "Inter" shundan so'ng tinchlandi va bosimni pasaytirdi, Pessina esa 30-daqiqada Galyardinining uzatmasidan so'ng gol urdi, ammo yarim himoyachi o'yindan tashqari holatda edi. Tanaffusgacha ortiq xavfli vaziyat sodir etilmadi.

"Inter" 2-taymga ancha shiddat bilan chiqdi va birdan Dimarko va CHalxanoglu uzoqdan zarba berishdi. "Monca" javob berishga harakat qildi va bu qarshi hujumlarga olib keldi, ulardan birida Mxitaryan jarima maydonchasi o'rtasiga Tyuramga uzatma berdi, u esa to'pni CHalxanogluga qaytardi va turkiyalik futbolchi ikkinchi temp bilan to'pni darvozaga kiritdi. Tez orada "Monca"da o'yinni qutqarish uchun imkoniyat bo'ldi, Darmian jarima maydonchasi ichida Motani yiqitdi, Pessina esa penaltidan unumli foydalandi. Ammo, mezbonlar buni davom ettira olishmadi, Inzagining zaxiralari esa ish berdi. Jarima maydonchasi ichida Frattezi yiqitildi, Lautaro esa penaltini aniq ijro etdi. Ammo, bu hammasi emas, Mxitaryan o'yin yakuniga yaqin to'pni jarima maydonchasi ichiga uzatdi, Tyuram esa himoyachini aldadi va to'pni uzoq burchakka joylab qo'ydi. "Inter" yorqin g'alabaga erishdi va jadvalda karvonboshilik qilishda davom etadi.


"Milan" "Roma"dan ustun keldi

"Milan" o'yin startini hujumda o'tkazdi va bu o'z natijasini berdi. Adli Reydersning pasidan so'ng to'pni chap oyog'iga to'g'irlab darvozaga aniq zarba berdi. SHundan so'ng o'yin tinchlandi va Teo uzoqdan ustunni nishonga olgan payti "qayta jonlandi". "Roma" bunga CHelikning zarbasi bilan javob berdi, ammo uni Menyan osongina bartaraf etdi. "Roma" bosim qilishda davom etadigandek ko'rindi, ammo ortiq vaziyatlar sodir etilmadi.

2-taym boshida "Milan" qo'shdi va "bo'rilar" mudofaasiga bosim o'tkazdi. Yakunda jarima maydonchasi ichiga uzatilgan to'pni Ker Jiruning boshiga o'tkazib yubordi, u esa darvoza to'rini ishg'ol qildi. SHu bilan barchasi yakuniga etadigandek edi, ammo "Roma" hujumkor harakatlar haqida eslab qoldi. Pellegrini uzatmadan so'ng jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va yiqitildi, Paredes esa penaltini yaxshi ijro etdi. "Roma" shundan so'ng shturm uyushtirishga urindi, ammo barchasi Teo jarima maydonchasiga yorib kirib to'qqizlikni aniq nishonga olganda tezda yakunlandi. "Milan" navbatdagi g'alabaga erishdi va uchlikda o'ziga ishongan holda qolmoqda, "Roma"ning ishlari esa yaxshi emas. Bundan tashqari, o'yindan so'ng Joze Mourinyu istefoga chiqarildi, endi jamoa Daniele De Rossi qo'l ostida yangi tarix boshlaydi.


"Yuventus" "Sassuolo"ni mag'lub etdi

"Keksa sinora" o'yinni uncha yuqori tempda boshlamadi, ammo o'zining ilk vaziyatini golga aylantira oldi. Miretti Vlaxovichga pas berdi, u esa jarima maydonchasi ichidan ajoyib zarba berdi va bu erda Konsili hech narsa qila olmadi. O'yin yanada xotirjamlashdi, Enrikening uzoqdan yaxshi zarbasini eslash mumkin, ammo SHensni uni osongina bartaraf etdi. Vlaxovichning esa uzoqdan bergan zarbasi aniq chiqdi, 30 metrdan berilgan zarba to'qqizlikka kirib ketdi. Rabo taym so'nggida xavfli zarba berdi, ammo darvozabon bu safar pand bermadi.

"Sassuolo" tanaffusdan so'ng o'yinga qo'shildi, avvaliga jarima maydonchasi tashqarisidan biroz noaniq, ammo xavfli zarba bergan Berardi keyinchalik uzoqdan yaxshi zarba berdi, ammo SHensni jamoasini goldan qutqardi. Ammo, "Yuventus" ham qarab turgani yo'q, zaxiradan o'yinga tushgan Keza Veaga yaxshi uzatma berdi, ammo amerikalik to'pga yaxshi moslasha olmadi va yuqoriga zarba berdi. O'yinning kulminaciyasi o'yin so'nggida sodir bo'ldi, Lokatelli to'pni yaxshi tutdi va Kezaga ajoyib uzatma berdi, u esa jarima maydonchasi ichiga kirdi va to'pni darvozabonning oldidan zo'r yo'lladi, jarohatdan so'ng ajoyib qaytish! "Yuventus" juda ham ajoyib g'alabani qo'lga kiritdi va "Inter"ni taqib qilishda davom etadi, "Sassuolo" esa qo'shishi kerak.


"Kalyari" o'z uyida "Bolonya"dan ustun kelmoqda

"Rossoblu" Sardiniyadagi o'yinni faolroq boshladi, 8-daqiqadayoq Froyler xavfli zarba ijro etdi. Viola bir ozdan so'ng shedevr qayd etishi mumkin edi, u "Bolonya" darvozaboni oldinga chiqib ketganini ko'rdi va to'pni uning ortiga tashlab qo'ymoqchi bo'ldi, ammo to'p darvozadan biroz o'tib ketdi. O'yin sekin-asta xotirjamlashdi, uni maydondan chiqib ketayotgan to'pga etib uni to'xtatib olgan va o'tkir burchakdan darvozabonning oldiga aniq yo'llagan Orsolini faollashtirdi. Ammo, mezbonlar 3 daqiqadan so'ng hisobni tenglashtirishdi. Dossena to'pni o'z yarim maydonidan uzatdi, gavdali Petanya esa darvozabondan qochishga va bo'sh darvozaga to'pni kiritshga muvaffaq bo'ldi. Tanaffusga qadar ortiq qiziqarli narsa sodir bo'lmadi.

"Kalyari" 2-taymda ko'proq hujum qildi, ammo uzoq vaqt xavfli vaziyat sodir etilmadi. Hal qiluvchi vazit 70-daqiqada sodir bo'ldi, Kalafori Violaning zarbasidan so'ng to'pni o'z darvozasiga yo'naltirib yubordi. "Bolonya" shundan so'ng oldinga o'tdi va vaziyatlar yaratishni boshladi, ammo Orsolini va Froylerning zarbalari golga aylanmadi. Moro o'yin so'nggida bir bor xavfli, ammo ko'plab uzoqdan noaniq zarbalarni yo'lladi, "Kalyari" asosan aqlli himoyalandi va o'yinni uydagi navbatdagi g'alabagacha olib bordi.


"Napoli" "Salernita"dan g'alabani ilib ketmoqda

Mehmonlar o'yinni faol boshlashdi va shu bilan hujumkor o'yinni belgilab olishdi, ilk xavfli zarbani CHauna yo'lladi, Gollini uni bartaraf etdi. SHu o'rinda "Napoli"ning hujumlari umuman o'xshamadi. "Salernitana" malum bir qismda amaldagi chempion yarim maydonida ko'proq o'ynay boshladi, bu yakunda Kandrevaning jarima maydonchasi tashqarisidan to'qqizlika gol kiritishiga olib keldi. "Napoli" esa hech nima yaratmadi, ammo Facio taymning so'nggi daqiqasida jarima maydonchasi ichida Simeone bilan kurashdi va hakam u qoidani buzdi deb topdi. Politano esa 11 metrli zarbada adashmadi.

Mezbonlar 2-taymga o'zgacha ishtiyoq bilan chiqishdi, bir necha daqiqadan so'ng Kayuste uzoqdan xavfli zarba berdi. Himoyachilar to'sig'ini yorib o'tishga va darvoza tomon zarba berishga uringan Kvaracxeliya juda faol bo'ldi. U vaziyatlardan birida darvoza ustunining yoniga juda xavfli zarba berdi. "Salernitana" belgilanmagan bahsli penalti sabab biroz tushkunlikka tushdi shekilli hujumda o'zini ko'rsata olmadi. Xvicha qo'shimcha daqiqalarda ajoyib yurish qildi va zarba berdi, ammo Ochoa oyoqlari bilan to'pni bartaraf etdi va o'z jamoasi uchun durangni saqlab qolgandek ko'rindi. Ammo, hakam yana biroz o'ynashga berdi va bu "Napoli" uchun golga etarli bo'ldi. Jarima zarbasidan so'ng uzatma "Salernitana" darvozasiga kirdi, Rraxmani to'pni to'rga yo'naltirib yubordi va jamoasi uchun qiyin g'alabani taminladi.


SHuningdek:

"Atalanta" "Frozinone"ni mag'lub etdi

"Fiorentina" va "Udineze" durang o'ynadi

"Verona" Empoli"ni taslim etdi


Sergey Rumyancev tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика