So’nggi yangiliklar

11:26Бундеслиганинг энг яхши тўпурари "Бавария"га ўтишни истамоқда  0 10:51«Реал Мадрид»нинг қишдаги режалари маълум  0 10:18Поль Погба келажаги борасида бир қарорга келди  2 09:42«Манчестер Юнайтед» ПСЖ футболчисини сотиб олмоқчи  0 09:07Клопп Испания жамоасини бошқариши мумкин  2 08:35Ибрагимович 7 кишилик рамзий терма жамоасини тузди  10 07:59Аморим МЮда илк машғулотни ўтказди  2 07:21ЖЧ-2026 саралаш. Бугун терма жамоамиз муҳим учрашувда майдонга тушади  50 03:01Миллатлар лигасининг чорак финалига чиққан барча 8 жамоа номи маълум бўлди  1 02:55Миллатлар лигаси. Роналду иштирок этмаган баҳсда Португалия дуранг ўйнади  6 02:48Миллатлар лигаси. Испания сўнгги дақиқалардаги пенальти эвазига ғалаба қозонди  4 02:15АПЛнинг энг тез югурадиган футболчилари (ТОП 10)  2 01:35Бен Дэвис Сон ҳақидаги хазили учун дисквалификация Бентанкур ҳақида: "Бундай нарсаларга жиддий қараш кераклигини тушундик"  3 23:29Ўзбекистонлик ҳакамлар ЖЧ-2026 саралаш учрашувида ишлайди  3 23:01Алдервейрелд ваҳима касаллиги туфайли Бельгия терма жамоасини тарк этганини айтиб берди  2

Taqdirini penaltilar o'zgartirib yuborgan Akbar To'raev bilan suhbat Yangiliklar

Taqdirini penaltilar o'zgartirib yuborgan Akbar To'raev bilan suhbat

"Neftchi" yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettiryapti.

Jamoaning asosiy darvozaboni Akbar To'raev bilan bog'lanib, o'zimizni qiziqtirgan bazi savollarga javob oldik. 

— Akbar aka, siz futbolni yarim himoyachi sifatida boshlagan ekansiz. Keling, hayotingizni o'zgartirib yuborgan o'yinni eslaylik. Qanday darvozabonga aylanib qolgansiz?

— Bir kun o'yinga kelsak, ikkala darvozabon ham kelmagan. Futbolni hujumchi yoki himoyachisiz o'ynash mumkin. Hattoki, 1 kishi kam bo'lib o'ynasa ham bo'ladi. Lekin darvozabonsiz iloji yo'q. Murabbiyimiz Boris Andreevich darvozaga men turishimni aytdilar. O'yin yaxshi o'tdi, bitta penalti qaytardim. SHundan keyin asosiy posbonlarimiz zaxirada qoladigan bo'ldi.

— 16 yoshda futbolni tashlagan ekansiz. "Paxtakor" bilan qanday muammo yuz bergan edi?

— Akademiyani bitirayotgan edik. Bunaqa paytda ko'pchilik "Paxtakor" o'rinbosarlar jamoasi safiga ketadi. Murabbiyimiz negadir meni "dubl"ga bermay, 2-liga jamoasiga yuborgan. Bordim. Birinchi kun qarasam, mashg'ulotga 4 kishi keldi, ertasi kun 6-7 kishi. SHundan keyin kelajakka nisbatan ishonch so'ndi. Ko'chaga chiqib, ish qidirishni boshladim...

— 16-17 yoshlarizda zavodda suvoqchilik, qorovullik ham qilgan ekansiz. Siz uchun futbol butunlay tugaganmidi?

— Zavodda, bozorda ishladim. Katta futbolga umid qolmagandi. Faqat havaskorlar bilan o'ynab turardim. Darvozabon bo'lganim uchun u erda talab yuqori edi.

— Yana yashil maydonga qaytishingiz qanday sodir bo'ldi?

— Aytganimdek, faqat zalda futbol o'ynab turardim. Qish mahali edi. Bir kun Temurxo'ja Abduxoliqov ham keldi. SHu bola meni fikrimni o'zgartirgan edi. Yaxshi darvozabonlar kamligi, o'ynashim kerakligini aytdi. 2-ligada "Spartak" degan jamoa ochilayotgan ekan (rahmatli Ravshan aka Usmonxo'jaevning jamoalari edi), o'sha erga taklif qildi. Uyga qaytgach otamdan borib, gaplashib ko'rishni so'radim. Borsalar, murabbiy Ruslan aka meni tanir ekan. "Bo'ldi, kelsin", - degan. SHug'ullanishni boshladim. Boshida zaxirada o'tirardim. CHunki mendan kattaroq darvozabon bor edi. Bir kun menga ham imkoniyat berildi, yana penalti qaytardim. Keyingi o'yinda yana bir marta "11"ni oldim. SHu-shu, kareram tiklanib ketgan edi.

— "Bunyodkor"da Ignatiy Nesterov, Pavel Bugalo va Murodjon Zuxurov singari tajribali posbonlar bir paytda o'ynagansiz. O'sha davrlarni qanday eslaysiz?

— "Spartak"dan "Bunyodkor"ning "dubl"iga o'tgandim. Darvozabonlar jarohat olgani uchun asosiy jamoa mashg'ulotiga chaqirishdi. Borsam, hamma yulduzlar o'sha erda ekan: Server Jeparov, Aziz Haydarov, Rivaldo... Juda hayojonlanganman. Lekin zo'r paytlar edi. Kuchli posbonlar bilan bir jamoada bo'lish sizga ko'p narsani o'rgatadi. Ancha tajriba oshirasiz. Men ham Bugalo, Zuxurov va Nesterovdan ko'p narsa olganman. O'sha erda o'sishga erishganman.

— Bahraynga qarshi 2014 yilgi o'yin esingizdami? 

— Albatta, esimda. U lahzalarni hech qachon unutmayman. Milliy terma jamoaning asosiy tarkibida birinchi marta maydonga chiqqandim. O'yindan oldin juda ham hayajonlanganman. Dubayda edi. Bir kun oldin murabbiyimiz maydonga tushishimni aytganlar. Klubda qanaqa o'ynasam, shunday turishimni, hayajon hakamning birinchi hushtagidan keyin yo'qolishini tushuntirdilar. Rostan ham shunaqa bo'lgan.

— 2015 yilgi Osiyo kubogiga borgandingiz. Qanaqa xotiralar qolgan?

— Avstraliyadan yaxshi xotiralar qolgan. Jamoamiz kuchli edi. Faqat omad evaziga Koreyaga yutqazib qo'ygandik. Turnir yaxshi boshlangan. 1-turda SHimoliy Koreyani mag'lub qilgandik. Keyin Xitoyga yutqazib qo'yganimizdan keyin barcha futbolchilar to'planib, gaplashib olganmiz. Saudiya Arabistonini yutish shart, oldimizda boshqa yo'l yo'q edi. Jangovar kayfiyatda chiqib, 3:1 hisobida urib tashladik. Lekin avstraliyalik hakam rosa "chopgandi" bizni. Arablarga penalti ham qo'yib bergan edi...

— "Neftchi" o'tgan mavsum oxirida ajoyib o'yin ko'rsatdi. Jamoaning bu yilgi maqsadi qanaqa?

— Vazifa sifatida xalqaro maydon yo'llanmasini qo'lga kiritish qo'yilgan. Xudo xohlasa, buni uddalaymiz. CHunki yaxshi tarkib shakllantirilyapti, hammada shasht juda yuqori. Albatta, qo'limizdan keladi.

— Rostan ham 2022 yilgi mavsumda eng kuchli jamoa "Paxtakor" edimi?

— CHempion bo'ldimi, demak, "Paxtakor" hammadan kuchli edi.

— Oxirgi savol: Bugungi kunda O'zbekistonning eng kuchli darvozaboni sifatida kimni ko'rsatasiz?

— Bir kishini yaqqol ajratib ko'rsata olmayman. O'tkir Yusupov, Botirali Ergashev va Sanjar Quvvatov bu nomga davogarlik qilsa kerak. SHuningdek, Abduvohid Nematov ham yosh bo'lishiga qaramasdan, yaxshi o'yin ko'rsatyapti. 

— Akbar aka, ajoyib suhbat uchun rahmat. Yangi mavsumda omad tilaymiz!

— Taklif uchun rahmat! Bu yil yaxshi bo'lishiga ishonaman. Xudo xohlasa, barcha yigitlar bilan "Neftchi"ning shonli kunlarini tiklashga harakat qilamiz. Muxlislar stadionga kelib, "12-o'yinchi" bo'lib turishsa bo'lgani. Ular uchun maydonda bor kuchimizni beramiz. Hammaga omad tilayman.

Muallifning telegramdagi kanali → FR| futbol ANALIZI

Muallif :
Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика