So’nggi yangiliklar

14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  1 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  1 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  0 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  6 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  2 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  8 11:35"Навбаҳор"га РПЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  12 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  1 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  7 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  8 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  6 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  13 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2

Tantashevning hushtagi umidlarni o'ldirdi Yangiliklar

Tantashevning hushtagi umidlarni o'ldirdi

O'zbekiston futbol associaciyasi haqida oxirgi yozganlarim turli doiralarda muhokama qilindi (men yozganim uchun emas, kishilarning ko'nglidagi gap aytilgani uchun).

Dastlab, o'sha qarorga reakciya bildirdim: buyurtmachilar yashirilmasin, keskinroq jazolansin, o'z-o'zidan bu mavsumning yakuniy natijalariga tasir ko'rsatishi kerak. 

O'yladimki, shundagina adolat qaror topadi (Bu fikr to'g'ri edi). Ammo negadir atrofimdagi tajribali kishilar miyig'ida kulib qo'yishdi. Nega? CHunki, ular bunday bo'lishiga ishonmaydi. 

Ahmoqmi bular, hamma narsa oyday ravshan-ku, deb o'pkalagan bo'ldim. Foydasiz, birovdan sado chiqmadi, hech kim yozmadi.

Faqat masullardan signal keldi: «To'g'ri va o'rinli fikrlar uchun rahmat, lekin sen voqealar rivojidan ilgarilab ketding. Barchasi bo'ladi, hamma o'ziga loyig'ini oladi — bu murakkab jarayon bo'lib, ko'p vaqt talab qiladi».

Xursand bo'ldim, quvondim. Demak, hali jarayon davom etayotgan ekan, klubdagilar parda ortidan chiqariladi va bunga ishonmaganlar uyalib qoladi. Har tong uyg'onishim bilan O'FA rasmiy kanaliga qaraydigan bo'ldim, biror yangilik umidida...

Kecha Farg'onadagi «Istiqlol» stadioni «Neftchi» va «Andijon» o'rtasidagi o'tish o'yiniga mezbonlik qildi, «burgutlar» ligada qolishdi. Ilgiz Tantashev final hushtagini chalgan mahalda barcha umidlar o'ldi, endi befoyda. Endi qaysidir jamoadan ochko ayrilishiga, pastga tushirib yuborilishiga o'zim ham ishonmayman.

Soddalik bilan o'yinni sotib olgan klublar jazolanishi haqida o'ylabman. Turnir jadvali o'zgarib ketishi haqida o'ylabman. SHunday holatda quyi ligaga tushib ketgan «Buxoro»ning asl o'rni yuqoriroqda ekani haqida o'ylabman. «Kalchopoli»ni eslab, o'zimizda ham takrorlanishi haqida o'ylabman...

SHu masalada qaysi jurnalist bilan gaplashsam, hammasi bir xil javob qaytardi: «Endi, uka, bu Italiya emas». Aslida gap bunda emas, haqiqat bu emas. Asl muammo sizning italyan emasligingizda! 

«Kalchopoli» haqida 1000 marta yozdim (havasim kelganidan), yana bir martasi zarar qilmaydi. O'shanda dalillar bazasi Turin, Rim va Neapol sudlariga yuborilgan, lekin 2 yil davomida hech kim ijobiy javob qaytarmagan. SHundan keyin malumotlar OAVga sizdirilgan hamda jamoatchilik Italiya futbol federaciyasidan aybdorlarni topib jazolashni talab qilgan, ana shu jarayonni nazorat qilgan. «Kalchopoli» hech qachon sodir bo'lmas edi, agar jamiyat faol bo'lmasa.

Yuqoridagi 3 ta gapni takrorlayverishdan charchadim, birovga tushuntirolmay charchadim. Bu gal ham faqat hakamlar jazolansa, stadionga tushish uchun bilmam qanday asos topa olaman. Qaerdasiz, futbolsevarlar? Qaerdasiz, halol futbol tarafdorlari? Qaerdasiz, ustoz jurnalistlar?

Faxriddin Ro'ziev, O'zJOKU talabasi

Muallif :
Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика